Mavzu: O'zbekistonning ekologik muammolari Reja: O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi


O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari


Download 21.63 Kb.
bet3/3
Sana02.11.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1739570
1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonning ekologik muammolari

3 . O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.

Mustaqil yurtimiz iqtisodiy rivojlangan jannatmakon o`lka bo`lib qolishi uchun sog`lom ekologik jihatdan toza atrof – muhitni yaratish, odamlar salomatligini asrash muhimdir. Insonning butun hayoti – tug`lishi, yeb – ichishi, o`sib – unishi, mehnat qilishi – barcha barchasi tabiat bilan payvand.


Yer kurrasi atrofini o`rab olgan havo qatlamiga atmosfera deymiz. Yer atmosferasi amaliy jihatdan cheksiz, uning kimyoviy tarkibi bir xil balandliklarda deyarli o`zgarmaydi. Ammo ishlab chiqarishning uzluksiz rivojlanishi natijasida atmosfera tarkibi ifloslanib bormoqda. Bundan tashqari, yer sifatidan uchib chiqqan turli – tuman chang, metal zarralari havoga to`planib, maxsus inversiya qatlamini hosil qiladi. U esa quyoshdan kelayotgan yorug`lik oqimini yer sirtiga o`tishiga to`sqinlik qiladi. Oqibatda yerda iqlim o`zgaradi. Tirik mavjudotning hayoti havf ostida qoladi. Hozirgi kunda atmosferani muhofaza qilish masalasi jahon xalqlarini tashvishga solib kelmoqda. Demak, har bir madaniyatli kishi atmosfera va uning ahamiyati haqida ma`lum darajada ma`lumotga ega bo`lmog`i lozim.
Havo yer kurrasining tarkibiy qismi, hayot ana shu havo qatlami ostida paydo bo`lgan. Undagi hayot kosmik ta`sirlar bilan bevosita bog`langan. Atmosferaning yuqori qatlamiga har sekundda kosmos va quyoshdan nihoyatda katta quvvatga ega bo`lgan to`lqin oqimlari: nurlanish, shiddatli roentgen nurlari va boshqalar kelib turadi. Ammo ularning ko`pi atmosferaning yuqori qatlamlarida tutilib qoladi. Aks holda zararli radiatsiyadan yerdagi hayot nobud bo`lgan bo`lardi. Atmosfera quyosh nurini hayot yaratsa zarur bo`lgan miqyosda o`tkazib, yerning isishiga imkon yaratadi, undan qaytayotgan nurlarni esa olam fazosiga tarqalib ketishiga yo`l qo`ymaydi. Bu hol yerni sovib qolishdan saqlaydi va sutka davomida havo haroratining keskin o`zgarishiga to`sqinlik qiladi.
Atmosferasiz yer ham oyga o`xshab “o`lik” jism bo`lardi. Armosferasiz daryo, dengiz, okean, muzliklar Quyosh quvvati ta`sirida bug`lanib fazoga tarqalib ketgan bo`lar edi. Atmosfera yerni meteorlar oqimidan himoya qiladi.
Atmosfera nafaqat tiriklar manbai, u tuganmas boylik hamdir. Undan turli maqsadlarda foydalaniladi.
Sanoat korxonalari va avtomobillardan chiqayotgan bunday zararli gaz tutun va changlar atmosferadagi ozon qatlamining yemirilishiga salbiy ta`sir ko`rsatishi tabiiy. Borliqni quyoshning zararli ultrabinafsha nurlari ta`siridan saqlaydigan ozon qatlami kundan – kunga yemerilib, ,butun dunyo olimlari oldida global muammo bo`lib qolmoqda.
Ayniqsa, XXI asrga kelib yer sharining himoya qatlami ancha siyraklashgan. Hozir BMT ning atrof – muhit muammolari bilan shug`ullanuvchi YuNEP dasturi ozon qatlamining muhofaza qilish bo`yicha sa`y – harakatlar olib bormoqda. O`zbekiston ham bir qancha konvensiyalarga qo`shilib, ozon qatlamini zararli moddalardan muhofaza qilishga oid Vena konvensiyasini va Memorial Protokolni ratifikatsiya qilgan.
Shaxrimiz chiroyiga dog` bo`lib, mahallalat hududlarida, katta ko`chalar atroflarida, ariq bo`ylarida to`p – to`p yonayotgan va havoga zaharli konserogen islarni chiqarayotgan axlat uyumlari so`nggi paytlarda bizning befarqligimiz ortayotganligini ko`rsatayapti. Xolbuki, axlatxonalardan chiqayotgan tutunning zarari inson salomatligi uchun sanoat korxonalaridan chiqayotgan islardan ham ko`ra ming chandon zararlidir. Shunday ekan, chiqindilarni shahar tashqarisiga olib chiqib tashlash bilan masala hal bo`lmaydi. Fikrmizcha , har bir yirik korxona, har bir tuman o`z hududidagi chiqindilarni bartaraf qilishlari uchun kichik – kichik zavodlarni ishga tushirishlari lozimga o`xshaydi.
Xulosa
Asrlarga tutash kelgan palla butun insoniyat, mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo`l qovushtirib o`tirish – o`z – o`zini o`limga mahkum etish bilan barobardir.
Afsuski, hali ko`plar ushbu muammoga beparvolik va mas`uliyatsiz bilan munosabatda bo`lmoqdalar.
Ekologik xavfsizlik muammosi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chqib, butun insoniyatning umumiy muammosiga aylangan.
Ekologik vaziyatni obyektiv va har tomonlama tahlili shuni ko`rsatadiki, ekologik xavf – hatarning vujudga kelishi nafaqat fan – texnika taraqqiyotiga, balki jamiyatning tabiat bilan o`zaro munosabatlarini boshqarish mehanizminig yo`qligiga bog`liq. Tabiiyki, bunday hol tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlariga olib keladi. Ekoligik vaziyatning yomonlashuni hamda tabiat va jamiyat o`rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvi, shuningdek, tabiatning ichki tuzilish va rivojlanishining qonuniyatlariga amaliyotga yetarlicha e`tibor bermasligi bilan ham bog`liq. Ichki boshqaruv mehanizmiga ega bo`lgan tabiiy muhit o`zida sodir bo`ladigan jarayonlarni muayyan muvozanatda saqlab turish imkoniyatlariga ega. Ammo har qanday tizim kabi tabiiy muhita ham muayyan chegaralarga ega. Shu sababli tabiiy muhitning o`zgarish dinamikasi ma`lum sig`im orqali, ya`ni o`z – o`zini tiklash resurslarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Agar inson faoliyatining ta`sir ko`lami tabiiy muhitning o`z – o`zini tiklash imkoniyatlaridan ortiqcha bo`lsa, tabiiy muhitning nomaqbul o`zgarishlari ro`y beradi va bu o`zgarishlarni qanday yo`nalishda sodir bo`lishini oldindan belgilash va boshqarish imkoniyatlari bo`lmaydi.
Tabiiy muhitning ekologik jihatdan nomaqbul o`zgarishlarining ilmiy texnikaviy omillari ko`pgina hollarda jamoyatning tabiatga nisbatan munosabatlariga bog`liq. Chunki tabiat bilan o`zaro ta`sir jarayonida tabiatdan oqilona foydalanishni rivojlantirish av boshqarish streategiyasini optimallashtirish vazifalarini hal etish uchun yetarlicha tayyor bo`lmaydi.
Jamiyat va tabiat orasidagi o`zari ta`sir va bu ta`sir tufayli tabiiy muhit sodir bo`ladigan o`zgarishlarning dolzarb umumzaminiy muammolari Markaziy Osiyo mamlakatlarida xususan, O`zbekistonda ham vujudga kelishiga ko`ra, o`ziga xos mintaqaviy belgilarga va sharoitlarga ega.
Darhaqiqat, MArkaziy Osiyo mintaqasida ko`plab odamlar, bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojeaga aylandi. Ularni qirilib ketish, genofondining yo`q bo`lib ketishi yoqasiga keltirib qo`ydi. Bu jarayonlar O`zbekiston uchun ham xosdir. Mutaxassislarning baholashicha O`zbekistonda juda murakkab va xavfli vaziyat vujudga kelmoqda. Shu sababli hukumat va davlat, mamlakatimizda atrof – muhitni muhofaza qilish, atbiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalariga juda katta e`tibor bermoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab atrof – muhitni muhifaza qilishga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilindi. Olimlar yildan yilga yangi - yangi kashfiyotlar yaratishyapti. O`zaro bahslarda ular yadroviy energiya, chekishning zarari, Sibir daryolarini O`rta Osiyoga olib kelish kerakmi yoki yo`qmi deb, doimiy munozara ichidalar. Aynan mana shu “ikkilanish” insonning dadil qadam tashlashiga to`g`anoq bo`lib kelmoqda.
Insoniyatning tabiat bilan hisoblashmasdan, faqat o`zining manfaati yo`lida qaror qabul qilishi tabiiy muhitning ahvoli salbiy tarafga o`zgarishga olib keldi. Sanoat va qurilishda tabiiy resurslardan samarasiz foydalanish, ularnig keskin kamayishiga olib keldi.
Ko`p hollarda amalga oshirilayotgan ishlar tabiatni muhofaza qilish foydasiga hal bo`lmayotganligini sezib turamiz. Shunu ta`kidlash joizki, ayrim korxona rahbarlari yuqori iqtisodiy ko`rsatkichlarga erishish maqsadida turli tadbirlarga o`ylamay – netmay qo`l urishadiki, pirovard natijada artof muhitaga yetkazilgan zarar ushbu iqtisodiy yutuqlar o`rnini qoplabgina qolmay, bundan o`z chandon ortib ketmoqda.
Bugungi kunda aksariyat odamlarda ekologik bilimlarning yetarli emasligi, ba`zilarda umuman yo`qligi bilinib qolmoqda. Ko`pchilik ekologik muommolar mavjudligidan habardor, ba`zilar kechiktirib bo`lmas qabul qilish kerakligini, atro – muhitni muhofaza qilish yo`lida tub burilish zarurligini talab qilishsa, boshqa toifadagi odamlar buning keragi yo`q deb o`ylashadi.
Joylardagi tadbirlarni amalga oshirayotgalarida ushbu tadbirning iqtisodiy samarasi bilan birga kelajak haqida ham bosh qotirishlari kerak.
President ta`biri bilan aytganda, muhofazalashda mahalliy hokimiyatlar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlarning bajarilishi harakatdagi birinchi rahbarga bog`liqdir. Joylardagi birinchi rahbarning atrof – muhitni muhofaza qilishga e`tibor qaratsa, aholi ham bu masalaga yuz o`giradi.
Sayyoramizni kelajak avlod uchun sof holda saqlab qolishimiz zarur ekanligini butun insoniyat e`tirof etmoqda. XXI asrda yangicha dunyoqarash va ekologik tafakkur shakllanmoqda. Hozirgi paytda tabiatdan oqilona foydalanish va atrof – muhitni muhofaza qilish sohasidagi barcha chora – tadbirlar atrof – muhtni muhofaza qilish va tabiiy resurslarda oqilona foydalanish bo`yicha davlat dasturi tashkil etilgan. Tabiatni muhofaza qilish borasidagi milliy tadbirlar boshqa davlatlar va halqaro tashkilotlar bilan keng va har tomonlama hamkorlik qilish ishi bilan qo`shib olib borilayortir.
Foydalanilgan adabiyotlar



  1. G`ulomov P. N. “Inson va tabiat” Toshkent, 1980

  2. Adullayev O, Toshmatov Z, “O`zbekiston ekologiyasi bugun va ertaga” Toshkent, 1992

  3. Shodimetov Yu. “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” Toshkent, 1994

  4. Rafiqov A. A. “Geoekologik muammolar” Toshkent, 1997

  5. Atrof – muhit haqida ma`lumot. Ma`ruzalar matni, Qarshi, 2000-yil

  6. Janubiy O`zbekiston tabiatini o`rganishning dolzarb muammolari Qarshi, 2002

Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling