Mavzu: O’zbekistonda tasviriy san’atni o’qitilish tarixi
Download 1.86 Mb.
|
Kurs ishi O\'zbekistonda tas san
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH “… Bu diyordagi mashhur Axsikent, Munchoqtepa, Ayritom, Mug’tepa kabi me’moriy yodgorliklar o’tmishda ushbu hududda o’ziga xos sivilizasiya
Mavzu: O’zbekistonda tasviriy san’atni o’qitilish tarixi Reja: Kirish Bob 0 ‘zbekiston hududida eramizdan avval ham tasviriy san’atning rivojlanishi Kamoliddin Behzod - Buyuk miniatyurachi musavvir Temuriylar davrida tasviriy san’atni o’qitilish tarixi 1.3 Ахмонийлар даврига қадар Ўзбекистон ҳудудидаги санъат ва маданият тараққиёти. II-Bob O’zbekistonda tasviriy san’atni o’qitilish tarixi 2.1Tasviriy san’atning o‘qitilishini yaxshilashda A.Shohamidov, M. Nabiyevlarning o’rni Mustaqillik yillaridagi tasviriy san’atni o‘qitilishi Xulosa . Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH “… Bu diyordagi mashhur Axsikent, Munchoqtepa, Ayritom, Mug’tepa kabi me’moriy yodgorliklar o’tmishda ushbu hududda o’ziga xos sivilizasiya va boy madaniyat rivojlanganidan dalolat beradi”. Savkat Mirziyoyev Tasviriy san’at o’qitish metodikasi fanining asosiy maqsadi - tasviriy san’at sohasida talabalarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini oshirish, ularni mustaqil fikrlash, bilimlarni mustaqil egallaydigan shaxs sifatida tarbiyalash. Qalam tasvir, rang tasvir, kompozitsiya va shu kabi fanlar bo’lajak rassom – pedagoglarni kasbiy va badiiy maxoratini shakllantirishda poydevor bo’ladi. Mutaxassislik fanlarni mujassamlashtirgan hamda shu asosda pedagog kadr tayyorlashda muxim ahamiyat kasb etadigan fan, bu tasviriy san’at o’qitish fani hisoblanadi. Shuning uchun ham mazkur fanning namunaviy o’quv dasturida (Toshkent – 2011 yil, ma’ro’zalardan tashqari tasviriy san’at o’qituvchisi uchun juda zarur bo’lgan zamonaviy ta’lim uslublari, tasviriy san’at xonasini tashkil etish va jixozlash, amaliy mashgulotlar tashkil etish, jumladan ko’rgazmali qurollar tayyorlash pedagogik tasvirlar ishlash, asarlarni badiiy taxlil etish, shu qatorda muhim yo’nalishlar bo’yicha seminar mashgulotlarni o’tkazish nazarda tutilgan). Ma’ruza, amaliy va seminar mashgulotlarida O’rta Osiyo va O’zbekistonda tasviriy san’at o’qitish tarixi va metodikasiga katta e’tibor qaratilgan, ayniqsa o’zbek xalqining bebaxo rangtasvir durdonasi – miniatyura san’atiga. Miniatyura san’ati o’zining boy tarixiga ega. Miniatyura san’ati Sharq xalqlarining o’ziga xos rangtasviri va o’zining badiiy estetik, ma’naviy-ma’rifiy qiymati bilan umumbashariy qadriyatlar tarixida o’zining munosib o’rniga egaligi bilan ajralib turadi. Miniatyura san’ati oktyabr inqilobidan so’ng kamsitila boshlagani san’at axliga sir emas. XX asrning 80-yillari boshlaridan e’tiboran Respublikamizda bu san’at turiga aloxida e’tibor berilla boshladi. Ayniqsa, mustaqillik sharofati bilan ushbu san’at turini o’rganishga keng yo’l ochildi. Bu Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan qator qarorlar misolida kurishimizmumkin. Ushbu qarorlarda O’zbekiston xududida qadimdan shakllangan, jahoniy shuxrat qozongan nafis maktablarning noyob an’analarini avaylab-asrash, o’rganish, boyitib borish, milliy tasviriy, miniatyura san’atimizning nodir durdonalarini dunyo minbariga olib chiqish, ta’lim-tarbiya jarayonida avlodni tarbiyalashda vatanga sadoqat, gurur tuygularni shakllantirish kabi foydali zarur ko’rsatmalar o’z aksini topgan. Ushbu san’at muammolariga bagishlangan darslik va o’quv qullanmalar anchagina. Lekin mavjud kitoblarda miniatyura tarixining ma’lum bir jixati yoritilgan yoki san’atshunoslik nuqtai nazardan tavsif berilgan xolos. Shu sababli o’qituvchi va talabalar miniatyura san’atiga oid ma’lumotlarni turli kitob va jurnallardan izlashadi. Ushbu muammoni ozgina bo’lsa ham bartaraf qilish maqsadida mazkur qullanmani yaratish extiyoji tugildi. Davrimiz talabi nuqtai nazaridan qaralganda ham mazkur fan uchun zaruriy qo’llanmalar yaratish va ularni bu soxa mutaxassislari hamda talabalar e’tiboriga havola etish foydadan xoli emas. Shuni ta’kidlash lozimki, o’zining ko’p asrlik tarixiga ega bo’lgan sharq rangtasvirining o’ziga xos janri olim-uslubshunos metodistlarning e’tiboridan chetda qolib kelgan. Shu sababli taniqli olim-pedagog, oliy va o’rta badiiy pedagogik ta’limning tashkilotchilaridan biri N.N. Rostovsev o’zining «Maktabda tasviriy san’atni o’qitish metodikasi» (M., 1980) kitobida tadqiqotchilar oldiga bevosita vazifa quyib, shunday yozadi: «Qadimgi Xitoy, Hindiston va boshqa qadimgi sharq madaniyati masalalarini ko’rib o’tmaymiz, chunki ularning madaniyatidagi spesifik va o’ziga xos san’atlarini o’rganish talab etiladi». Haqiqatdan ham sharq miniatyurasining o’ziga xos badiiy-obrazli tili tasviriy san’atning bu turini o’rganishga jiddiy yondashishni, o’quvchi yoshlarning badiiy ta’lim va estetik tarbiyasida sharq miniatyurasidan foydalanishda o’qitish metodikasini ishlab chiqish masalalariga aloxida yondashishni talab qiladi. Talabalarga Markaziy Osiyo xalqlarining tasviriy san’atini o’qitishning tarixi va nazariyasi xaqidagi bilimlarni bermay turib, bo’lajak rassom-pedagoglarda tasviriy san’atni o’qitish metodikasi bo’yicha chuqur va mustahkam bilimlarni shakllantirish mumkin emas. Bu borada N.N. Rastovsevning Qadimgi Misr, Gresiya, Rim, O’rta asrlar, Garbiy Yevropa va Rossiyada tasviriy san’atni o’qitish metodikasi tarixi va nazariyasini tarixiy va sotsiologik tarzda ochib bergan chuqur tadqiqotlari misol bo’la oladi. Bu borada Markaziy Osiyo badiiy tasviriy va dekorativ amaliy faoliyati bo’yicha aloxida dissertasiyalardan tashqari, bu mintaqada sharq miniatyurasini o’qitish metodlari tarixi bo’yicha tadqiqotlar kam, ilmiy-metodik apparat, darslik va o’quv qo’llanmalari, o’quv uslubiy qo’llanmalar va metodik tavsiyanomalar, o’rta maxsus badiiy maktablar, gimnaziya, litsey, pedagogika bilim yurti, universitet va pedagogika institutlarining san’at fakultetlari uchun mo’ljallangan o’quv darsliklari yoq. Hamdo’stlik mamlakatlari rassom-pedagoglari uchun san’at tarixi kurslariga sharq miniatyurasi mavzulari kiritilmagan. Shu sababli, bugungi kunda O’zbekiston va mustaqil hamdo’stlik mamlakatlari maktablarida rasmni o’qitish jarayonidagi yutuqlarini tanqidiy o’zlashtirish va barcha yaxshi tomonlarini hayotga tadbiq etish talabi oshib boryapti N.N. Rostovsevning bu so’ziga 15-16 asrlardagi Hirot, Tabriz, 15-16 asrlardagi Buxoro va Samarqanddagi ajoyib rangtasvir maktablari, Boburiylar davri rangtasvirining eng yaxshi yutuqlari, 16-17 asr Dexli, Agra va bir qator boshqa rangtasvir maktablarning ajoyib an’analiridan foydalanish vazifalari to’liq mos keladi. Bularning hammasi Sharq miniatyura san’ati tarixi va taraqqiyotini umumlashtirish va shu asosda tarixiy obzor yaratishiga olib keladi. Bob 0 ‘zbekiston hududida eramizdan avval ham tasviriy san’atning rivojlanishi 1.1 Kamoliddin Behzod - Buyuk miniatyurachi musavvir O‘zbekistonda san’at va madaniyatning rivojlanishi o‘zining qadimiy tarixiga ega. U bir necha asr davomida va turli bosqichda san’at, madaniy merosimizni boyitdi. Buyuk miniatyurachi musavvir, Sharq uygʻonish davri yetuk sanʼatkori - Kamoliddin Behzod - Hirot miniatyura maktabi asoschisi, muzahhiblarning yetakchisi va ustozi bol'gan. Tarixchilardan Mirzo Muhammad Haydar, Doʻst Muhammad va Qozi Ahmadning maʼlumotlariga koʻra, Kamoliddinn Behzodni Sulton Husaynning kitobdori Mirak Naqqoshoʻz tarbiyasiga olgan. Behzod musavvirlikni Pir Sayd Axmad Tabriziydan oʻrgangan, oʻz ijodida musavvir Xalil Mirzo Shohruxiy badiiy uslubini davom ettirib, unirivojlantirgan va kamolga yetkazgan, yosh musavvir isteʼdodi juda tez shakllangan ekan. Bunda Alisher Navoiyning murabbiylik faoliyati ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlgan. Navoiyning shaxsiy kutubxonasida oʻsha davrning yetuk sanʼatkorlari Mirak Naqqosh, Hoji Muhammad kabi musavvirlar, Hofiz Muhammad, Zayniddin Mahmud, Sulton Muhammad kabi xattotlar ijod bilan band boʻlganlar. Behzod shu kutubxonada, ayniqsa, xattot Sultonali Mashhadiy va Yoriy Muzahhib bilan yaqin ijodiy hamkorlikda boʻlgan. Behzod ijodining mavzu doirasi, qahramonlari shu yerda — Navoiy va boshqa sanʼatkorlar ijodi taʼsirida kamol topgan. Kamoliddind Behzod musavvir sifatida tanilgach, Sulton Husayn saroyiga xizmatga chaqirilgan. 1487- yil Sulton Husayn farmoni bilan Behzod saltanat kutubxonasiga rahbar etib tayinlangan. Keyinchalik bu joy oʻz davrining badiiy akademyyasiga aylangan. Uni mutaxassislar "Nigorxonayi Behzod" yoki "Behzod akademiyasi" deb ataganlar. Musavvir Hirotda Navoiy va Sulton Husayn hayotlik davrida qizgʻin ijod bilan band boʻdgn, koʻplab moʻtabar qoʻlyozmalarni yaratishga rahnamolik qilgan, maʼlum qismini nafis rasmlar bilan ziynatlashda shaxsan ishtirok etdi, qator zamondoshlarining — Navoiy, Jomiy, Sulton Husayn va boshqalarning chexrai kushoylarini yaratdi, bir guruh yoshlarga rassomlik sirlarini oʻrgatdi. Download 1.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling