Mavzu: O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari
-Rasm O’zbekistonda turizimni rivojlantrish soxalari. Vikepediya. arxiv.uz
Download 177.08 Kb.
|
O’ZBEKISTONDA TURIZM INDUSTRIYASINI
7-Rasm O’zbekistonda turizimni rivojlantrish soxalari. Vikepediya. arxiv.uz.
Hozirgi paytda turizm sohasining umumiy rivojlanishi va raqobatbardosh turistik mahsulot yaratish maqsadida, tarmoqda zaruriy islohotlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonning turizm sohasidagi islohotlarni shartli ravishda to‘rt bosqichga ajratsak bo‘ladi.3 Birinchi bosqichda tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit, maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga alohida e’tibor berildi. 1992 yilda respublikada «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993 yilda «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasi Butunjahon turistik tashkilotga (BTT) haqiqiy a’zo bo‘lib kirdi va bu o‘z navbatida xalqaro turizmni rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qildi. 1994 yilda BMT ning YUNESKO tashkilotiga a`z obo`ldi hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. Bu bosqich mobaynida, ya’ni 1994 yilda ishlab chiqilgan «Turistik korxonalarni xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarish dasturi» chuqur tizimli - institutsional o‘zgarishlarni amalga oshirishda juda katta ahamiyat kasb etdi. 1994-1995 yillar mobaynida «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining 87,8% turistik ob’ektlari xususiylashtirildi va davlat tasarrufidan chiqarildi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar turistlarni qabul qilish shaklini jadallik bilan rivojlantirdi. 1995 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Buyuk Ipak yo‘lini qayta tiklash va xalqaro turizmni rivojlantirish» to‘g‘risidagi Farmoni 4 Buyuk Ipak yo‘lida turistik mahsulotni tiklash borasida strategik harakterga ega bo‘ldi. Bu o‘z navbatida O‘zbekiston turizmi sohasidagi islohotlarning ikkinchi bosqichini boshlab berdi. Natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistikmanzillar ro‘yxatga olindi. Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Maxdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘uloniy, Buxorodagi Chor Bakrlari kabi allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. Toshkent shahrida muntazam ravishda xalqaro turistik yarmarka tashkil etila boshlandi. Mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi. Turizm sohasidagi islohotlarning uchinchi bosqichida, ya’ni, 1999 yil 15 aprelda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2005 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston turizmini rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmoni e’lon qilindi. Buning asosida turizm sohasidagi bozor munosabatlari uzil-kesil yo‘lga qo‘yildi hamda dunyo bozori bo‘yicha raqobatbardosh turistik mahsulot yaratila boshlandi, turizm tizimini boshqarishning markazlashtirilishiga chek qo‘yildi. Ko‘pchilik turistik ob’ektlar o‘zlarini o‘zlari boshqara boshlashdi, xizmat bozorida raqobatlasha olmaydigan korxonalar yopilib, samarali ishlovchi yangi korxonalarga o‘rin ochib berildi. Hozirgi paytda turizm sohasidagi islohotlarning to‘rtinchi bosqichi boshlangan bo‘lib, unda xususiy turistik tashkilotlar assotsiatsiyasiga va tashkil etiladigan boshqa turistik assotsiatsiyalarga (masalan, Gid—tarjimonlar assotsiatsiyasi, Mehmonxona egalari assotsiatsiyasi, Transportchilar assotsshsiyasi) «O‘zbekturizm» Milliy kompaniyasining bir qator vakolatlarini o‘tkazish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Bu o‘lkamiz turizm bozorida faoliyat yurituvchi korxonalarimizning yanada tezroq sur’atlarda rivojlanishlariga yordam beradi. Download 177.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling