Toshkent amaliy fanlar universiteti tarix fakulteti 101-guruh talabasi


Download 1.37 Mb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1561874
1   2   3
Bog'liq
ARXEOLOGIYA

Qadimiy shahar xarobasi. Kushon podsholigining Shimoliy Bahteragi yirik markazi. 1949 yilda topilgan ; 1951 — 52 va 1972-yillarda qazishmalar olib borib oʻrganilgan. Maydon 16,9 ga, kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uzunligi 400 m. Sharqiy devor xarobalari 6-7m. Gʻarbiy devori 4m. gacha saqlanib qolgan. Shaharning shimoliy — sharqida kvadrat shklida qoʻrgʻon bor, u shahardan katta xandaq bilan ajratilgan. Toʻrtta darvozasi (ikkitasi sharq, ikkitasi gʻarb tomonlarda) boʻlgan. Koʻchalar va koʻpgina arxtektura inshootlarining izi qolgan. Koʻplab sopol idishlar, odam va hayvonlarning xaykallari, tangalar topilgan. Sopol idishlarning asosiy qismi qizil angob bilan boʻyalgan. Tapilmalarning eng qadimiylari millodan avvalgi 4-2 asrlarga, keyingilari ilk oʻrta asrlarga (5-7- asr) toʻgʻri keladi.

Bolaliktepa — termizshohlar qalʼaqasri harobasi (5—6-asrlar). Termiz shahridan 30 km shim.da. Katta va kichik tepaliklardan iborat boʻlgani uchun shunday atalgan. B.ni sanʼatshunosarxeolog L. I. Albaum oʻrgangan (1953— 55). Qalʼaqasr toʻrtburchak shakldagi paxsa poydevor (30×30×6 m) ustiga xom gʻisht (50×30×10 sm) dan qurilgan boʻlib, 16 xonadan iborat (ulardan 11 tasi 5-asrda, 5 tasi 6-asrda bunyod etilgan). Tashqariga qaragan xonalarning devorlari nishon tuynukli. Eng katta xona oʻrtasiga xom gʻishtdan davra tarhli otashkada (diametri 1,2 m, bal. 60 sm) ishlangan.

BOLALIKTEPA YODGORLIGI

Undagi kul qoldiqlari ichidan kuygan bugʻdoy doni va oʻrik danaklari topilgan. Xonalardan sopol va shisha idishlar, turli musiqiy asbob boʻlaklari, naqshinkor chilim, taqinchoqlar qadalgan ipak kiyimlar parchasi, chordana qurib bola emizayotgan ayol tasviri tushirilgan shisha turunj (medalon), yogʻoch qoshiq va boshqa topilgan. Xonalardan birida devorlarida toʻy marosimi aks ettirilgan devoriy rasmlar topilgan.

HOZIRGI AHVOLI

Yodgorlikning atrofidagi muhofaza hududi mahalliy aholi tomonidan o‘zboshimchalik o‘zlashtirilib, ekin maydoniga aylantirilgan, hatto molxona ham qurib olingan. Achinarlisi, dunyo olimlarini o‘ziga ohangraboday tortib kelayotgan ushbu yodgorlikka boruvchi yo‘lning o‘zi yo‘q. Buni mutasaddilar ham tasdiqladi.

— Ushbu yodgorlik qadimdan borligini bilamiz, lekin uning tarixi haqida ma’lumotga ega emasmiz, —deydi “Dehqonittifoq” MFY raisi Shuhrat Hidirov. — “Bolaliktepa” atrofini 9 ta xo‘jalik o‘rab olgan, unga olib boruvchi yo‘l yo‘q.

Surxondaryo viloyat madaniy meros boshqarmasi boshlig‘i Shohista Mamatqulovaga ko‘ra, ayni paytda viloyatdagi moddiy va arxeologik meros obyektlaridan 69 tasi sayyohlik yo‘nalishlariga kiritilgan, ular orasida “Bolaliktepa” ham bor.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling