Mavzu. O’zbekistoning ma’muriy xududiy tuzilishi va ularning mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari Reja


Download 1.06 Mb.
bet1/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1223820
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jasur mintaqaviy


Mavzu. O’zbekistoning ma’muriy - xududiy tuzilishi va ularning
mintaqaviy rivojlanish xususiyatlari


Reja
1. Ma’muriy-hududiy birliklarning shakllanish va rivojlanish xususiyatlari
2. O’zbekistonda ma’muriy - hududiy birliklarni tashkil etilishi va
ular dinamikasidagi o’zgarishlar
3. Ma’muriy-hududiy birliklarning me’yoriy-huquqiy asoslari.


Tayanch so’z va iboralar: Ma’muriy-hududiy birlik, chegara, hokimiyat va boshqaruv, Mamlakat fuqarolar soni va hudud ko’lami muayyan chegaraga yetganda mamlakat hududini okruglar, viloyatlar, o’lkalar, shtatlar, kantonlar, guberniyalar, uezd singari hududlarga bo’lish zarurati tug’iladi. Shu tariqa hokimiyat va boshqaruvning markaziy hamda mahalliy organlari o’rtasida vakolatlarni bo’lish ehtiyoji paydo bo’ladi. Ma’muriy-hududiy birlik tushunchasiga ko’plab ta’riflar berilgan bo’lsada, ularning biri ikkinchisini inkor etmaydi. Ularning qariyb barchasida davlat tuzilishi shakli deganda davlat hokimiyatining mamuriy-hududiy tashkil etilishi, davlat bilan uni tashkil etuvchi qismlar o’rtasidagi, davlatning alohida qismlari o’rtasidagi, markaziy va mahalliy organlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar xarakteri tavsiflanadi.
Davlat tuzilishi davlat shaklining bir turi bo’lib, u uchta asosiy qismlarning
yig’indisi hisoblanadi:
- davlatni boshqaruv shakli;
- davlat tuzilishi shakli;
- siyosiy tartib (rejim).
Davlat tuzilishi shu davlat oldida turgan vazifalar va maqsadlar bilan belgilanadi.
Davlat tuzilishiga ko’ra oddiy(unitar) davlat va murakkab – federativ yoki konfederativ davlatlarga bo’linadi. Davlatning tuzilish shakli nafaqat ommaviy hokimiyat bilan, balki davlatning yana bir muhim xususiyati – aholining hududiy tashkiloti bilan ham chambarchas bog’liqdir.
Unitar davlat – oddiy tuzilishga ega yaxlit davlat bo’lib, to’la siyosiy birligi bilan boshqalardan farq qiladi1. Unitar davlatlarning aksariyati muayyan ma’muriy hududiy bo’linishga ega, ya’ni tumanlar, viloyatlar, kantonlardan iborat bo’ladi.
Unitar davlatlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, ularda markazlashtirish turli shakllarda va turli darajada bo’ladi. Ba’zi unitar davlatlarda mahalliy organlar
bo’lmaydi va ma’muriy-hududiy bo’linmalar markaziy hokimiyat vakillari
tomonidan boshqariladi. Mahalliy organlar tashkil etilgan unitar davlatlarda esa,
ular markaziy hokimiyat nazorati ostida bo’ladi. Markaziy hokimiyat mahalliy
organlar ustidan nazoratning qanday turini amalga oshirishiga qarab,
markazlashgan va markazlashmagan unitar davlatlarga bo’linadi.
Unitar davlatlarga ko’plab misollar keltirish mumkin. Masalan, Italiya, Frantsiya,
Buyuk Britaniya, Ukraina, Qozog’iston, Qirg’iziston, shu jumladan, O’zbekiston
Respublikasi ham unitar davlat hisoblanadi. Jumladan Italiya Konstitutsiyasining
5-moddasiga binoan Italiya Respublikasi - yagona va bo’linmasdir, lekin mahalliy
avtonomiyani tan oladi va rag’batlantiradi. Italiya Respublikasi Konstitutsiyasining
5-bo’limi 114-133-moddalarida batafsil yoritib berilgandir. Unga ko’ra respublika
- viloyatlarga, provinsiyalarga va kommunalarga bo’linadi. Kommunalar -
shaharlar yoki ularning bo’laklarini va qishloq aholi manzilgohlarini yoki ularning
guruhlarini o’z ichiga oladi. Yuqorida ko’rsatib o’tilgan siyosiy-ma’muriy birliklar
ma’lum bir doirada avtonomiya ega.
Asosan viloyatlarning avtonomiyasi kengdir2.
Frantsiya Konstitutsiyasining alohida bo’limi hududiy jamoalarga ajratilgan bo’lib,
72-modda birinchi qismiga binoan hududiy jamoalarga - kommunalar,
departamentlar va dengiz bo’yi hududlar kiradi. Departamentlar shahar va qishloq
kommunalariga (jamoalariga) bo’linadi. Bundan tashqari alohida avtonom
maqomiga ega bo’lgan Korsika orolini ham Frantsiyaning siyosiy-hududiy
tuzilishiga kirtilgan.
Buyuk Britaniya to’rt qismdan - Angliya, Uels, Shotlandiya va Shimoliy
Irlandiyalardan iborat. Davlat tuzilishi shaklining ikkinchisi – bu murukkab
davlatlar. Murakkab davlatlarga – federatsiya, konfederatsiya, hamdo’stlik va
boshqalar kiradi.
Federativ davlat – bu davlatlarning shartnoma va qonuniy tartibga solingan
birlashuvini ta’sis etishga asoslangan ittifoqdir3. Demak, o’zaro birlashishga
intiluvchi bir qancha mustaqil davlatlar mavjud bo’lgan joydagina federatsiya
tashkil etilishi mumkin.
Federativ shakldagi davlat qonun chiqaruvchi organlarga, ijro etuvchi va sud
organlariga ega bo’lgan bir necha davlatlar – sub’ektlar birlashmasidan, ittifoqidan
tashkil topadi. Har xil federativ davlatlarda sub’ektlar o’ziga xos nomlar bilan –
respublika, shtatlar, kantonlar, yerlar deb ataladi. AQSh, Rossiya Federatsiyasi,
Germaniya Federativ Respublikasi va boshqa ko’pgina davlatlar federativ davlatlar
hisoblanadi. Jumladan, Amerika Qo’shma Shtatlari Konstitutsiyasi4ga binoan
Amerika Qo’shma Shtatlari 50 shtatdan va alohida huquqiy maqomga ega bo’lgan
Kolumbiya fedyeral okrugidan tashkil topgan5. Har bir shtat o’zining
Konstitutsiyasi va qonunlariga ega.
Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasining 5-moddasiga binoan Rossiya
Federatsiyasi – Rossiya Federatsiyasining teng huquqli sub’ektlari bo’lgan –
respublikalardan, viloyatlardan, fedyeral ahamiyatidagi shaharlardan, avtonom
viloyatlardan, avtonom okruglardan tashkil topadi6.
Germaniya Federatsiyasi o’n oltita «yerlar»dan iborat bo’lib, ularing uchtasini yirik
shaharlar - Berlin, Gamburg, Bremen tashkil etadi.
Federativ davlat bir necha suveren davlatlarning ittifoqidan tashkil topgan suveren
davlatdir. Federatsiyada umumfederativ davlatning hokimiyati va boshqaruv
organlari, Konstitutsiyasi, byudjeti, davlat ramzlarini bildiradigan belgilari bo’lishi
bilan birga unga kiruvchi davlatlarning ham o’z hokimiyati va boshqaruv organlari,
Konstitutsiyasi bo’ladi.
Hozirgi vaqtda davlatlarning rivojlanishi «toza holda»gi unitar va federativ
davlatlarning kam uchrashiga olib kelmoqda. Unitar davlatlar ayrim huquqlarini
ma’muriy-hududiy bo’linmalariga bermoqda, federativ shakldagi davlatlarda esa
ularning markaziy organlari hokimiyatlarini butun federatsiya hududida
mustahkamlashga harakat qilmoqdalar.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling