Toshkent amaliy fanlar universiteti tarix fakulteti 101-guruh talabasi


Download 1.37 Mb.
bet2/3
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1561874
1   2   3
Bog'liq
ARXEOLOGIYA

FAYOZTEPA

Dalvarzintepa- Kushon podsholarining qarorgohi Kushon imperiyasi davridagi (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklar orasida Termizdan 60 km uzoqlikda, Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimgi Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi. Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya maʼbudi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng qadimgi buddaviylar binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.1972 yilda ko‘hna shaharchaning qadimgi mavzelari o‘rganilayotganda, uy deb taxmin qilinayotgan binolardan birida, og‘irligi 36 kg bo‘lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan.

DALVARZINTEPA YODGORLIGI

Yaqinda Toshkentda mashhur Dalvarzin xazinasi to‘plamiga taalluqli buyumlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.Ushbu joyda olib borilgan qazish ishlari davomida turli xil fil suyaklaridan yasalgan osori-atiqalar, alohida ahamiyat kasb etadigan dunyodagi eng qadimgi shaxmat donalari (mil. avv. 1-2 asr), qadimgi Yunon-Baqtriya davriga oid qimmatbaho toshlar, tangalar, mayda sopol buyumlar topilgan.

Qirqqiz qalʼasi — Termiz tumanida joylashgan, IX-X asrlarda qurilgan meʼmoriy yodgorlik. Hozirgi vaqtda yodgorlikning vayronalari saqlanib qolgan bo‘lib, ular ming yilliklardan keyin ham qadimiy inshootning avvalgi ulug’vorligini ko‘rsatib turibdi. Tadqiqotchilar bu tuzilma o‘tmishda qanday vazifani bajarganligi haqida turli farazlarni ilgari suradilar. Balki bu inshoot qadimda shahar chetidagi zodagonlar saroyi, ayollar madrasasi, xonaqoh yoki karvonsaroy bo‘lgandir. Ammo ko‘pchilik tarixchilar bu bino Ko‘hna Termizning mudofaa qal’asi bo‘lib xizmat qilgan, degan fikrga qo‘shilishadi.

QIRQQIZ QAL’ASI

Zartepa — Oʻzbekistondagi madaniy meʼros obyekti. Arxeologiya yodgorligi. Obyekt davri: V—VII asrlar. Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan. Zartepa — Termiz sh.dan 26 km shim, gʻarbda joylashgan qad. shahar harobasi. 3. 1951—52 yillarda arxeolog L. I. Albaum tomonidan tekshirilgan. 3. kvadrat shaklida boʻlib, devorlarining uz. 400 m dan. Sharqiy devor harobalari 6-7 m, gʻarbiy devori 4 m gacha saklanib kalgan. Shaharning shim.sharqida kvadrat shaklida qalʼaqoʻrgʻon bor, u shahristondan mudofaa chizigʻi — katta xandaq b-n ajratilgan.Zartepadan odam va hayvonlarning haykalchalari va har xil tangalar ham topilgan. Topilmalarning eng qadimgisi mil.avv. 4— 2 asrlarga, keyingilari ilk oʻrta asrlar (5—7-asrlar)ga toʻgʻri keladi.


Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling