Mavzu: O'zbekistonning ekologik muammolari Reja: O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi


Download 21.63 Kb.
bet1/3
Sana02.11.2023
Hajmi21.63 Kb.
#1739570
  1   2   3
Bog'liq
O\'zbekistonning ekologik muammolari


Mavzu: O'zbekistonning ekologik muammolari
Reja:


1.O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi
2. O`zbekistonda ekologik havfning vujudga kelishida suv zahiralarining ta`siri.
3 . O`zbekistonda havo qatlamining buzilishi va uning oqibatlari.

1.O`zbekistonda yerning tarkibining buzilishi va ekologik muammolarni vujudga kelishi

O`zbekistonda qishloq xo`jaligi sohasida aynan yerga bo`lgan munosabatlarda juda katta islohotlar o`tkazilmoqda. Shu jumladan ko`p yillar davomida yuqori va sifatli hosil olish maqsadida barcha yerlar dehqon – fermer xo`jaliklariga aylantirilmoqda. Darhaqiqat, har bir xo`jalik o`z hududi tuproqlari ekologiyasi haqida qayg`ursa, mamlakatimiz hududining ekologiyasi yaxshilanishini ta`minlaydi.


Tuproq ekologiyasi asosan me`yoridan ortiq kimyoviy pestisidlar hamda mineral o`g`itlar ishlatilishi natijasida buziladi. Oqibatda nafaqat tuproq, balki atrof – muhit, o`simliklar va hosil orqali insonlar ham zaharlanadi. Ma`lumki, o`simliklar azotli o`g`itlarning atigi 30% i, fosforli o`g`itlarning esa 40% ini o`zlashtiradi, xolos. Qolgan asosiy qismi esa tuproqni, yer osti suvlarini va ekinlardan olinadigan hosil orqali o`zimizni ham zaharlaydi. Jumladan yerlarni sug`orish va sho`r yuvish natijasida tuzlar bilan birga nitrat/ nitritlar ham yuvilib, zovur, kollektor, drepeklardagi har xil o`simliklar nitratlar ta`sirida barq urib o`sib, sizot suvi chiqib ketishiga to`sqinlik qiladi. Sizot suvi sathi ko`tarilishi natijasida esa tuproqlarda ikkilamchi sho`rlanish avj oladi. Ikkinchidan, Qorako`l tumani aholisi asosan quduqlardagi sizot suvlaridan iste`mol qilgani sababli suv tarkibidagi nitratlar insonni ham zaharlaydi. AQSh, Germaniya, Chexiya, Slavakiya va Rossiya olimlarining tadqiqotlari shuni ko`rsatadiki, nitrat/nitritlar oshqozon saratonini keltirib chiqaradi, asab va yurak qon tizimlari hamda embrionning rivojlanishiga salbiy ta`sir etadi.
Fosforli o`g`itlar me`yoridan ortiqcha ishlatilganda tuproqqa fosforlanish jarayoni avj oladi hamda o`g`it tarkibidagi qo`shimcha og`ir metallar ko`payishi o`simliklar hosili orqali insonlar sog`ligiga salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli biz mineral o`g`itlardan kamroq, uning o`rniga esa arzon va ekologik toza bo`lgan organic o`g`itlardan ko`proq foydalanishimiz maqsadga muofiqdir. Bu dala tajribalarida o`z tasdig`ini to`la topdi. Biz o`tkazgan dala tajribalariZarafshon daryosi del`tasidan ikki hududda, kamunum yangidan sug`oriladigan cho`lli – qumli va sur tusli qo`ng`ir tuproqlarda g`o`za, beda, bug`doy va makkajo`xori ekinlari bilan o`tkazildi.
Birinchi hudud buxoro viloyati Qorako`l tumani “Yangi hayot” fermer xo`jaligi dalalarida, ikkinchi hudud “Toshkent” shikat xo`jaligi dalalarida bo`lib, birinchi hududda makkajoxori va beda ekinlari ekildi. O`sha paytlarda qishloq xo`jaligida zaharli kimyoviy birikmalarning ko`p ishlatilishi oqibatida dehqonchilik maydonlarining ifloslanish darajasi haddan ziyod oshib ketdi. Zaharli pestisidlar oziq ovqat orqali odamlar organizmiga ham o`tdi. Binobarin, bug`doy zaharli preparatlar ishlatilganda tuproq tarkibida 15-20 yilgacha uning qoldiqlari saqlanib qolishi aniqlangan.
Mutaxassislarning ta`kidlashicha, tuproq tarkibining ifloslanishida sanoat korxonalarining ham “hissa” si sezilarli ekan. Buxoro viloyatidagi 32 ta korxonaning 77 manbaida turli zaharli changlar atrof muhitga tarqalmoqda. Andijon viloyatida 20, Surhondaryo viloyatida 27 korxona tarkibida uglevod oksidi, azot oksidi, ammiak, vodorod change bo`lgang`uborlar bilan muhitni ifloslantirayotganligi aniqlandi.
Ularga chang yutqichlarning yetarli quvvat bilan ishlamasligi yoki ko`pchilikning eskirganligi yohud faqat “xo`jako`rsin”ga o`rnatilganga o`xshaydi. Ohangaron shahrining janubiy tomoniga nazar solsangiz, osmondagi buralib o`ralayotgan tutun “yo`li”ga ko`zingiz tushadi. Bu sement korxonasi mo`rilaridan chiqayotgan garddir.



Download 21.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling