Mavzu: O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari
Download 177.08 Kb.
|
O’ZBEKISTONDA TURIZM INDUSTRIYASINI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
- Kurs ishining maqsadi
MAVZU: O’ZBEKISTONDA TURIZM INDUSTRIYASINI RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI REJA: Kirish. Asosiy qism: Turizm industriyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, turlari va milliy iqtisodiyotdagi ahamiyati O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat O’zbekistonda turizm industriyasini rivojlantirish chora-tadbirlari natijasi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar MUNDARIJA 1.Kirish………………………………………………………………...3 2.Turizm industriyasining vujudga kelishi, rivojlanishi, turlari va milliyiqtisodiyotdagi ahamiyati……………………………………………………………6 3. O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllari……………………………………………………...13 3.O‘zbekistonda milliy turizmni rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati……………………………………………………………………………………………28 5.Xulosa………………………………………………………………..32 6.Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………35 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Turizm inson faoliyatining va zamonaviy iqtisodiy munosabatlarning muhim sohasi sifatida hozirda butun jahon mamlakatlarining iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omiliga aylanib bormoqda. Iqtisodiy taraqqiyot tarixi zarvaraqlarida turizm industriyasi orqali o‘z milliy iqtisodiyotini rivojlantirishga erishgan mamlaktlar soni ko‘p. Ushbu sohani rivojlantirishning afzal tomoni shundaki, turistik xizmatlar sohasi rivojlanishi boshqa sohalarning ham rivojlanishiga olib keladi. Xozirgi vaqtda “O‘zbekturizm” MKning statistik ma’lumotlariga qaraganda 2016 yilda O‘zbekistonga 1,977 million nafar chet ellik mehmon tashrif buyurgan. Turistik xizmatlarning umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 16 foizga, xizmatlar eksporti esa 9 foizga o‘sdi. 2017 yilning boshida mamlakatda faoliyatyurituvchi sayyohlik tashkilotlarining soni 900 dan ortiqni tashkil etgan. Ulardan 400dan ziyodi mehmonxona xo‘jaligi va 500 tasi turistik kompaniyalardir. 2016 yilda Xorazm, Surxondaryo, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida turizm sohasini rivojlantirish dasturi qabul qilindi. Bu dasturlarni amaliyotga tatdbiq etish uchun 260 million AQSH dollari hisobida mablag‘ kiritish nazarda tutilgan1 O‘zbekistonda turistik xizmatlar samaradorligini oshirish va milliy turizmni rivojlantirishning asosiy shartlaridan biri –turistik mahsulotlarni samarali shakllantirish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlash, xizmat ko‘rsatuvch va iste’molchilar o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirishdan iborat. Milliy turizmni rivojlantirishda turistik korxonalar tomonidan yaratilayotgan turistik mahsulotlar assortimentini kengaytirish, yangi turlarni yaratish, milliy mahsulotlar tarkibida ham maxsus “shop-tur”larni shakllantirish bugungi kunning davr talabidir. Turistik korxonalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu- milliy turzmni rivojlantirish orqali potensial turistlar hajmini ko‘paytirishda turistik mahsulotlarni samarali shakllantirish hisoblanadi. Bu vazifani hal etish milliy turistik mahsulotlarni muntazam takomillashtirib borishni taqozo etadi. Kurs ishining maqsadi: Hozirgi vaqtda jahon iqtisodiyotining rivojlangan mamlakatlarida turizm industriyasi iqtisodiyotning etakchi tarmog’i hisoblanadi. Mazkur kurs ishida respublikamizda turizm industriyasini paydo bo’lishi tarixi, rivojlanishi, hamda uni takomillashtirish uchun olib borilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilinib O’zbekistonda zamonaviy turizm industriyasi xarakterini yoritib berishdan iborat. Bu maqsaddan kelib chiqqan holda kusr ishida quyidagi vazifalar belgilandi: - Turizm industriyasining vujudga kelishi, tarixi va rivojlanish yo’nalishlarini tahlil etish; - O’zbekistonda turizm industriyasini shakllanishi, uning zamonaviy turlari va shakllarini amal qilishini tahlil etish; - Turistik firma va korxonalarning faoliyatini tahli etgan holda turistik mahsulot ishlab chiqarish va uni sifatini yoritib berish; - Turizm industriyasini rivojlantirish uchun transport xizmatlarini tashkil etishning tutgan o’rnini ko’rsatish; - Turizm industriyasida turlarni tashkil etishda xavfsizlik yo’llari va ekskursiyalarni tashkil etish jihatlarini yoritib berish; - Turizm industryasida turistik aloqalarni yo’lda qo’yishda shartnomaviy munosabatlarni o’rni va rolini ochib berish; - Turizmni industriyasini tashkil etish va boshqarishda davlatning o’rni va rolini ko’rsatib berish. Download 177.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling