Mavzu: O'zbekistonda sertifikatlashtirishni amalga oshiriruvchi milliy idora faoliyatini tashkil etilishi


Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish


Download 215.95 Kb.
bet5/8
Sana21.02.2023
Hajmi215.95 Kb.
#1217452
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2 5199666358349993840

Chetdan olib kelinadigan va chetga olib chiqib ketiladigan mahsulotlarni majburiy sertifikatlashtirish.
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga yetkazib berish uchun tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) shartida mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlovchi, «O‘zstandart» agentligi tomonidan berilgan yoki e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bo‘lishi nazarda tutilishi kerak.
Milliy muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari yoki boshqa davlatlarning «O‘zstandart» agentligi tomonidan e’tirof etilgan muvofiqlik sertifikatlari va muvofiqlik belgilari bojxona yuk deklaratsiyasi bilan birgalikda arizachi (mahsulot yetkazib beruvchi) tomonidan bojxona organlariga taqdim etiladi hamda ushbu hujjatlar mahsulotni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos bo‘ladi. Olib kirilayotgan mahsulotning xavfsizligini tasdiqlovchi hujjat bo‘lmagan taqdirda, bojxona organlari uni sertifikatlashtirishdan o‘tkazish to‘g‘risidagi masala hal etilguniga yoki chet el sertifikati milliy sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga muvofiq e’tirof etilmaguniga qadar bunday mahsulotni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishga yo‘l qo‘ymaydi, bundan vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlari mustasno.
Sertifikatlashtirilishi shart bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish tartibini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Majburiy sertifikatlashtirish ishlarining davlat tomonidan moliyaviy ta’minoti Quyidagi ishlar:
➢ sertifikatlashtirishni rivojlantirishning istiqbollarini, uni o‘tkazish qoidalari va tavsiyalarini ishlab chiqish;
➢ sertifikatlashtirish sohasida rasmiy axborotlar bilan ta’minlash;
➢ xalqaro (mintaqaviy) sertifikatlashtirish tashkilotlari ishida qatnashish hamda chet el milliy sertifikatlashtirish organlari bilan birgalikda ishlar o‘tkazish;
➢ sertifikatlashtirish yuzasidan xalqaro (mintaqaviy) qoidalar va tavsiyalar ishlab chiqish hamda ularni ishlab chiqishda qatnashish;
➢ sertifikatlashtirish yuzasidan umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiytadqiqot ishlari va boshqa ishlar olib borish;
➢ majburiy sertifikatlashtirish talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshirish ishlari davlat tomonidan moliyalashtirilishi kerak.

Download 215.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling