Mavzu: O’zbekistonda siyosiy islohotlarning boshlanishi hamda demokratik davlat boshqaruvining o’rnatilishi


Download 144.23 Kb.
bet2/8
Sana31.01.2024
Hajmi144.23 Kb.
#1819686
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6-SEMINAR VA 5-MA\'RUZA

Birinchi davr: 1991-1994 yillar
O‘tish davri parlamenti deb atash mumkin bo‘lgan oxirgi chaqiriq Oliy Kengash davlat boshqaruvining mutlaqo yangi organlarini tashkil etishning, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan adolatli demokratik jamiyat qurishning huquqiy negizi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Parlament yosh davlatning suverenitetini mustahkamlashga qaratilgan «O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi va boshqa bir qator qonunlarni qabul qildi.
Oliy Kengashning o‘n ikkinchi sessiyasi 1994 yil 23 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga birinchi saylovni 1994 yil 25 dekabrda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Uch bosqichda (1994 yil 25 dekabrda, 1995 yil 8 va 22 yanvarda) bo‘lib o‘tgan saylov yakunlariga binoan 245 nafar deputatdan iborat tarkibdagi parlament shakllantirildi. Saylov ko‘p partiyaviylik asosida o‘tkazildi.
Ikkinchi davr: 1995-2004 yillar
Oliy Majlisga birinchi saylovlar 1994 yil 25 dekabrda ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosida o‘tdi. 250 ta deputatlik mandati uchun 634 nafar nomzod kurash boshladi, shundan 139 saylov okrugida uchtadan nomzod, 106 okrugda – 2 tadan nomzod kurash olib borgan bo‘lsa, faqat 5 ta okrugdangina 1 tadan nomzod ko‘rsatilgan edi. Saylovchilar o‘zlarining eng yaxshi vakillarini saylashlari uchun barcha saylov huquqlari muhayyo qilingan edi. Saylovlarda 10 million 526 ming 654 nafar saylovchi, ya’ni umumiy saylov huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarning 93,6 foizi ishtirok qildi.
Oliy Kengash o‘rniga O‘zbekiston Respublikasining bir palatali parlamenti - Oliy Majlis shakllantirildi, Birinchi chaqiriq (1995-1999 yillar) Oliy Majlis tarkibida O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan 69 nafar, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan 47, «Vatan taraqqiyoti» partiyasidan 14 va «Milliy tiklanish» demokratik partiyasidan ko‘rsatilgan 7 nafar deputat bo‘lib, deputatlarning qolgan qismini hokimiyat vakillik organlaridan ko‘rsatilgan shaxslar tashkil etdi. Parlament fraksiyalari ilk bor tashkil etildi. Bundan tashqari deputatlarning ma’lum bir qismi Qoraqalpog‘iston parlamenti, viloyatlar hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan saylandi. SHunga ko‘ra, fraksiyalar bilan bir qatorda parlament faoliyatida hokimiyatlarning vakillik organlaridan kelgan 120 deputatlik blok ham bor edi.
Deputatlarning yarmidan ko‘pi yilda 4 marotaba bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari vaqtida qonunchilik vazifalarini amalga oshirib, avvalgi ish o‘rinlarida ishlab turgan o‘z majburiyatlarini ado qilishda davom etdilar.
Ikkinchi chaqiriq (1999-2004 yillar) Oliy Majlisga saylov hokimiyat vakillik organlari bilan bir qatorda beshta siyosiy partiya va saylovchilar tashabbuskor guruhlari ishtirokida bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisda 11 nafar deputatni birlashtirgan «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi, 10 nafar deputatdan iborat «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi, 20 nafar deputatga ega bo‘lgan «Vatan taraqqiyoti» partiyasi fraksiyasi, 34 nafar deputat tashkil etgan Fidokorlar milliy-demokratik partiyasi fraksiyasi, 49 nafar deputatdan iborat Xalq-demokratik partiyasi fraksiyasi, 107 nafar kishidan iborat hokimiyat vakillik organlaridan saylangan deputatlar bloki va 16 nafar saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bloki ro‘yxatga olindi. Keyinchalik «Vatan taraqqiyoti» va Fidokorlar partiyalari bitta Fidokorlar partiyasiga birlashganligi munosabati bilan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning ikkinchi sessiyasida ularning parlamentdagi fraksiyalari a’zolari ham birlashib, 54 nafar deputatni birlashtirgan bitta fraksiyani tashkil etdilar.
Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis tarkibida siyosiy partiyalarning fraksiyalari va deputatlar bloklaridan tashqari 13 ta qo‘mita ham faoliyat ko‘rsatdi:
Parlament faoliyatini kuchaytirishga, shu jumladan, qonunchilik jarayonini to‘la professionallashtirishga, qabul qilinayotgan qonun va qarorlarning sifatini oshirishga bo‘lgan ehtiyoj – ikki palatali parlament tizimiga o‘tishning asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, taqsimlangan vakilliklarga ham ehtiyoj tug‘ildi, ya’ni quyi palatani partiyalar va fuqarolar tashabbuskor guruhlaridan saylangan deputatlar bilan shakllantirish (jami 120 nafar), yuqori palatani joylardagi hokimiyat organlari vakillari (Qoraqalpog‘iston, Toshkent shahri va viloyatlardagi deputatlarning mahalliy kengashlaridan 6 kishidan) va mamlakat Prezidenti tayinlaydigan 16 nafar deputat bilan to‘ldiriladigan bo‘ldi (jami 100 nafar senator).
Jamiyatni taraqqiy toptirish strategiyasida parlamentarizmni rivojlantirish muhim o‘rin tuta boshladi. Jamiyatda demokratiyani tubdan rivojlantirish uchun hozirgi zamon jahon standartlari talablariga javob bera oladigan, samarali ishlashga qodir bo‘lgan parlamentni shakllantirish zarurligini mamlakat rahbariyati chuqur anglab etdi. Dastlab bir palatali parlament – Oliy Majlis tashkil etilgan bo‘lsa, keyinchalik davlat boshqaruvi sohasi modernizatsiyalashuvining mantiqiy davomi o‘laroq Qonunchilik palatasi (quyi palata) va Senat (oliy palata)dan tarkib topgan ikki palatali parlament tashkil topdi.
Parlament islohotlari siyosiy modernizatsiyalashning yangi bosqichi bo‘ldi. Oliy Majlisning ikkala palatasi dastlabki qo‘shma yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan jamiyatni demokratlash va yangilash, mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha bundan keyingi ustuvor vazifalar belgilab berildi. Ushbu jamuljam masalalarning asosiy ma’no-mohiyati “kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga” degan so‘zlarda o‘z ifodasini topdi hamda mamlakatni modernizatsiya qilishning tanlangan modeli asos bo‘lib xizmat qildi.
Demokratik o‘zgarishlarning yangi bosqichi mamlakatning ijtimoiy hayotidagi, mamlakatni demokratizatsiya va modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolining kuchayganligi bilan ham bog‘liq. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi asosida qonunchilik tashabbusini ko‘rsatdi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 2008 yilning 1 yanvaridan boshlab kuchga kirgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalar rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining loyihasini kiritdi. Ushbu islohotlarning mantiqiy davomi sifatida 2008 yilda saylov Qonunchiligiga ham o‘zgartirishlar kiritildiki, bunda Qonunchilik palatasi deputatlari o‘rinlarining soni 120 tadan 150 taga oshirildi. Shundan 15 tasi O‘zbekiston Ekologik harakatidan va 135 tasi siyosiy partiyalardan saylanishi belgilab qo‘yildi. Keyinchalik kiritilgan o’zgartishlarga ko’ra O‘zbekiston Ekologik harakatiga berilgan kvotalar bekor qilindi.
O‘zbekistonda o‘tkazilgan saylovlar natijalarining tahlili shuni ko‘rsatdiki, mamlakatda demokratik qadriyatlarni milliy an’analar bilan uyg‘unlashtirish asosidagi islohotlar tobora chuqurlashib bormoqda. Demokratik saylovlar instituti davlat organlarini shakllantirishning muhim vositasi sifatida fuqarolik jamiyati a’zolarining manfaatlari va irodasini siyosiy qarorlarga aylanish jarayonlarini ta’minlab bera olish darajasiga ko‘tarildi. Ular oliy va mahalliy davlat hokimiyati organlarini xalq tomonidan nazorat qilinishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

Download 144.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling