Mavzu: O’zbekistonning milliy parklari xaritasidan turizmda foydalanish Reja: Kirish
Mamlakatimiz milliy parklari xaritasidan foydalanishni rivojlantirish chora tadbirlari
Download 3.63 Mb.
|
........................Kurs ishi..
4. Mamlakatimiz milliy parklari xaritasidan foydalanishni rivojlantirish chora tadbirlari
Milliy parklarning tarkibiy ta’riflari quyidagi tavsiflardan iborat: • Inson xo‘jalik faoliyati aralashmagan bir yoki bir necha ekologik tizimlardan iborat bo‘lgan tabiiy majmualar yig‘indisi; • O‘simliklar va hayvonot dunyosi bioxilma-xilligi o‘zining turli-tuman va alohida etnik xususiyatlarga egaligi alohida ilmiy-amaliy qiziqishga ekanligidan muhofaza qilinadi; • Mahalliy tabiiy landshaftlar faqat shu hududlarni egallagan bo‘lib o‘zining betakror chiroyiga ega; • Ekologik, geomorfologik va estetik belgilari uchun davlatning alohida muhofazasidagi hududlarga aylantirilgan; • Milliy parkka ilmiy tadqiqotlar va tabiatni o‘rganish maqsadlarida kirishga ruxsat beriladi; • Milliy parklardan (davlatlarning qarori bilan) dam olish va rekreatsiya, turizm maqsadlarida foydalanish mumkin. Dunyodagi davlatlar o‘zlarining milliy parklaridan har xil tartibda foydalanadilar. Shuning uchun ham dunyodagi milliy parklarning tashkiliy, iqtisodiy va geografik xususiyatlarini bilib olish zarur. Milliy parklar davlat va xususiy mulk egaligiga qarashli bo‘lishi ham mumkin. Bundan tashqari ba’zi davlatlarda milliy parklar xalqaro tashkilotlar ixtiyoriga ham beriladi. Hozirgi vaqtga kelib milliy parklarning asosiy qismi deyarli davlat mulkiga aylantirilgan. Milliy parklarning tashkil qilinishi. 1933-yil Londonda “Afrika flora va faunasini muhofaza qilish Konvensiyasi”ning milliy parklar bo‘yicha qabul qilgan qaroridan keyin davlatlarda milliy parklarni tashkil qilish birmuncha jonlandi. Ayniqsa, Afrika davlatlarida XX asrda ko‘plab milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari tashkil qilindi. Bu milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari hozirgi kungacha betakror tabiat muzeylari sifatida insoniyatga xizmat qilmoqda. Afrikadagi eng katta milliy parklar Zair davlatida tashkil qilingan; Salonga Upemba, Maiko,Virunga. Zairdagi Kafue milliy parkida dunyodagi karkidon va begemotlarning eng ko‘p sonlari saqlanadi va muhofaza qilinadi. Chilining “Xalqaro Pasxi oroli” milliy parkidagi afsonaviy tosh haykallar. 1949-yilda Zimbabveda Ywange milliy parki tashkil qilindi. Tanzaniyadagi Serengeti milliy parki hozirgacha jahondagi eng qiziqarli va mashhur parklardan hisoblanadi. Keniyaning markaziy qismidagi Aberdare, Kruger milliy parklarida Afrikaning 5 turdagi eng yirik yovvoyi hayvonlari muhofaza qilinadi. Yaponiya davlati milliy parklar yaratishga katta e’tibor beradigan davlatlar qatorida turadi. Bu davlatdagi eng mashhuri Fudziyama tog‘idagi – Fuji Hakone Izu milliy parkidir. Hindistonda ham ko‘plab milliy parklar jahonga mashhur, taniqli. Bularning eng mashhurlari Himolay tog‘larining old qismidagi – Corbet milliy parki hisoblanadi. Bu milliy parkda Hindiston yo‘lbarsi va qoplon (leopard) muhofaza qilinadi va ko‘paytiriladi. Shri Lankada fillar, qoplonlar va kam uchraydigan noyob qushlar muhofaza qilinadigan GaI Oua milliy parki BMT ro‘yxatida turadi. Avstraliya eng ko‘p milliy parklari bor davlatlardan hisoblanadi. Bu davlatdagi Gagadu milliy parkida jahondagi eng ko‘p timsohlar muhofaza qilinadi. Bu milliy parkda “Timsoh” mehmonxonasi jahonda timsoh shaklida qurilgan yagona mehmonxona hisoblanadi. Yangi Zelandiyada Tongario, Egmont, Fiord Land milliy parklari taniqli milliy parklardan hisoblanadi. Buyuk Britaniya ham milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalarini ko‘paytiruvchi davlatlardan hisoblanadi. Britaniyadagi eng yirik milliy park Britaniya orllaridagi Garingorn National Nature Reserve 26 ming ga maydonni egallaydi. Alp tog‘laridagi eng katta milliy parklardan hisoblanadigan Gran Paradiso Italiya davlatining tashabbusi bilan tashkil qilingan. Germaniyada 1969-yilda ikkita Berchtesgaden, Bavarian Forest milliy parklari o‘z faoliyatlarini boshladi. Germaniyada 80 ta milliy parklar, zaxiradagi milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari tashkil qilingan. Janubiy Amerikada milliy parklar tabiatni o‘z tabiiy holatida saqlash va muhofaza qilish uchun tashkil qilinadi. Shunday milliy park Charlz Darvin tadqiqot o‘tkazgan Galapagoss orollarida (Ekvodor davlati) noyob suv toshbaqalarini va suvda yashovchi turlarni saqlab qolish va muhofaza qilishni boshladi. Chilidagi mashhur va mo‘jizaviy Pasxi oroli xalqaro miqyosdagi milliy park deb e’lon qilindi. Argentinaning Nehuel Huapi milliy parki And tog‘lari ostonasidagi 800 ming ga maydonknni egallaydi. Venesueladagi Canaima milliy parkida eng baland sharshara joylashgan. Falls joylashgan. Milliy parklar va tabiat qo‘riqxonalari, alohida muhofaza qilinadigan hududlarning ko‘payishi ekoturizmning rivojlanishiga asos soladi. Hozirda dunyoda 1500 dan ziyod milliy parklar bor. Ularning eng yirik bo‘lgan 260 tasi BMTning ro‘yxatiga olingan33. Qayd qilingan ma’lumotlardan ma’lum bo‘ladiki, milliy parklar turli maqsadlarda tashkil qilingan. Shuning uchun ham, ekoturizmni rivojlantirishda bu milliy parklarning tashkiliy, iqtisodiy va geografik xususiyatlarini tahlil qilish talab qilinadi. Dunyoda milliy parklar tashkiliy va iqtisodiy jihatlaridan a) davlat mulki; b) xususiy va d) aralash (davlat va xususiy) mulk egaligida faoliyat ko‘rsatmoqdalar. Ba’zi davlatlar o‘z milliy parklarini xalqaro tashkilotlar ixtiyoriga berishadi va daromadning bir qismini olishadi. Hozirgi vaqtda ko‘plab davlatlardagi xususiy va aralash mulkdagi milliy parklarni egalari davlat mulki boshqaruviga berishmoqda. Ikkala holatning ham kelib chiqish sabablari milliy parklar muhofazasining qiyinlashib borishi hisoblanadi. Afrika mamlakatlarida, Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida, Yaqin Sharq va MDH davlatlarida, Lotin Amerikasida milliy parklarni davlat ixtiyoriga berish kuchaygan. Milliy parklarni davlatga sotish yoki to‘liq davlat ixtiyoriga berish Yevropa davlatlarida ham ustuvor yo‘nalishga ega (Germaniya, Irlandiya, Bolgariya, Ruminiya, Chexiya Respublikasi va Skandinaviya davlatlari). Shimoliy va Janubiy Amerika Davlatlarida, Polsha, Gretsiya (https://fayllar.org/gretsiya-biznes-qilish-020-sahifa-gretsiya-iqtisodiyot-profili.html), Turkiya, Pokiston, Nepal va Aljirda milliy parklar xususiy hamda davlat tasarrufida faoliyat ko‘rsatadi. G‘arbiy Yevropa davlatlarida, Fransiyada, Ispaniya va Buyuk Britaniyada, Paragvay, Urugvay, Ekvadorda milliy parklarning yarmi xususiy hisoblanadi. Janubiy Koreyada 40% milliy parklar xususiylashtirilgan. Milliy parklarning tashkiliy va boshqaruv xususiyatlari ham dunyo mamlakatlarida turlicha hisoblanadi. Milliy parklar dastlabki vaqtlarda tashkil qilinganda federal agentliklarga va departamentlar boshqaruvida bo‘lishgan. Rivojlangan, o‘tish davri iqtisodi rivojlanishidagi davlatlarda (90% davlatlar) milliy parklar boshqaruvi pastdan yuqoriga-vertikal tashkiliy boshqaruvida (Shvetsiya, Italiya, Niderlandiya, Yevropaning ko‘plab davlatlari). AQSH, Kanada, Fransiya (https://fayllar.org/fransiya-fransiya-france-fransiya-respublikasi.html), Avstraliya va JAR davlatlarida xususiy milliy parklar ko‘pligidan teng huquqli-gorizontal tashkiliy boshqaruv hukmron. Lekin, boshqaruvning barcha xilma-xilligi yoki milliy parklardagi turli mulkchilik shaklidan qat’i nazar milliy parklardagi tabiat muhofazasi albatta davlat organlari ixtiyorida hisoblanadi. Mamlakatimizda milliy parklar, tabiat qo‘riqxonalari, biosfera qo‘riqxonalari, tabiat buyurtmaxonalari va alohida muhofaza qilinadigan hududlarni tashkil qilish va boshqarish O‘zbekiston Respublikasi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish» davlat qo‘mitasi ixtiyoriga berilgan. So‘nggi yillarda milliy parklar puldor, tabiat muhofazasini quvvatlaydigan xalqaro tashkilotlar, tijoriy banklar, mashhur yozuvchilar, san’atkorlar va boshqalardan tushadigan mablag‘lar hisobidan ham faoliyat ko‘rsatishmoqda. Shuning uchun ham ekoturistik resurslari bor davlatlar barcha imkoniyatlarini ishga solib o‘zlarida ekoturizmni rivojlantirishga kirishganlar. Kanada milliy parklardan 240 mln. dollar, AQSH milliy parklardan yiliga o‘rtacha 370 mln dollar daromad olishmoqda. Eng muhimi, ekoturistik obekt qanchalik jozibador, betakror bo‘lmasin ushbu obekt ishlatilganda ekoturizm rivojlanadi. Dunyoda 1959-yilda 39 mamlakatda 200 ta milliy park, 1982-yilda 1000 ta va hozirda 1500 ta milliy parklar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jahon mamlakatlarida keskin rivojlanib borayotgan turizm iqtisodiyotda eng serdaromad soha hisoblanadi. Shuning uchun ham, O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masaladir. Bu masalaning dolzarbligi shundaki, turizm bozorining xalqaro rivoji o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib hozirgi kunda bu bozor munosabatlarini bilish, turizmni rivojlantirish muammolarini to‘g‘ri aniqlashni talab qiladi. Chunki, xalqaro turizmni bilmasdan dunyo turizmi hamjamiyatiga, hamkorligiga qo‘shilish va O‘zbekistonda turizmni xalqaro va mahalliy darajada rivojlantirib bo‘lmaydi. Xalqaro turizmni, shuningdek, milliy turizmni rivojlantirishning asoslaridan biri turistik marshrutlarni ishlab chiqish va bu marshrutlarga turistlarni jalb qilish hisoblanadi. Puxta, qiziqarli ishlangan turistik marshrut turistlarni ko‘plab jalb qiladi. Shuning uchun ham turistik marshrutlarni mukammal ishlab beraoladigan malakali mutaxassislarga talab juda katta bo‘lib bu kursni o‘qitish, o‘rgatish O‘zbekistonda turizmni rivojlantirishda eng dolzarb masala hisoblanadi. Jahon turizmidagi hozirgi taraqqiyot turistik xizmatlarni tobora takomillashtirishni talab qilmoqda. Turistlarga taklif qilinadigan turistik xizmatlar va turistik mahsulotlar imkon darajalarda tushunarli va yengil axborotlardan iborat bo‘lishi kerak. Buning uchun turistik marshrutlarni xaritalashtirish usulida ishlab chiqishni kuchaytirish lozim. Turizm marshrutlarini xaritalashtirish hozirgi jahon turizmida ustivor tendensiyalardan hisoblanadi. Xaritalashtirilgan turistik marshrutda marshrutdagi barcha obyektlar geografik belgilar bilan tasvirlangan bo‘lib turistlarda ko‘plab savollar kelib chiqishining oldini olishni ta’minlaydi. Xaritalashtirilgan turistik marshrutda turist uchun qiyinchiliksiz va erkin foydalanishi axborotlari keltiriladi. Turizm marshrutlarini geografik xaritalashtirish ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy obyektlarning joylanishi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va hodisalarga xos hududiy farqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki ularga xos hududiy kompleks qonuniyatlarini ham aniqlashga imkon beradi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling