Mavzu. O’zbekistoning ma’muriy xududiy tuzilishi va ularning mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari Reja
quyidagi tamoyillarga asoslaniladi
Download 1.06 Mb.
|
Jasur mintaqaviy
quyidagi tamoyillarga asoslaniladi:
• iqtisodiy tamoyil – davlatning ma’muriy-hududiy tuzilishi shu davlatning ihtisodiy sohadagi vazifalarini samaradorlik bilan amalga oshirishni ta’minlashga qaratilishi lozim; • siyosiy tamoyil – davlatning hududiy tuzilishini shu davlatning siyosiy maqspadlari, davlat hokimiyatini amalga oshirishga mos ravishda tashkil etishdan iborat. Bu tamoyil, birinchidan, har bir ma’muriy-hududiy bo’linma davlatning, uning hokimiyat organlari vazifalarini bajaruvchi mustaqil qismi deb tushunilishi, ikkinchidan, har bir hududiy qism o’z vazifasini bajarishda yuqori davlat hokimiyati organlariga bo’ysunishi; • milliy-maishiy tamoyil – ma’muriy-hududiy bo’linish jarayonida aholini milliy tarkibi, o’ziga xos milliy-maishiy xususiyatlari e’tiborga olinadi. Mazkur tamoyilda O’zbekistonning ma’muriy-hududiy bo’lagidagi aholining milliy tarkibiga e’tibor beriladi, ularning milliy o’zini o’zi boshqarishlariga ma’lum darajada sharoit yaratib beriladi. Bunday tadbirlar milliy qadriyatlarimizning o’ziga xos tomonlarini inobatga olishni, madaniy, tarixiy, diniy, estetik tomonlarga e’tibor berishni ta’minlaydi; • davlat apparatini aholiga yaqinlashtirish tamoyili – ma’muriyhududiy tuzilishda davlat ishlarini boshqarishda xalqning ishtirokini ta’minlash va davlat apparatini aholiga yaqinlashtirishdan iborat. Bunday tadbir davlat apparatini aholiga aloqador va qulay sharoitda xizmat qildiradi. Aholining ehtiyoji va talablarini bevosita davlat apparatiga yaqinlashtiradi. Ularga konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini amalga oshirishda, davlat organlarini saylashda, o’zini o’zi boshqarish organlarini tuzishda yordam beradi. O’zbekiston Respublikasining har bir ma’muriy-hududiy birligida davlatning mahalliy vakillik organi, hokimiyati yoki mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari tashkil etiladi. O’zbekiston Respublikasining hozirgi ma’muriy-hududiy bo’linishi respublikaning ishlab chiqarish kuchlari ahvolini, ularning joylashish xarakterini, transport va aloqa vositalarining rivojlanishini, joylardagi boshqaruvning tashkiliy tuzilishini aks ettiradi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahrining chegaralarini o’zgartirish, shuningdek viloyatlar, shaharlar, tumanlar tashkil qilish va ularni tugatish O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. Konstitutsiyaning 69- moddasida ko’rsatib o’tilgan me’yor O’zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustdagi «O’zbekiston Respublikasida ma’muriyhududiy tuzilish, toponimik ob’ektlarga nom berish va ularning nomlarini o’zgartirish masalalarini hal etish tartibi to’g’risida»gi qonun11i orqali amalga oshiriladi. Mazkur qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o’zgartirish, ma’muriy markazlarni ko’chirish hamda aholi manzilgohlarini shahar, shaharchalar turkumiga o’tkazish, ma’muriy-hududiy birliklar, aholi manzilgohlari va ularning tarkibiy qismlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizikjo’g’rofiy, geologik va oshqa ob’ektlarga nom berish va ularning nomini o’zgartirish tartibini belgilaydi. Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko’chirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga binoan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan, tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko’chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga binoan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa – Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan amalga oshiriladi. Qoraqalpog’iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog’iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog’iston Respublikasida esa – Jo’qorg’i Kenges tomonidan amalga oshiriladi. Viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, shaharchalar, aholi manzilgohlariga odamlarning nomini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar sharafiga nomlashga qoida tariqasida yo’l qo’yilmaydi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling