Mavzu: O‘zbekistonning alohida muhofaza qilinadigan hududlarini kartada
Download 61.18 Kb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya mustaqil ish — копия
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi.
2. Hisor qo‘riqxonasi Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ va Shahrisabz
tumanlari hududida, Hisor tizmasining g‘arbiy tarmoqlarida joylashgan, 1983 yilda tashkil etilgan. Maydoni 80986 ga, shundan 12203 ga o‘rmon, 27450 ga si o‘tloqlar bilan band. Dengiz sathidan 4000 m dan baland bo‘lgan xilma-xil baland tog‘ ekotizimlari mavjud. O‘simliklarning 870 tur vakillari o‘sadi. Ular ichida tog‘ va baland tog‘larga xos noyob, kamyob va endemik o‘simlik turlari talaygina. Bu hududda hayvonot olamining 253 turi yashaydi. Shulardan qor barsi, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i, turkiston kalamushi va boshqalar O‘zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Qo‘riqxonada 2 turdagi baliqlar, 19 turdagi suvda va quruqlikda yashovchilar, 103 turdagi qushlar, 28 turdagi sut emizuvchilar yashaydi. Qushlarning 24 turi kamyob va noyob hisoblanadi. Qo‘riqxona Hisor tizmasi tabiiy majmualari va ekotizimlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan. 3. Zomin tog‘-o‘rmon qo‘riqxonasi. Jizzax viloyatining Zomin tumanida Turkiston tog‘ tizmasining shimolida joylashgan. 1926 yilda mazkur hududda O‘zbekistonda birinchi qo‘riqxona – Guralash tashkil etilgan; o‘tgan asrning 30-40-yillarida o‘rmon xo‘jaligi tarkibiga kiritilgan, 1960 yilda qayta tashkil topgan. Hozirda maydoni 26840 ga, shundan 22137 ga si o‘rmon bilan qoplangan. Qo‘riqxona hududida Turkiston tizmasining g‘arbiy yonbag‘rida: past, o‘rta va baland tog‘ mintaqalaridan iborat tog‘ zanjiri yaqqol namoyon bo‘ladi. Balandlik dengiz sathidan 1760 m dan 3500 m gacha o‘zgaradi. Hududning janubiy qismi Turkiston tizmasining tik yonbag‘ri bo‘lib, chuqur daralar bilan o‘yilgan. Shimoliy qism – nisbatan yotiq, terrasali relef bo‘lib, qalin mergel, lyossimon jinslar bilan qoplangan. Qo‘riqxona hududidan Zomin va Sangzor daryolari irmoqlari Kulsoy va Guralashsoylar oqib o‘tadi. Hududga yiliga o‘rtacha 405 mm yog‘in yog‘adi, mutloq yuqori harorat + 33 0 C (iyul, avgust), dekabrda – 34 0 C gacha pasayishi mumkin. Zomin qo‘riqxonasida o‘simliklarning 70 oilasiga mansub turi O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, 48 tur – Turkiston tog‘ tizmasi g‘arbiy qismi endemiklaridir. Shifobaxsh o‘simliklarning 20 dan ortiq, manzaralilarning 15 dan ortiq, xo‘jalik nuqtai nazaridan qimmatli o‘simliklarning o‘nlab turlari uchraydi. Qo‘riqxona hududida uch turdagi archa o‘sadi: Zarafshon, Turkiston va yarimsharsimon. Yonbag‘irlarning yuqori qismida yarimsharsimon archa Turkiston archasi bilan aralash holda o‘ssa, pastki qismlarda Zarafshon archasi o‘sadi. Hayvonot olami juda xilma-xil. Sut emizuvchilarning 40 ga yaqin turlari yashaydi, qushlarning esa 132 turi. Archa mintaqasi, ayniqsa, qushlarga boy. Hayvonlardan: bo‘ri, to‘ng‘iz, quyon, sibir tog‘ echkisi, Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i qimmatli hisoblanadi, ularning ko‘plari Qizil kitobdan joy egallashgan. Qo‘riqxona u еrdagi archa o‘rmonlari holatini hamda ular bilan bog‘liqlikdagi hayvonot olamini muhofaza qilish va ilmiy tadqiqotlar maqsadida tashkil etilgan. Download 61.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling