Mavzu: O`zbekistondagi muqqaddas qadamjolar ròyhatini tuzish. Surxondaryo miqyosida. Reja
Download 29.51 Kb.
|
O`zbekistondagi muqqaddas qadamjolar ròyhatini tuzish. Surxondaryo miqyosida.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19. Iskandar ko‘prigi
- 20. Jarqo‘rg‘on minorasi
- 3.Dalvarzintepa haqida ma’lumot. Dalvarzintepa
18. Dalvarzintepa yodgorligi
Kushon podsholigii davri (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklari orasida Termiz shahridan 60 km uzoqlikda, Sho‘rchi hududida joylashgan Dalvarzintepa qadimiy manzilgohi alohida o‘rin tutadi. Shahar xarobalarida olib borilgan qazishmalar davomida fil suyagidan yasalgan turli anjomlar, qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar, tangalar, yunon-Baqtriya davriga oid nafis kulolchilik namunalari topilgan bo‘lib,ularning orasida dunyodagi eng qadimgi shaxmat donalari alohida o‘rin tutadi (eramizning I-II asrlari). ). 19. Iskandar ko‘prigi Ushbu qadimiy ko‘prik XVI asrda qurilgan bo‘lib, Hisor tog‘larining janubiy hududlarini Ko‘hna Termiz bilan bog‘lagan qadimiy savdo yo‘li o‘rnida joylashgan. Ko‘prik hozirgi Qumqo‘rg‘on tumanidagi M41 avtomagistrali yaqinida joylashgan. Mahalliy aholi uni Gʻisht ko‘prik yoki Iskandar Zulqarnayn koʻprigi deb ataydi. Mahalliy afsonada aytilishicha, bu joyni Aleksandr Makedonskiy o‘z qo‘shini bilan kesib o‘tgan. Dastlab, ko‘prik suv o‘tkazgich vazifasini bajargan va uning ostidan kengligi 20 metr va chuqurligi 10 metr bo'lgan oqim o'tgan. 20. Jarqo‘rg‘on minorasi Minora Qumqo‘rg‘on va Termiz oralig‘idagi Minor qishlog‘ida joylashgan bo‘lib, Sulton Sanjarning buyrug‘i bilan 1109-yilda qurilgan. Hozirda uning balandligi yigirma metrdan oshadi, lekin qurilish vaqtida qirq uch metrga yetgan. Minoraga qarab,uning bezaklaridan ko'zingizni uzolmaysiz. G‘ishtlarning mahorat bilan archa naqshida terilganligi to‘qilganlik effektini yaratadi. Minoraning ostida turganingizda, terilgan g‘ishtlar g‘isht emas, balki mato kabi ko‘rinadi. Minora bir-biriga tutashgan o‘n olti yarim ustundan iborat. 3.Dalvarzintepa haqida ma’lumot. Dalvarzintepa — qad. shahar harobasi. Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani markazi — Shoʻrchi sh.dan 10 km shim.-sharkda joylashgan. Mayd. 47 ga. D. 2 qismdan: qudratli mudofaa devori (qalinligi 10 m.gacha) bilan oʻrab olingan shoh saroy qalʼasi va shaharning oʻzidan iborat. Shahar ham mudofaaning istehkomli tizimiga ega boʻlib, bu yerda aslzodalar, hunarmandlar, kulollar, savdogarlar va ruhoniylar istiqomat qilishgan. Oʻzbekiston sanʼatshunoslik ilmiy tadqiqot institutining sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi D.da 1962 y. dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 y.dan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba sh.da „Kushonlar davrida Markaziy Osiyo“ mavzuida oʻtgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini oʻrganish natijalari va h.k.) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti D.oʻrnida boʻlgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil. av. 2-asr oxiri —1-asrlarda hozirgi D. oʻrnida kichik manzilgoh paydo boʻlgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida D. shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-asr oxiri — mil. boshlarida Shim. Baqtriya hududida D.dan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etilmagan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohkoʻchalar, shuningdek, torkoʻchalar boʻlgan. Kengligi 12 m.ga yaqin shoh koʻchalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib takaladi. 1972 y. ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qad. boʻlgan shaxmat donalarini topdi (qarang Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qoʻrgʻonga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda koʻp xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish may-donchasi va 11 xumdon ochildi. Qad. sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. D.ning shim.-gʻarbiy qismidan Kushon maʼbudalaridan biriga bagʻishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohkoʻchalardan biri oʻtgan shahar markazida budda majmuasi — ulugʻvor haykallari boʻlgan ibodatxona qad koʻtargan (dala belgisi: DT-25). Mil. 3-asr oxiri — 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin D. vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hoz. qalʼa (hisor) shoh saroyi oʻrnida) saqlanib kelgan. Arablar istilosidan soʻng shahar batamom vayron kilinib, hayot D.dan 10 km chamasi sharqsa, Budrochtepa oʻrniga koʻchgan. 1989 y. D.ni oʻrganishda yangi bosqich boʻldi — Oʻzbekistan sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashiharadagi Arxeologiya institutining prof. Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini oʻrganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaqarsozlik jarayonining oʻziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yoʻli izlari, Ku-shonlar davridagi diniy eʼtiqodlarning oʻzaro taʼsiri va ular Baqtriya-Tohariston sanʼatida aks ettirilishi yapon va oʻzbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi. XULOSA. Xulosa qilib aytganda Surxondaryo viloyati istiqlol yillarida har jihatdan rivojlandi, obod va ko'rkam shaharga aylandi. Xalqimizning azaliy fazilatlaridan biri bo'lgan yaratuvchilik, bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari istiqlol yillarida butun mamlakatimiz qatori bu shaharda ham yangicha mazmun-mohiyat kasb etmoqda. Surxondaryoning iqlimi va geografiyasi tarixiy obidalar, qadimiy shaharlar xarobalari, tabiat yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylarni deyarli asl holicha saqlab qolish imkonini berdi. Surxondaryo qiziqarli sayyohlik maskani bo‘lib, bu yerda O‘zbekistonga xos bo‘lmagan arxitekturani, qadimiy davrning rang-barang binolarini ko‘rib, ushbu hududning noyob, o‘ziga xos madaniyati bilan tanishish mumkin. Ma’lumki, Iskandar Zulqarnayn, Chingizxon, Ibn Battuta, Rui Gonsales de Klavixo kabi tarixiy shaxslar Surxondaryodan o‘tganlar. Surxondaryo qadimdan ko‘hna So‘g‘diyona shaharlarini Baqtriya va Hindiston bilan bog‘lab turgan. Bu joy har doim sayohatchilarni, tadqiqotchilarni va sarguzasht ishqibozlarini o‘ziga jalb qilgan. Download 29.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling