Mavzu: O'zbekistonda sertifikatlashtirishni amalga oshiriruvchi milliy idora faoliyatini tashkil etilishi
Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar
Download 215.95 Kb.
|
2 5199666358349993840
1.1 Sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy tushuncha va atamalar.
«Sertifikatlashtirish» iborasi lotincha so’zidan olingan bo’lib, «to’g’ri qilingan», ya’ni to’g’ri bajarilgan degan ma’noni bildiradi. Amalda mahsulot, xizmat yoki jarayonning to’g’ri qilinganligi (bajarilganligi) ularning me’yoriy hujjatlarda belgilangan talablarga mos kelishini ishlab chiqaruvchi va iste’molchidan mustaqil bo’lgan uchinchi tomon yordamida tekshirish orqali amalga oshiriladi. Me’yoriy hujjatlar talablariga to’liq mos keladigan mahsulot, xizmat yoki jarayon sertifikatlashtirishdan to’siksiz o’tadi. Mahsulotdan tashqari, amalda shu mahsulotni ishlab chiqarayotgan korxonaning sifat tizimlari ham, sertifikatlashtirishdan o’tkaziladi. Uning asosiy maqsadi - ushbu korxonaning me’yoriy hujjatlar talablariga yoki iste’molchilar bilan to’zilgan bitimlarda ko’rsatilgan talablarga javob beradigan mahsulotni ishlab chiqarish imkoniyatiga ishonch hosil qilishdan iborat. Shu boisdan ham korxonalar mahsulotlarining va sifat tizimlarining sertifikatlashtirishdan o’tkazilishi milliy mahsulotning jahon bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash shartlaridan eng asosiysi hisoblanadi. Sertifikatlashtirish deganda, mahsulot (buyum, tovar) yoki xizmat muayyan standartga yoki texnikaviy shartlarga muvofiq kelishini tasdiqlash maqsadida o‘tkaziladigan faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot (buyum, tovar)ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi. Sinash – bu o‘rnatilgan muolajaga muvofiq holda bir yoki bir nechta xarakteristikani aniqlash. Sinash laboratoriyasi – sinashlarni o‘tkazadigan laboratoriya. Akkreditlash tizimi – Akkreditlashni o‘tkazish uchun protseduralar va boshqaruvning o‘z qoidalariga ega bo‘lgan tizim. Akkreditlash – Protsedura bo‘lib, uning vositasida vakolatli idora shaxs yoki idoraning muayyan ishni bajarish huquqiga ega ekanligini rasmiy tan oladi. Akkreditlash bo‘yicha idora – Akkreditlash tizimini boshqaruvchi va akkreditlashni o‘tkazuvchi idora. Inspektsiya tekshiruvi – sertifikatlashtirish va akkreditlashda o‘rnatilgan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlashtirilgan mahsulot, sifat yoki ishlab chiqarishni boshqarish tizimlari, sertifikatlashtirish bo‘yicha idoralar, sinash laboratoriyalari (markazlari) ning faoliyatini takroriy baholash protsedurasi. Sifat – O‘z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi. Sifat menejmenti tizimi – Sifatga nisbatan tashkilotga rahbarlik qilish va boshqarish uchun menejment tizimi . Download 215.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling