Mavzu: O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi tahlili. Mundarija


Download 253.66 Kb.
bet1/19
Sana18.06.2023
Hajmi253.66 Kb.
#1582064
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi tahlili


Mavzu: O‘zbekistonda paxtachilikning rivojlanishi tahlili.
Mundarija.
1.Kirish
1.1 Tadqiqot ma'lumotlari
1.2 Tadqiqot maqsadi va ahamiyati
1.3 Tadqiqot usuli va asosiy mazmuni
2 Adabiyot sharhi
2.1 Xorijiy tadqiqotlarga umumiy nuqtai
2.2 Mahalliy tadqiqotlarga umumiy nuqtai
2.3 Adabiyotlarni tekshirish
3 Tegishli nazariy asoslar
3.1 Paxtachilikning xalq xo'jaligidagi tutgan o'rni.
3.2 Dunyo bo'yicha paxta tolasini еtishtirilishi.
3.3 O'zbеkistonda paxta tozalash sanoatining rivojlanish yo'nalishi.
4 O'zbekistonda paxtachilikning hozirgi holati tahlili
4.1 O'zbekiston paxta sanoati haqida qisqacha ma'lumot;
4.2 Paxtachilikni rivojlantirish
4.2.1 Hosil va ekilgan maydon
4.2.2 Paxtani rivojlantirish va undan foydalanishning sanoat zanjiri
4.3 Paxta sanoatining import va eksport hajmi
4.4 O‘zbekiston bilan solishtirish uchun paxta eksport qiluvchi davlatni toping (masalan: XX mamlakatning paxta sanoati hozirda holat tahlili
5 Paxtachilikni rivojlantirish masalalari
5.1 Paxtachilik kompleksini rivojlantirish 
5.2 Paxtachilikni rivojlantirish bozor miqyosida
6 Paxtachilikni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va takliflar.
6.1 Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari.
6.2 PAXTA XOMASHYOSI VA URUG’LI PAXTANI SAQLASH QOIDALARINI TAKOMLLASHTIRISH BO’YICHA TAKLIF
6.3 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Paxtachilik kengashi qonuni
7 Xulosa
8 Adabiyotlar

1.Kirish
1.1 Tadqiqot ma'lumotlari
Paxta xom-ashyoning qimmatbaho turlaridan biri bo’lib, undan keng iste’mol mollari, texnik va maxsus vazifadagi mahsulotlarning 300 dan ortiq turi ishlab chiqariladi. Paxta tolasi yengil sanoatining to’qimachilik, trikotaj, tikuvchilik va boshqa sohalari uchun xom-ashyoning asosiy turi bo’lib hisoblanadi. Undan turli xildagi gazlamalar, tikuvchilik iplari, sun’iy ipak, turli xildagi texnik mahsulotlar (elektr o’ramlar, filtrlar, yuritish tasmalari, sun’iy charm va boshqalar) va boshqa ko’plab mahsulotlari ishlab chiqariladi.
O’zbekiston dunyoda paxta etishtirish bo’yicha oltinchi, uni eksport qilish bo’yicha uchinchi o’rinda turadi. Mamlakatimiz jahon to’qimachilik bozorining eng faol ishtirokchilaridan biri hisoblanadi. “O’zekspomarkaz” da ochilgan VIII Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasi ushbu sohada mamlakatimiz bilan savdo, ishlab chiqarish va investitsion hamkorlikni rivojlantirishga qiziqish ortib borayotganini yana bir bor namoyon etmoqda. Turli mamlakatlarning paxta va to’qimachilik sanoati vakillari, treyderlar bu yerda nafaqat ushbu tarmoqlarni rivojlantirish tendentsiyalari, ularning mahsulotlariga bo’lgan talab va taklifning o’zgarib turishi, dunyo bozoridagi narx kon’yunkturasini muhokama qilish, balki o’zbek paxta tolasini hamda undan tayyorlangan to’qimachilik mahsulotlarini etkazib berish bo’yicha bevosita shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo’lmoqdalar [13].
VIII Xalqaro O’zbekiston paxta va to’qimachilik yarmarkasining ochilish marosimida Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan va butun dunyoda “o’zbek modeli” deb e’tirof etilgan taraqqiyotning uzviy qismi hisoblangan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlar salmoqli natijalar berayotgani ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan yuritilayotgan puxta o’ylangan iqtisodiy siyosatning izchil amalga oshirilishi tufayli mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshligi, jumladan, milliy paxta va to’qimachilik kompleksi samaradorligini oshirish, paxta tolasidan yuqori qo’shimcha qiymatga ega sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda eksport tarkibida uning ulushini ko’paytirish hisobidan yildan-yilga ortib bormoqda.
O’zbekiston bugun iqtisodiyoti jadal rivojlanib borayotgan davlatlardandir. Dunyoda global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamon davom etayotgan bir paytda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o’sish sur’atlari yiliga o’rtacha 8,2 foizni tashkil etayotgani ham milliy iqtisodiyotimizning barqarorligi hamda ulkan salohiyatga ega ekanidan yorqin dalolat beradi. Statistik ma’lumotlar ushbu ijobiy tendentsiya joriy yilda ham saqlanib qolishini ko’rsatmoqda.
Mamlakatimizda jahonning eng yuksak talablariga javob beradigan paxta tolasini etishtirish, qayta ishlash va sotish bo’yicha tashkil etilgan zamonaviy kompleks ham jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Sohada chuqur tarkibiy islohotlarning amalga oshirilishi, barcha bo’g’inlarning tizimli ravishda modernizatsiya qilinishi, texnik va texnologik qayta jihozlanayotgani, tegishli infratuzilmaning jadal rivojlanayotgani, shuningdek, zamonaviy bozor mexanizmlarining keng joriy etilayotgani sababli ushbu kompleks faoliyatining samaradorligi yuksalmoqda. Bu esa sarflanayotgan mablag’lardan samarali foydalanish darajasini oshirmoqda.


Download 253.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling