Mavzu: O’zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi hamda demokratik davlat boshqaruvining o’rnatilishi
Download 144.23 Kb.
|
6-SEMINAR VA 5-MA\'RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Parlament nazorati
- Birinchidan
Qonun ijodkorligi deputatlar ishining bosh yo‘nalishiga aylandi. 1995—2004 yillarda Oliy Majlis 240 ta qonun, 778 ta qaror qabul qildi, amaldagi qonun hujjatlariga 1573 ta o‘zgartish va qo‘shimcha kiritdi, 130 tadan ziyod xalqaro shartnoma va bitimni ratifikatsiya qildi. Mamlakatning qonun chiqaruvchi oliy organi mazkur bosqichda davlat suverenitetini, fuqarolar tinchligi va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga, jamiyatda demokratik, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga ko‘maklashadigan qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishga intildi. Natijada parlament mamlakatning demokratik va taraqqiyot yo‘lidan mustaqil rivojlanib borishining huquqiy negizini anchagina kengaytirdi va mustahkamladi. Misol uchun, birinchi chaqiriq Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida»gi, «Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida»gi qonunlarda va boshqa qonun hujjatlarida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida asos solingan normalar yanada rivojlantirildi. Parlament nazorati bir palatali Oliy Majlis faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. Oliy Majlis qo‘mitalari va komissiyalari qonunlar, konvensiyalar, milliy dasturlar ijrosini nazorat qilish tartibida har yili 60 ga yaqin masalani ko‘rib chiqdilar. Bunday nazorat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, mamlakatning barcha viloyatlari, shuningdek Toshkent shahrini qamrab oldi. Bir palatali Oliy Majlisning nazorat faoliyatini tahlil etish bir qator qonuniyatlarni namoyon etdi. Birinchidan, mamlakat taraqqiyotining yangi bosqichini va huquqni tatbiq etish amaliyotini hisobga olgan holda muqaddam qabul qilingan qonunlarni takomillashtirish tamoyili yil sayin kuchaya bordi. Ikkinchidan, qonun ijodkorligi ishi borgan sari tarmoq tusini kasb etib, ayrim sohalardagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga intildi. Uchinchidan, bir necha qo‘mita va komissiyalarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan tayyorlangan hamda muhokamaga kiritilgan huquqiy hujjatlarning soni ortib bordi.
Download 144.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling