Xalq demokratik partiyasi(O’zbekiston XDP) - siyosiy partiya sifatida mamlakatda birinchilardan bo‘lib, 1991-yil 1-noyabrda tashkil topdi. Partiya o’zining ommaviy axborot vositalariga ega.Uning markaziy nashrlari “O’zbekiston ovozi” gazetasi.
2.O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi (SDP) - 1995-yili 18-fevralda tashkil topdi va 30 ming a’zoga ega bo‘ldi. Partiyaning rasmiy nashri “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.
3.O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O’z MTDP ) – 1995 - yil 3- iyunda tashkil topdi. Partiyaning matbuot nashri - “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
4.O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O’zLiDeP) - 2003- yil 15-noyabrd tashkil topdi. Uning markaziy nashri –“XXIasr” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.
5.O’zbekiston ekologik partiyasi. 2019 yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston ekologik partiyasining ta’sis se’ezdi bo’lib o’tdi. Ta’sis se’ezdida O‘zbekiston ekologik partiyasini ta’sis etish va O‘zbekiston ekologik partiyasi Ustavi va Dasturi loyihalari,O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi a’zolarini saylash, O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy nazorat taftish komissiyasi to’g’risidagi Nizomi, O‘zbekiston ekologik partiyasi Matbuot organini ta’sis etish, O’zbekiston ekologik partiyasining vakolatli vakillarini saylash kabi masalalarni ko’rib chiqdi.
Bugungi kunda dunyoda 100 ga yaqin davlatlarda ekologik partiyalar faoliyat olib boradi. Ko‘plab ekologik partiyalar mamlakatlar siyosiy maydonining teng huquqli a’zosi sifatida vakillik organlariga o‘rinlar egallash vazifalarini qo’yib orin olgach, parlamentda uz oldilaridagi mushtarak maqsadlarini davlat siyosati darajasida ilgari suradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |