Mavzu: O`zbekistonda tashqi savdo siyosati. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


O’zbekistonda tashqi savdo siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 97.01 Kb.
bet2/6
Sana04.04.2023
Hajmi97.01 Kb.
#1325621
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`zb tashqi savdo siyosati

2.1 O’zbekistonda tashqi savdo siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyat
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir chet davlat boshqa davlatlar bilan iqtisodiy munosabatlar o’rnatish, tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, mamlakatga chet el investitsiyalarini jalb qilish, tashqi iqtisodiy faoliyatni mikrodarajada intensivlashtirish, tashqi savdo aylanmasida markazlashgan eksport va import ulushini kamaytirish, mijozlarga valyuta xizmatini ko’rsatadigan tijorat banklari sonini kengaytirish va shu kabi boshqa masalalar eng dolzarb vazifalarni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda nimani tushunish lozim? Bu faoliyat nima uchun qo’llab-quvvatlanadi?
Tashqi iqtisodiy faoliyat deganda ikki yoki undan ko’p mamlakatlar hyuududida faoliyat ko’rsatuvchi xo’jalik subyektlari sifatida davlat organlari va davlat korxonalari ham ishtirok etishi mumkin. O’zaro iqtisodiy aloqalar faqatgina savdo operatsiyalarini o’tkazishdan iborat bo’lib qolmay, shuningdek kreditlash, investitsiyalar kiritish, qo’shma korxonalar vositasida bahamjihat iqtisodiy faoliyat yuritish ham shular jumlasidandir. Tashqi savdo esa tashqi iqtisodiy aloqalarning bir sohasi bo’lib, turli mamlakat xo’jalik subyektlarining savdo operatsiyalarini o’z ichiga oladi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish davomida o’zaro xo’jalik munosabatlariga kirishayotgan xo’jalik subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari deb yuritiladi. O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari alohida ro’yxatga olinib ularga maxsus guvohnoma beriladi. Bunday holat tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish, ishtirokchilarga maxsus imtiyozlar berish orqali mazkur faoliyatni rag’batlantirish, bojxona hisobini takomillashtirishga yo’naltirilgan. Hozirgi kunda pulkredit va valyuta siyosatining rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlari uchun xos bo’lgan usullaridan to’laligicha foydalanish maqsadga muvofiq emas. Bunga sabab iqtisodiyotdagi bir qator ijtimoiy-iqtisodiy muammolarning hal etilmaganligidir.
Iqtisodiyotning noustuvor holati, unda tarkibiy qayta qurishning yakunlanmaganligi, ichki ishlab chiqarishdagi ma’lum tarmoqlarning dunyo darajasiga yetishmaganligi amaliyotda alohida korxonalar, mintaqalar va birinchi darajali ijtimoiy dasturlarning asosan davlat tomonidan moliyalanishini saqlab qolishni talab qiladi.
Tashqi savdo sohasida muammolarning hal etilishida chet el valyutasining muomalasida valyuta munosabatlarini tartibga solishda maxsus valyuta qonunchiligi muhim o’rin tutadi. valyuta qonunchiligining eng muhim vazifasi chet el valyutasining cheklangan muomalasi sharoitida O’zbekiston so’mini himoya qilishdir.
Tashqi savdo va valyutadagi operatsiyalarini ko’rib chiqishda avval rezidentlar, norezidentlar va vakolatli bank tushunchalarini ko’rib chiqish lozim. Rezidentlar – O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan yoki doimiy yashab turgan yuridik va jismoniy shaxslar, norezidentlar – chet elda joylashgan yoki doimiy yashab turgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Chet el valyutasida operatsiyalar o’tkazish uchun litsenziya olgan tijorat banklari vakolatli banklar deb yuritiladi.
Tijorat banklarining tashqi iqtisodiy faoliyati tovarlar va xizmatlarning eksporti-importi, nosavdo xarakterdagi bitimlar va mamlakat hududida xo’jalik faoliyati yurgizayotgan norezidentlar bo’yicha so’mda va chet el valyutasida operatsiyalar o’tkazish bilan bog’liq.
Tashqi savdo bo’yicha valyuta operatsiyalar faqatgina vakolatli banklar orqali vato’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Rezident yuridik shaxslar uchun chet el valyutasining qonuniy manbalari quyidagilardir:

  • respublika va mahalliy budjetlarning chet el valyutasidagimablag’lari;

  • nizom fondiga (kapitaliga) kirimlar;

  • vakolatli va chet el banklari va moliya institutlaridan olin-gan kreditlar;

  • ichki bozorda vakolatli banklar orqali sotib olingan valyuta;– xayriya fondlari.

Jismoniy shaxslar quyidagi valyuta mablag’lariga egalik qilishlari mumkin:

  • bojxona qoidalari va bank qonunchiligiga muvofiq ravishdaO’zbekistonga olib kirilgan, o’tkazilgan va jo’natilgan valyuta mablag’lari;

  • vakolatli banklardan sotib olingan naqd valyuta;

  • O’zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlagan-ligi uchun olgan ish haqi va boshqa mukofotlar.

Fuqarolarning valyutadagi shaxsiy mablag’lari joriy hisoblarga va omonatlarga erkin qabul qilinadi. Joriy hisobvaraqlarning rejimi qabul qilinayotgan valyutaning kelib chiqish xarakteriga qarab o’rnatiladi.
Rezidentlar tomonidan joriy valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • eksport-import bilan bog’liq bo’lgan chet el valyutasiniO’zbekiston Respublikasiga va O’zbekiston Respublikasidan tashqariga o’tkazish;

  • moliyaviy kreditlar olish va berish;

  • omonatlar, investitsiyalar, kreditlar va kapitalning harakati bilan bog’liq boshqa operatsiyalar bo’yicha daromadlarni O’zbekiston Respublikasiga va O’zbekiston Respublikasidan tashqariga o’tkazish;

  • O’zbekiston Respublikasiga vaO’zbekiston Respublikasi-dan tashqariga nosavdo xarakterdagi o’tkazmalar.

Rezidentlar o’rtasida hisoblarning chet el valyutasida o’tkazilishi mumkin emas.
valyuta muomalasini tartibga solishning ustuvor yo’nalishlaridan biri ichki valyuta bozoridir. O’tish jarayonida uning muqobil faoliyati valyuta mablag’larini chet elga olib chiqib ketish bo’yicha ma’muriy cheklovlarning kiritilishini talab qiladi. Ichki valyuta bozorida doimiy taklifni ta’minlash quyidagi yo’llar bilan amalga oshiriladi:

  • korxonalar tomonidan eksport valyuta kirimining 30 %inivakolatli banklar orqali banklararo valyuta birjasida majburiy sotish;

  • vakolatli banklar vositachiligida korxonalarning o’z valyutamablag’larini ihtiyoriy ravishda sotishi;

  • Markaziy bankning valyuta intervensiyalari.

Chetelvalyutasigabo’lgantalabuningkorxonalarvavakolatlibanklartomonidansotibolinishinicheklashorqalitartibgasolinadi.
Korxona, muassasavatashkilotlarning (rezidentlarvanorezidentlar) vakolatlibanklardagijoriyvalyutahisobvaraqlarigachetelvalyutasidagiquyidagikirimlarhechqandaycheklovlarsizqabulqilinadi:

  • korxonajoriyhisobvarag’idanilgarixizmatsafarixarajat-lariuchunolinganmablag’larningsarflanmaganqoldig’i;

  • bojxonaqonunchiligigamuvofiqjismoniyshaxslardanqabulqilinganbojxonaTo’lovlari;

  • soliqqonunchiligigamuvofiqsoliqto’lashbo’yichajis-moniyshaxslardanqabulqilinganTo’lovlar;

  • O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra musodaraqilingan mablag’lar.

valyuta operatsiyalarini o’tkazish davomida valyuta qonunchiligiga rioya qilinishi valyuta nazoratining organlari va agentlari tomonlaridan nazorat qilinadi. valyuta nazoratining asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:

  • o’tkazilayotgan valyuta operatsiyalarining amaldagi qonun-chilikka muvofiqligi va ularni o’tkazish uchun barcha zarur litsenziya va ruxsatnomalarning mavjudligini aniqlash;

  • rezidentlar tomonidan valyutani ichki bozorda sotish bo’-yicha va davlat oldidagi majburiyatlarining bajarilishi tekshirish;

  • chet el valyutasidagi To’lovlarning asosli ekanligini tekshirish;

  • valyuta operatsiyalari va norezidentlarning so’mdagi ope-ratsiyalari bo’yicha hisob va hisobotning to’liqligi va haqqoniyligini tekshirish.

valyuta nazoratining organlari O’zbekiston Markaziy banki va O’zbekiston Respublikasi hukumati hisoblanadi.
valyuta nazorati vazifasini valyuta nazoratining agentlari bajaradilar, masalan: Markaziy bankka hisobot beruvchi vakolatli banklar. Davlat bojxona qo’mitasi va uning tarkibiy tuzilmalari valyuta qimmatliklarining O’zbekiston Respublikasi chegaralaridan o’tishini nazorat qiladi. Pul muomalasini, shu jumladan, valyuta muomalasini tartibga solish maqsadida pulkredit siyosati bo’yicha respublika komissiyasi tuzilgan. valyuta qonunchiligi talablarining bajarilishini, shuningdek, Davlat soliq qo’mitasi nazorat qiladi.
Chet el valyutasi bilan amalga oshiriladigan bank operatsiyalariga quyidagilar kiradi:

  • mijozlarning valyuta hisobvaraqlarini olib borish;

  • nosavdo operatsiyalar;

  • O’zbekiston vakolatli banklari va chet el banklari bilanvakillik aloqalarini o’rnatish;

  • tovarlar va xizmatlarning eksporti va importi bilan bog’liqbo’lgan xalqaro hisob-kitoblar;

  • ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish;

  • O’zbekiston Respublikasi hududida valyuta mablag’larinijalb qilish va joylashtirish;

  • xalqaro pul bozorlarida kredit operatsiyalari;

  • xalqaro pul bozorlarida depozit va ayirboshlash operatsi-yalari.

Tijorat banklari yuqoridagi operatsiyalarni faqatgina Markaziy bankning mos litsenziyasi mavjud bo’lgandagina amalga oshiradi.
Tranzit valyuta hisobiga chet el valyutasidagi tushumlar to’laligicha kirim qilinadi. Joriy valyuta hisobida esa eksport tushumining bir qismini majburiy sotishdan so’ng korxonaning ixtiyorida qolgan valyuta mablag’lari hisobga olinadi.
Korxonaning valyuta hisobiga quyidagi tushumlar kirim qilinishi mumkin:

  • tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchunchet eldan jo’natilgan eksport tushumi;

  • ichki bozorda amaldagi qonunchilikka mos ravishda sotibolingan valyuta mablag’lari;

  • chet el valyutasidagi dividendlar va foyda;

  • qo’shma korxona ishtirokchilarining korxona nizom fondi-ga qo’shayotgan valyutadagi ulushlari.

Milliy iqtisodiyotning barqaror sur’atda rivojlanishi tashqi savdo va eksport sohasidagi faoliyat samaradorligiga ham bog’liq. Tashqi bozorda konyunkturaning yomonlashuviga qaramasdan, tashqi savdo aylanmasi 2007-yildagi 15719,6 mln dollardan 2008yilda 19077,0 mln dollar hajmiga qadar, ya’ni 21,4 foizga oshdi (1-rasm).

Download 97.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling