Mavzu: O`zbekistonda tashqi savdo siyosati. Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


Download 97.01 Kb.
bet1/6
Sana04.04.2023
Hajmi97.01 Kb.
#1325621
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O`zb tashqi savdo siyosati


Mavzu: O`zbekistonda tashqi savdo siyosati.
Reja:

I.Kirish
II.Asosiy qism
2.1. O`zbekistonda tashqi savdo siyosati va tashqi iqtisodiy faoliyat.
2.2. Xalqaro savdoda import operatsiyalarini tashkil qilishning huquqiy asoslari.
2.3. Xalqaro savdoning zaruriyati va uning asosiy ko’rinishlari.
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar

KIRISH
Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko’rsatish orqali ichki ish bilan bandlilikni, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, iqtisodiy o’sishga erishish, to’lov balansini yaxshilash xamda valyuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko’zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar tashqi savdo siyosati deb yuritiladi. Tashqi savdo siyosati — byudjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo’nalishidir.
Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan xar qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko’pgina mutaxassis-iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajasini yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko’proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.
Garchand, erkin savdo jahon iqtisodiyoti nuqtai nazaridan foydali bo’lishi mumkin bo’lsada, ammo alohida olingan mamlakat iqtisodiyoti manfaati nuqtai nazaridan erkin savdo hamma vaqt ham foydali bo’lavermaydi.
Tashqi savdoni cheklash usullarining 50 dan oshiqroq turi mavjud. Ularning ayrimlari davlat g’aznasini to’ldirishga yo’naltirilgan bo’lsa, ba’zilari umuman importni cheklashga va yana boshqasi esa eksportni cheklashga yoki
rag’batlantirishga yo’naltirilgan. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning tarif va notarif usullaridan foydalaniladi.
Tarif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, notarif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.
Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.
Import bojlari davlat byudjetini to’ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. O’z navbatida ular eng kam va eng ko’p miqdordagi import bojlariga bo’linadi. Eng kam miqdordagi import bojlari o’zaro qulay sharoitlarni yaratib berishni ko’zda tutuvchi savdo shartnomalari va bitimlari bo’lgan mamlakatlar mahsulotlariga o’rnataladi. Eng ko’p miqdordagi import bojlari esa bunday shartnoma va bitimlar tuzilmagan mamlakatlar mahsulotiga nisbatan o’rnatiladi.
Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko’p bo’lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.



Download 97.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling