Toshkent amaliy fanlar universiteti tarix fakulteti 101-guruh talabasi


Download 1.37 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1561874
  1   2   3
Bog'liq
ARXEOLOGIYA

Toshkent amaliy fanlar universiteti tarix fakulteti 101-guruh talabasi

Omonova Ozodaning arxeologiya fanidan tayyorlagan taqdimoti

REJA:

1.TERMEZ ARXEOLOGIYASI 2.BUDDAVIYLIK MAJMUALARI 3. QAROVSIZ QOLGAN BOLALIKTEPA

Surxondaryo – O‘zbekistonning eng janubiy mintaqasi, yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida dunyoning ko‘plab arxeologlari va sayyohlarini o‘ziga jalb qilib kelmoqda. Yaqinda o‘zining 2700 yilligini nishonlagan ko‘hna Termiz shahri qadimiy tarixiy obidalar, jumladan, Fayoztepa, Kampirtepa, Dalvarzintepa, Qoratepa va Ayritom shaharlari bilan o‘ralgan. Surxondaryoning iqlimi va geografiyasi tarixiy obidalar, qadimiy shaharlar xarobalari, tabiat yodgorliklari va boshqa diqqatga sazovor joylarni deyarli asl holicha saqlab qolish imkonini berdi. Surxondaryo qiziqarli sayyohlik maskani bo‘lib, bu yerda O‘zbekistonga xos bo‘lmagan arxitekturani, qadimiy davrning rang-barang binolarini ko‘rib, ushbu hududning noyob, o‘ziga xos madaniyati bilan tanishish mumkin.Surxondaryo qadimdan ko‘hna So‘g‘diyona shaharlarini Baqtriya va Hindiston bilan bog‘lab turgan. Bu joy har doim sayohatchilarni, tadqiqotchilarni va sarguzasht ishqibozlarini o‘ziga jalb qilgan.

Termezga borgan sayyohlar albatta Al-Hakim at Termiziy majmuasini ziyorat qilmasdan ketolmaydi. Al-Hakim at-Termiziy majmuasi noyob meʼmoriy yodgorlik va musulmonlarning muqaddas ziyoratgohi hisoblanadi. U Eski Termizning chekkasida joylashgan. Maqbarada buyuk islom arbobi Abu Abdulloh ibn Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy dafn etilgan bo‘lib, bu zot xalq orasida hurmat bilan “Termiz otasi” deb atalgan. At-Termiziy majmuasi hududida yana bir qancha qiziqarli, diqqatga sazovor joylar mavjud. Bular chillaxonalar, ya’ni miloddan avvalgi V-X asrlarga oid qadimiy gʻor inshootlari, qadimiy Tarmita shahri (Eski Termiz) xarobalari va Termiz shahri muzeyi.

“ TERMEZ OTA”

1968- yilda qadimgi Termiz hududida Budda haykali topildi va o‘sha vaqtdan buyon bu yer ko‘plab arxeologlar tomonidan o‘rganiladigan asosiy obyektga aylanib, buning natijasida keyinchalik qadimgi buddaviylik ibodatxonalari majmualari kashf etildi, shu jumladan Fayoztepa (mil. av. 1-asr – milodiy 3-asr), Kampirtepa, Qoratepa. Qadimgi musiqachilarning tasviri tushirilgan mashhur Ayritom frizining kashf etilishi ushbu mintaqa bir vaqtlar buddaviylik targ‘ib qilinganligining dalili bo‘lib xizmat qildi va ellinistik madaniyat unsurlari aniqlandi. Hozirda frizning terrakota-barelyeflari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida saqlanmoqda.Fayoztepa buddaviylik ibodatxona majmuasi o‘zbek olimi, mahalliy o‘lkashunoslik muzeyi direktori R.F.Fayozov sharafiga nomlangan. U ushbu obyektni o‘rganish tashabbuskori va hatto bu ibodatxonani kashf etganlardan biridir. R.F.Fayozov dunyo ilm-fanining eʼtiborini qadimiy obyektga jalb qilish uchun ko‘p harakat qilgan. Fayoztepaning kashf etilishi qadimgi buddaviylik obyektlarining yangilarini kashf etish uchun birinchi turtki bo‘ldi.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling