Mavzu: O’zbekistonning eng katta boyligi- bu xalqning ulkan intellectual va manaviy salohiyatidir
Download 44.17 Kb.
|
ma’naviyat
Mavzu: O’zbekistonning eng katta boyligi- bu xalqning ulkan intellectual va manaviy salohiyatidir. Reja:
II. Asosiy qism 1.Yoshlar ozbekistonning eng kattabboyligi bebaho xazinasi. 2.O'zbekistonning eng yangi tarixi. 3.Yangilanayotgan o'zbekistonda manaviy sohada amalga oshirilayotgan ishlar. III. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar. KIRISH
bo’lgan. Qayerda ma’naviy rivojlanish yuksak bo’lsa,ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar yo’lga qo’yilgan bo’lsa,shu yerda jamiyat ijtimoiy adolat mezoni asosida tez taraqqiy qilganligi tarixdan ma’lum.Hayotimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli islohatlar samaradorligi ,avvalo, xalq ma’naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning chuqur o’rganilishi,an’ana va urf-odatlarimizning saqlanishi, madaniyat va san’at,fan va ta’lim rivoji,eng muhimi,jamiyat tafakkurining o’zgarishi va yuksalishi bilan uzviy bog’liqdir. SHu boisdan ham,o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan,yon-atrofida sodir bo’- layotgan voqea-hodisalarga mustaqil yondasha oladigan,ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfatlari bilan uyg’un holda ko’radigan,har jihat1 dan barkamol insonlarni tarbiyalash vazifasi biz uchun muhim masalaga aylandi. Yana bir dolzarb vazifa –o’sib kelayotgan avlodga,uning ma’naviy tarbiyasiga ni hoyatda katta javobgarlik hissi bilan yondashish masalasi hisoblanadi. Nega deganda,yoshlar xalq ma’naviyat munosib egalaridir.Shuning uchun har bir o’g’il-qizimiz daslabki qadamlaridan boshlab madaniy boyliklarimizdan bahramand bo’lishi kerak.Mustaqil respublikamiz bugungi ma’naviy hayotida asrlarga teng sezilarli o’zgarishlar yuz bermoda.Milliy an’analarimiz va asriy qadriyatlarimiz tiklanmoqda,ularning hayotimizdagi o’rni yanada mustahkamlanmoqda.Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish rivojlanish ning o’ziga xos yo’lida borayotgan mamlakatimizning taraqqiyotini ustuvor yo’nalishlaridan bir ekanligi bugun yaqqol ko’rib turibmiz.Zero,fuqorolarni milliy istiqlol g’oyasi va mafkurasi ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning ro’li beqiyos ekanligi hammaga ma’lum.Mamlakatimizda xalqimiz ma’naviyatni tiklashda prezidentimiz Islom Karimovning ro’li katta hisoblanadi.Yurtboshimizning “O’zbekiston XX asr bo’sag’asida: Xavfsizlikka tahdid,barqaroqlik shartsharoitlari va taraqqiyot kafolatlari”,”Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori”,”Jamiyatimizning mafkurasi xalqni-xalq, Millatni-millat qilishga xizmat qilsin”,”Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va Buyuk kelajakka ishondir”,”Ma’naviy yuksalish yo’lida”,”O’zbekiston siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy istiqbolinining asosiy tamoyillari”,”O’zbekiston XXI asrga intilmoqda”,”Maktab taraqqiyot,ma’naviyat va saodat kalit”,”Tinchlik va xavfsizligimiz o’z kuchqudratimizga hamjihatligimizga va qat’iy irodamizga bog’liq”,”Inson uning huquq va erkinliklari oily qadriyat”,”Inson xotirasi-muqaddas,inson qadri 2 ulug’”va boshqa asarlarida zamonaviy milliy ma’naviyatimiz asoslari ishlab chiqilgan.Bu asarlarda milliy ma’naviy tiklanish va ma’naviyatni rivojlantirish g’oyalari asoslangan,ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berilgan.Yurtboshimiz Islom Karimovning”Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch”asarida yurtboshimiz ma’naviyat, odob-axloq haqida ko’plab fikr-muhohazalarni aytib o’tganlar.Ularning o’zaro bog’ligi,shax hayotida va faoliyatidagi o’rni haqida ta’kidlab o’tganlar va ko’plab misollar orqali izohlaydi.Islom Karimov ta’kidlaganidek, Ma’naviyat-insonni ruhan poklanish,qalban ulg’ayishga chorlaydigan,odamning ichki dunyosi,irodasini baqquvat,iymon-e’tiqodini butun qiladigan,vijdonini barcha qarashlarining mezzonadir,desak,menimcha,tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o’z tasdig’ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo’lamiz. Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhim masala hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar mamlakat salohiyatini tashkil qiladi. Mehnat bozorida yoshlarga munosib ish o‘rinlarini topib berish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, mazkur jarayonlar yakuniga yetib borayotgan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yanada salmoqli tus oldi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotini ta’minlash maqsadida “Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” shiori ostida 60 dan ziyod ish beruvchi tashkilot vakillari va talabalar uchrashuvi o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan “Karyera kuni” uchrashuvning o‘tkazilishi muntazamlik kasb etgan. Unda akademiyaning Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi), Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi), Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar, Informatika va axborot texnologiyalari bakalavriat bitiruvchilari; Tarix (Islom sivilizatsiyasi), Hadisshunoslik, Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar, Aqida, kalom ilmi va aqidaviy ta’limotlar, Turizm (ziyorat turizmini tashkil etish va boshqarish kabi magistratura yo‘nalishlarida bitiruvchi talabalar ishtirok etdi. Tadbirni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berdi. – Akademiyada yoshlarning o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi Muzaffar Komilov. – Bugungi tadbirda ham ko‘plab tashkilot va muassasa mutasaddilari o‘z ish o‘rinlari bilan qatnashyapti. O‘ylaymizki, o‘zaro yaqin hamkorligimiz bitiruvchi yoshlarning o‘z munosib ish o‘rinlarini egallashiga muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Zamonaviy bilim va tafakkur, sog‘lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan bellashishga tayyor navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani barchamizni quvontiradi. Ana shu quvonchning bardavomligi yo‘lida mas’uliyatni his etgan holda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratamiz. Zero, O‘zbekiston kelajagi — sog‘lom va barkamol avlod qo‘lidadir. Shundan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Ibrohim Inomov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi direktor o‘rinbosari Firdavs Xalimov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti direktor o‘rinbosari Surayyo Karimova, O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi direktori Liliya Gaynutdinova so‘zga chiqib, ish beruvchi tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy hamkorlik jamiyat taraqqiyoti uchun har jihatdan foydali bo‘lishini ta’kidlashdi. Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini 2021-2022-o‘quv yilida 341 nafar talaba bakalavrni, 91 nafar yigit-qiz esa magistratura bosqichini tamomlaydi. Akademiyada “Islomshunoslik”, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetlari, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti”, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA”, “Din psixologiyasi va pedagogika”, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi”, “Chet tillari”, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar”, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari”, “Islomshunoslik O'tmish, bugungi kun, kelajak – ajdodlar, zamondoshlar, yoshlar. Zamonlar va avlodlar o'rtasidagi o'zaro rishtalarni aynan shunday ketma-ketlikda ifodalash mumkin. O'zbekiston qadimdan o'zining boy tarixi, ajdodlarimizning bebaho merosi bilan nom qozongan bo'lsa, bugungi yoshlar ana shu merosni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, yanada boyitish, fidokorona mehnati va intilishlari bilan barcha sohalarda yurtimiz kuch-qudratini yuksaltirish yo'lidan bormoqda va buyuk kelajagimiz poydevorini qurmoqda. Zero, Vatanimizning ertangi kuni aynan yoshlarga bog'liq. Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlarini bilimli, yuksak salohiyatli, dunyo yoshlari bilan raqobatlasha oladigan avlodlar etib tarbiyalash masalasiga davlat rahbari sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan boshlab alohida eʻtibor qaratmoqda. Shu maqsadda qator farmon va qarorlar, qonunlar qabul qilinib, hayotga izchil joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbari taʻkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʻlim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, kelajak taqdirimiz bugungi yoshlarning qanday taʻlim-tarbiya olishlariga bog'liq. Men har gal yoshlarimiz bilan uchrashganimda sizlarning g‘ayrat-shijoatingizdan kuch-quvvat olaman, ko‘nglim tog‘day ko‘tariladi. Har biringiz jonajon Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish orzusi bilan yonib yashayotganingizni yaxshi bilaman. Sizlarni O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi sifatida qadrlayman.» Prezident Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston yoshlari forumidagi tabrik nutqidan.
O'zbekistonning eng yangi tarixi. XX asrning so‘nggi yillari va XXI asrning boshida O‘zbekiston tarixi uchun butunlay yangi sahifa ochildi. U tarixiy davr sifatida tub burilish hodisasini boshlab berdi. O‘zbekistonning sovet tizimi sharoitidagi oxirgi yillari va mustaqil taraqqiyot davri xalqimizning bir necha ming yillik tarixida o‘zining mazmuni, mohiyati, jarayonlarining tezkorligi, voqea-hodisalarning shiddatliligi bilan alohida ajralib turadi. Darslikda O‘zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o‘tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyatining shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, ma’naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olishi kabi masalalar mumkin qadar o‘z ifodasini topgan. Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga tanazzullar va inqirozlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari muhim ahamiyat kasb etdi. Ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega. Garchi mustaqillik davri tarixan qisqa bo‘lsada, mustabid tuzum asoratidan sovet tizimidan chiqib ketish, butun bir xalqning mustaqilligi va erkinligini ta’minlash kabi g‘oyatda ziddiyatli, tahdidli va tahlikali, ayni paytda sharafli jarayonni boshdan kechirdi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o‘tgan yo‘lining mazmun-mohiyati va xususiyatlarini ob’yektiv baholagan holda mustaqillik davrini quyidagi ikki bosqichga bo‘lib o‘rganish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 1) 1991–2016-yillar. Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yildi. Demokratik an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi, hamda fuqarolik jamiyati asoslari yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Shu davrdan asosiy vazifasi qilib kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga bosqichma-bosqich o‘tish vazifasi qo‘yildi. Natijada mamlakatning siyosiy va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi. 2010-yildan demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash jarayonini yanada chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi. Uning boshlanishi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan bog‘liqdir. Bu davr davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi, axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov qonunchiligini takomillashtirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 2) 2017-yildan keyingi yillar. Bu davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar davri hisoblanadi. Shuningdek, bu davrda jtimoiy-siyosiy hayotimizga yangi iboralar, xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulxona”, “tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”, “o‘z bolangni o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik”, “kitobxonlik ko‘nikmasi” singari tushunchalar kirib keldi va hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Yangilanayotgan o'zbekistonda manaviy sohada amalga oshirilayotgan ishlar. Avvalo shuni aytish kerakki, o'z yurtida ozod va erkin hayot, adolatli jamiyat barpo etishdek ulkan maqsadni o'z oldiga qo'ygan har qanday xalq, har qanday millat og'ir, mashaqqatli va murakkab taraqqiyot yo'lini bosib o'tadi. Kelajakka katta umid va ishonch bilan qarab, hamisha sabr-matonat bilan yashagan o'zbek xalqi ham 1991 yil 31 avgustda muqaddas orzusiga erishdi – jonajon Vatanimiz o'z davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi. Nasib etsa, yana sanoqli kunlardan keyin ana shu qutlug' sananing 30 yilligini ulkan shodiyona sifatida keng nishonlaymiz. Bu shonli bayram oldidan mamlakatimizda katta tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Joylarda keng ko'lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari shiddat bilan olib borilmoqda. Jumladan, poytaxtimizga tutash 100 gektardan ortiq ulkan hududda “Yangi O'zbekiston” bog'i hamda betakror Mustaqillik majmuasi jadal sur'atlar bilan bunyod etilmoqda. Nasib etsa, bu yil eng ulug', eng aziz bayramimizni mana shu yangi maydonda o'tkazamiz. Hech shubhasiz, istiqlol yillarida yurtimizda yangi davlat va jamiyat qurish yo'lida tarixiy ishlar amalga oshirildi, mard va olijanob xalqimizning bukilmas irodasi va ulkan salohiyati bilan katta marralar zabt etildi. Tarixan qisqa muddatda mamlakatimiz Konstitutsiyasi – Asosiy qonunimiz ishlab chiqildi va qabul qilindi. Vatanimiz suveren davlat sifatida jahon hamjamiyatidan munosib o'rin egalladi. O'zbekistonda zamonaviy davlatchilik asoslari yaratilib, konstitutsiyaviy tuzumga asos solindi. Davlat hokimiyatining uchta mustaqil tarmog'i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari qaror topdi. Tom ma'nodagi konstitutsiyaviy davlat barpo etildi. O'zbekiston Respublikasining suvereniteti va davlat mustaqilligini, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti hamda milliy manfaatlarimizni ishonchli himoya qilishga qodir bo'lgan Qurolli Kuchlar tashkil etildi. Milliy valyutamiz – so'm joriy etildi va oltin-valyuta zaxiralarimiz shakllantirildi. Qadimiy tariximiz, boy madaniy merosimiz, milliy-diniy qadriyatlarimiz, o'zligimiz tiklandi. Mana shunday unutilmas tarixiy jarayonlarda faol ishtirok etish nasib etganidan baxtiyorman. Mustaqil taraqqiyot borasida erishgan ulkan yutuqlar bilan birga, yo'limiz ayrim xato va kamchiliklardan ham xoli bo'lmaganini ochiq aytish lozim. Mustabid tuzumdan voz kechib, demokratik jamiyat barpo etishga qaratilgan jarayonlar, murakkab va tahlikali davrning o'zi turli muammo va vazifalarni oldimizga ko'ndalang qo'ydi. Ularni muvaffaqiyatli hal etish uchun bilim va tajribamiz, iroda va qat'iyatimiz ba'zan etsa, ba'zida etmagan holatlar ham bo'ldi. Shu bois mamlakatimiz taraqqiyotini yangi, yuksak bosqichga ko'tarish, buning uchun yangi islohotlarni amalga oshirish ob'ektiv zarurat, eng muhim strategik vazifaga aylandi. Darvoqe, “yangi” degan so'zning biz uchun alohida ahamiyati bor. Masalan, eng ko'hna bayramlarimizdan biri Navro'z – Yangi kun deb atalishini esga olaylik. Ushbu qadimiy bayram bilan bog'liq qadriyat va an'analar hayotimizga shu qadar singib ketganki, xalqimiz asrlar davomida, buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy aytganlaridek, “Har tuning qadr o'lubon, har kuning bo'lsin Navro'z!” degan ezgu tilaklar, pok niyatlar bilan yashab keladi. Yoki o'tgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, ya'ni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-ma'rifat va milliy o'zlikni anglash g'oyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu ulug' zotlarning maqsadi – jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilg'or kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yo'liga olib chiqishdan iborat edi. Jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usuldagi maktablar, teatr, kutubxona va muzeylar, gazeta va jurnallar, Turkiston farzandlarini chet ellarga o'qishga yuborish maqsadida tuzilgan xayriya jamiyatlari xalqimizni necha asrlik g'aflat uyqusidan uyg'otdi, milliy ozodlik harakati uchun beqiyos kuch berdi. Afsuski, yurtimizda bol`sheviklar diktaturasi o'rnatilgani, chor mustamlakachilik siyosati yangicha shaklda davom ettirilgani ma'rifatparvar bobolarimizga o'z maqsad-muddaolarini to'liq amalga oshirish imkonini bermadi. Lekin ularning ezgu orzu-niyatlari xalqimizning qon-qonida, tarixiy xotirasida saqlanib qoldi va hanuz yashamoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz. Shu ma'noda, bugungi kunda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan “Yangi O'zbekiston” g'oyasi zamirida ana shunday ulug' ajdodlarimiz, umuman olganda, milliy tariximizda Birinchi va Ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu-intilishlari va armonlari ham mujassam, desak, adashmagan bo'lamiz. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotidagi ma'naviy uyg'onish jarayonlari milliy o'zlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga ko'taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa “Renessans” – uyg'onish, qayta tiklanish, yuksalish deb atalishi barchamizga ayon. Ma'lumki, bugungi O'zbekiston zamini qadimda ikki buyuk uyg'onish davriga – Birinchi (ma'rifiy – IX-XII asrlar) va Ikkinchi (Temuriylar – XIV-XV asrlar) Renessansga beshik bo'lgan. Bu – jahon ilm-fanida o'z isbotini topgan va tan olingan tarixiy haqiqatdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yana bir muhim Uyg'onish jarayoni kechmoqda. Shuning uchun “Yangi O'zbekiston” va “Uchinchi Renessans” so'zlari hayotimizda o'zaro uyg'un va hamohang bo'lib yangramoqda, xalqimizni ulug' maqsadlar sari ruhlantirmoqda. Bugungi kunda O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib bormoqda. Aynan mana shu jarayon men uchun islohotlarimizning eng katta natijasidir. Chunki, maqsadning aniqligi – harakatlar samarasini ta'minlaydigan eng muhim mezondir. Agar biz bundan besh yil oldin qabul qilgan Harakatlar strategiyasining tub mazmun-mohiyatini muxtasar ifoda etadigan bo'lsak, ushbu noyob hujjatda o'z oldimizga Yangi O'zbekistonni barpo etish va Uchinchi Renessans poydevorini yaratishdek buyuk vazifalarni strategik maqsad qilib qo'ygan edik. Ta'kidlash kerakki, Yangi O'zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, sub'ektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega bo'lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy vaziyatning o'zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to'la javob beradigan ob'ektiv zaruratdir. Yangi O'zbekiston – demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va printsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir. O'tgan tarixan qisqa davrda islohotlar tufayli erishgan natijalarimiz haqida uzoq gapirmoqchi emasman. Bu mavzuda mamlakatimiz hamda chet el ommaviy axborot vositalari orqali nufuzli davlat va siyosat arboblari, ekspert va tahlilchilarning fikrlari muntazam e'lon qilib kelinmoqda. Bunday xolis baholar barchamizni quvontiradi. Ayni vaqtda shuni ta'kidlashni istardimki, biz bu demokratik o'zgarishlarni kimlargadir yoqish, maqtanish, turli reytinglarga kirish uchun emas, aksincha, demokratik jarayonlar o'zimizga suv bilan havodek zarur bo'lgani uchun, xalqimiz, avvalambor, yosh avlodimizning bugungi hayoti va ertangi istiqbolini o'ylab, milliy manfaatlarimiz yo'lida amalga oshirmoqdamiz. Biz – O'zbekiston fuqarolari jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi shiddat bilan o'zgarib, hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyat va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham ko'proq his etmoqdamiz. Ayniqsa, “inson huquq va erkinliklari”, “qonun ustuvorligi”, “ochiqlik va oshkoralik”, “so'z erkinligi”, “din va e'tiqod erkinligi”, “jamoatchilik nazorati”, “gender tenglik”, “xususiy mulk daxlsizligi”, “iqtisodiy faoliyat erkinligi” singari fundamental demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi vaqtda real voqelikka aylanib borayotgani e'tiborlidir. Bir haqiqatni ochiq tan olishimiz lozim: vaqt o'tishi bilan islohot jarayonlari tobora kengayib bormoqda, shiddatli zamon oldimizga yanada ulkan vazifalarni qo'ymoqda. Hayotning o'zi bizni ko'p narsaga o'rgatmoqda. Shu sababli biz doimiy izlanishdamiz. Izlanish bor joyda yutuqlar bilan birga kamchilik va nuqsonlar ham bo'lishi tabiiydir. eng asosiysi, “Harakatda – barakat” deganlaridek, biz eng qiyin bosqichdan o'tdik, ya'ni, yo'limizni aniq belgilab, katta ishlarni boshladik. endi hamma gap islohotlar yo'lini qat'iyat bilan davom ettirish va mantiqiy yakuniga etkazishda. Bu albatta oson emas, ammo biz bunga qodirmiz. Muhimi, keyingi yillarda bunday ulkan va murakkab vazifani amalga oshirish uchun etarli siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-institutsional zamin yaratildi.
Oʻzbekiston haqiqiy maʼnoda yoshlar mamlakati. Bu yurtda ulgʻayotgan yigʻit-qizlarning orzulari va oʻz oldiga qoʻygan maqsadlari bisyor. Davlat rahbarining tashabbusi va qoʻllab-quvvatlashi esa ularga bu maqsadlarni amalga oshirishda koʻmak beradi. Prezident Shavkat Mirziyovning: “Biz oʻz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulugʻ maqsadni qoʻygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulugʻbeklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, taʼlim va tarbiyani rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy gʻoyamizning asosiy ustunlari boʻlib xizmat qilishi lozim”, soʻzlari yoshlar uchun katta marralar sari yoʻl ochdi. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini samarali oʻtkazish, ularni ajdodlarimizning boy merosi bilan tanishtirish, ona vatanga muhabbat va iftixor tuygʻularini qaror toptirish maqsadida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti oʻqituvchilari Qudratullo Abduraimov va Dilnoza Xudoyberganovalar boshchiligida Beshkapa mahallasi yoshlari Gʻalaba bogʻida joylashgan Shon-sharaf muzeyida boʻlishdi. Yoshlar barcha davrlarda jamiyatning faol qatlami sifatida eʼtirof etib kelingan. Sharq Uygʻonish davrida ham, jadidlar faoliyatida ham, jamiyatning yangilanishida ularning oʻrni beqiyos boʻlgan. Shu jihatdan muntazam shakllanib boruvchi bu qatlam doimiy yoʻnaltirib va qoʻllab-quvvatlab turishni talab etadi. Yoshlar siyosati boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlarni tahlil eta turib davlat va yoshlarning uzviy bogʻliqligini koʻrishimiz mumkin. Har bir yoʻnalishda yoshlarning bandligini taʼminlash davom etmoqda. Yigit va qizlarning har tomonlama kamol topishlari, bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda. Bu esa ularning kelgusida vatan ravnaqiga hissa qoʻshuvchi avlod boʻlib yetishishlarida ahamiyatlidir. Yurtboshimizning yoshlarimiz, farzandlarimizning yonib turgan ko‘zlari, g‘ayrat-shijoati, bilimga intilishi, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmayman, degan harakatini yorug‘ kelajagimizning, ezgu maqsadlarimizga erishishning asosiy omili va garovi sifatida ko‘ramiz, degan so‘zlari barcha tengdoshlarim qatori menga ham alohida mas’uliyat yuklaydi, – deydi Navro‘za. – Shu bois imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelgusida yanada ulkan yutuqlarga erishishga va bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Bilimga chanqoq qiz 2012/2013 o‘quv yilida xorijiy tillar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Ilm-fanda erishgan yutuqlari, tashabbuskor va faolligi uchun 2013-yilda “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan. U ko‘plab xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda tarjimon sifatida ishtirok etib kelmoqda. N.Yahyoyeva turli sohalarga oid tashkilotlar faoliyatida qo‘llaniladigan atamalarning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga kirishgan, «Xalqaro tashkilotlarning terminologiyasi va tarjimadagi muammolari» mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Xulosa
tashabbusi bilan yurtimizda ma’naviyat va san’at sohalariga alohida etibor qaratildi. Xususan ma’naviyat sohasiga alohida etibor berildi.Chunki ma’naviyatsiz millat hech qachon taraqqiyotga erisha olmaydi.Prezidentimiz I.A.Karimovning “yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham shunga alohida to’xtalib o’tib shunday degan edi: “insoniyatning ko'p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo'ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o'ziga tobe qilib, bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo'lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig’ini uzoq va yaqin tarixdagi ko'p-ko'p misollarda yaqqol ko'rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma'naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o'sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.” Bugungi kunda O'zbekiston yoshlariga berilayotgan turli sohadagi imkoniyatlarni sanab adog'iga yetib bo'lmaydi. Prezidentimizning unib-o'sib kelayotgan yosh avlodga berayotgan cheksiz hurmat-ishonchiga munosib javob tariqasida bugun ular xalqaro reytingda yuqori o'rinlarni zabt etib turibdi,ularning ovozi xalqaro arenalarda baralla yangramoqda. Men yoshlar bilan ishlaydigan bo'g'inning bir a'zosi sifatida shuni ishonch bilan ayta olamanki, Vatanimiz yoshlari bugun hech kimdan kam emas. Ularning orzu-istaklarini amalga oshirishi uchun sharoit, yengib bo'lmaydigan yoshlik kuchi, shijoati va orqasida suyanch bo'ladigan vatani-O'zbekiston bor! O'tmish, bugungi kun, kelajak – ajdodlar, zamondoshlar, yoshlar. Zamonlar va avlodlar o'rtasidagi o'zaro rishtalarni aynan shunday ketma-ketlikda ifodalash mumkin. O'zbekiston qadimdan o'zining boy tarixi, ajdodlarimizning bebaho merosi bilan nom qozongan bo'lsa, bugungi yoshlar ana shu merosni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, yanada boyitish, fidokorona mehnati va intilishlari bilan barcha sohalarda yurtimiz kuch-qudratini yuksaltirish yo'lidan bormoqda va buyuk kelajagimiz poydevorini qurmoqda. Zero, Vatanimizning ertangi kuni aynan yoshlarga bog'liq. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 1. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch. T., “Ma'naviyat”, 2008. 2. Karimov I.A. Istialol va ma'naviyat. T., 1994. 3. Karimov I.A. Ma'naviy yuksalish yo'lida. T., 1998. 4. Karimov I.A. O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. 1-jild. T.-«O'zbekiston»-1996, 5. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. 2-jild. T.- «O'zbekiston»- 1996, 6. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. 3-jild. T.- «O'zbekiston» - 1996, 7. O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: havfsizlikka tahdid, barkarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari. 1997 y. 6-jild, 8. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T. «O'zbekiston», 2000. 9. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T.: O'zbekiston, 2003. 10. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. T., «O'zbekiston», 2000. Download 44.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling