Mavzu: O'zbekistonning ekologik muammolari Reja: O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi


O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri


Download 21.63 Kb.
bet2/3
Sana02.11.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1739570
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonning ekologik muammolari

2. O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri.

Mamlakatimizning ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini samarali tashkil etish va jadallashtirish sharoitida, ona tabiat muhofazasi hamda undan oqilina foydalanish masalasi butun xalq xo`jaligi rivoji bilan bevosita birlikda qaratiladi.


Suv qishloq xo`jaligi va sanoat ishlab chiqarishdagi deyarli barcha texnologik jarayonlarning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur sohalardagi texnologik jarayonlarda suv juda ko`p ishlatiladi. Chunki suvdan haddan ortiq ko`p foydalanilsa, oxir oqibat u yetishmay qolishi mumkin. Sababi, hozirgi zamon texnikasi uni yuz foiz tozalashga qodir emas. Suvni butunlay tozalash uchun ham oqova suvlardan foydalanishga to`g`ri keladi. Bu esa suvni yana isrof qilish demakdir. Tabiiy suv havzalarida o`z – o`zini tozalash effekti ham katta samara beradi.
Resbublikamizda hozirgi vaqtda ifloslangan oqova suv manbalariga oqizish uchdan birga qiziqtirildi. Suvni tejab ishlatish borasida nazorat kuchaymoqda. Dalalarga rejali asosda suv berilyapti. Xonadonlarga suv o`lchagich asboblar o`rnatilmoqda.
Garchang yer yuzida suv eng ko`p tarqalgan modda bo`lsa-da, ularning 98 foiz tashkil etadi. Umumiy chuchuk suvning atigi 0,1 foizidan foydalanish imkoni bor, xolos.
Suv ona sayyoramizda eng ko`p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz yerda hayot yo`q. Suv – yerdagi asosiy hayotiy jarayon hisoblanmish fotosentezda yagona kislorod manbaidir. U ob havo va iqlimning shakllanishida katta ahamiyatga ega.
Yerdagi suvning katta qismi dengiz va okeanlarda to`plangan. Yerda tarqalgan butun suvning atigi 2 foizi chuchuk suv ulushiga to`g`ri keladi. Chuchuk suvning 85 foizini qutb zonalaridagi muzliklar va boshqa muzlar tashkil etadi. Chuchuk suvlarning qayta tiklanishi tabiatda suv aylanishi tufayli sodir bo`ladi.
Yer kurrasining ko`pgina hududlarida daryolar asosan elektr manbai hisoblanadi. Chuchuk suvlardan inson turmushda, qishloq xo`jaligi va sanoat ehtiyojlar uchun foydalanadi.
Qadimdan xalqimiz orasida “Bir narsani yo`qotmay turib, ikkinchisi narsaga erishib bo`lmaydi”, degan hikmatli so`z yuradi. Sobiq sho`rolar davrida, ekin ekiladigan maydonlarni kengaytirish maqsadida cho`llarni o`zlashtirishga tushdilar. Holbuki, o`zlashtirilgan cho`l tuproqlarining oddiy lalmikor tuproqlarga nisbatan suvga bo`lgan ehtiyoji bir necha barobar yuqori. Bu muammo ham hamirdan qil sug`urgandek osongina hal etildi, ya`ni Amudaryo va Sirdayyoning Orolga boradigan yo`nalishini o`zlashtirayotgan cho`l zonasiga burdilar. Suvdan ayovsiz, vaxshiylarcha foydalanish natijasida Orol dengiziga quyiladigan suvning miqdori kamayadi. Ha, basilar o`ylagan maqsadiga erishdi, ya`ni mahsuldorlikni oshirish uchun yerlar kamaytirildi. Ammo bizga undan ikki barobar qimmatga tushgani – Orol dengizining batamom qurib qolish havfi tug`ildi.
Orol dengizining qurib borishi bilan vujudga kelgan ekologik va ijtimoiy – iqtisodiy muammolar hozirgi kundagi eng dolzarb masala sanaladi. Va bu borada ko`pchilikda yetarli ma`lumotlar bor. Lekin, Orol dengizining muammosi jamoatchilik e`tiboridan holi bo`lib kelayotgani yo`q.
Aslida Orol dengizi muammosi uzoq o`tmishga borib taqaladi. Lekin bu muammo so`nggi o`n yilliklarda xavfli darajada ortdi. Orol dengizi muammosi soyasida qolib, jamoatchilik e`tiboridan xoli bo`lib kelayotgan bir qancha muammolarni ham tilga olishimiz zarur.

Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling