Mavzu: O’zbekistonning milliy parklari xaritasidan turizmda foydalanish Reja: Kirish


UGOM-CHATQOL DAVLAT MILLIY TABIAT BOG'I


Download 3.63 Mb.
bet4/9
Sana17.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1782280
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
........................Kurs ishi..

UGOM-CHATQOL DAVLAT MILLIY TABIAT BOG'I
Ugom-Chatqol Davlat Milliy Tabiat bog'i 1990 yilda tashkil etilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 oktabrdagi 378-55-son qarori bilan Milliy bog' viloyat boshqarmasiga tenglashtirilib uning tizimiga Chatqol Davlat Biosfera qo'riqxonasi, Burchmullo va Ohangaron o'rmon xo'jaliklari kiritilgan bo'lib xo'jaliklar 1947 yildan beri faoliyat ko'rsatib kelmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22 iyundagi 262-sonli qaroriga asosan Ugom-Chatqol Davlat Milliy Tabiat bog'i va Chatqol Davlat Biosfera qo'riqxonasining nizom va Ohangaron va Burchmullo o'rmon xo'jaligi korxonalarining ustavlari tasdiqlandi.
Ugom-Chatqol Milliy Tabiat bog'ining maydoni 574600 gektarni tashkil etadi. Toshqent viloyatining- Bo'stonliq (455,8 ming ga), Parkent (42,1 ming ga) va Ohangaron (76.6 ming ga) tumanlarida joylashgan. Asosan tog', o'rmon, yaylov, suv akvotoriyalari, sug'oriladigan va lalmi erlardan iborat. U G'arbiy Tyan-Shan tog'li hududlarida dengiz satxidan 800-4000 metrdan ortiq balandliklarni o'z ichiga oladi. Marqaziy Osiyoda eng yiriq milliy bog'lardan hisoblanadi.
Milliy bog'ning ayrim tabiiy yodgorliklari va landshaftlari yaqin va uzoqdan tashrif buyuradigan sayyohlarni o'ziga jalb etadi, bunga tog' tabiat manzaralari, tog' ko'llari. sharsharalar, chiroyli gullaydigan o'simliklar, hayvonot dunyosi, suv omborlari, petrogliflar, tarixiy obidalar, archazorlar, qayinzorlar shular jumlasidandir.
Ugom-Chatqol DMTBning asosiy vazifalari rekreatsiyang ma'rifiy va ilmiy maqsadlarda foydalanish uchun tabiiy komplekslar va tarixiy va madaniy meroslarni saqlanishini ta'minlovchi rejimni saqlash, buzilgan tabiiy komplekslarni tiklash, ilmiy tadqiqotlar o'tkazish, tabiatni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanishga sohasida mutaxassislar tayyorlashga ko'maklashish, tabiiy komplekslarni, jonsiz tabiat yodgorliklari, suv ob'ektlarini, landshaftlar, o'simlik va hayvonot dunyosining etalon va nodir uchastkalarini saqlashdan iborat.
Milliy bog' hududida 1800 ga yaqin o'simlik dunyosi o'sib, undan 74 xili O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan, shu jumladan, 8 xil lola turlari, O'rta Osiyo noki. Pskom piyozi, Abolin astragali, Eremuruslar, Boshqizilsoy gerani, Minkvid teziumi, Yovvoyi sallagul va boshqalar.
Hayvonot dunyosi bo'yicha 230 ga yaqin turlari yashaydi, shundan 38 turi O'zbekiston va Xalqaro «Qizil kitob»lariga kiritilgan, shu jumladan: qor qoploni, oq tirnoqli Tyan-Shan qo'ng'ir ayig'i, Menzbira sururi, Turkiston silovsini, kichik taqaburun, lochinlar, kumay, Chatqol shaytonbalig'i, Turkiston laqqasi, kulja arvox kapalagi va boshqalar.
2016 – yilda, YuNESKO ushbu bog‘ni tarkibiga muhtasham Chotqol tog‘lari ham kiradigan Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilganligini e‘lon qildi. Bog‘ landshafti, asosan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘ tizmalaridan tashkil topadi. Muhtasham tog‘lar, ko‘plab daralar va jarlarni shakllantiradi ularning orasidan esa, Pskem, Chotqol, Ugam va Ko‘ksuv kabi tog‘ daryolari oqib o‘tadi.
Eng baland Adelunga cho‘qqisi – Pskem tog‘ tizmasiga tegishli bo‘lib uning shimoliy-sharqiy qismida, dengiz sathidan 4301 m. balandlikda joylashgan. Qarama-qarshi tomonda esa, dengiz sathidan 4299 m. balandlikda joylashgan yana bir cho‘qqi – Beshtor joylashgan. Ular birgalikda faqat eng tajribali alpinistlargina ko‘tarila oladigan ikkita buyuk tog‘ni hosil qilishadi.
Milliy bog‘ hududida, alohida muhofaza qilinadigan tabiiy ob’ekt sifatida qo‘riqlanadigan hudud mavjud. Ushbu park, o‘zining noyob tabiiy landshafti tufayli o‘simlik va hayvonot dunyosiga, chiroyli sharshara va ko‘llariga, toshloq yerlar va manzarali vodiylardan o‘tuvchi sayyohlik so‘qmoqlariga juda boy.
Bog‘da, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, o‘simlik va hayvonot dunyosining holati ustidan qat’iy nazorat olib boriladi. Har yili, Chotqol biosfera qo‘riqxonasining xodimlari, ilmiy ekspeditsiyalar va konferensiyalar o‘tkazishadi, shuningdek o‘rmon xo‘jaligi va tabiiy resurslarni saqlash borasida ham nazorat olib borishadi. Maxsus inspektorlar o‘simlik va hayvonlar, shu jumladan Qizil kitobga kiritilgan va yo‘qolib borayotgan turlarning sonini nazorat qilib borishadi.
Bog‘da, biosferik tabiiy ekotizimlar majmuasi va genofond, alohida muhofaza qilinadigan hududlar joylashgan. Parkda yashovchi hayonlar orasida, qor barsi, menzbir sug‘uri, tyan-shan qo‘ng‘ir ayig‘i, qora laylak va boshqa ko‘plab noyob hayvonlar bor. Tog‘ daryolari bo‘ylari va daralarning yon bag‘irlarida zich o‘rmon o‘simliklari va archazorlarni ko‘rish mumkin.
Tog‘ etaklarida yovvoyi chakalakzorlar bilan birga ekilgan mevali bog‘lar ham uchraydi. Do‘lana, zarang, bodom, olcha daraxtlari ko‘pincha butali o‘simliklar - zirk, na’matak, uchqat va boshqalar bilan aralashib ketadi. Shuningdek tog‘ etaklari, masalan G‘arbiy Tyan-Shan tog‘laridagi Oqsoqota tog‘larida yovvoyi olmazorlar va qayinzorlar ham uchraydi.
Bundan tashqari, bog‘ hududida arxeologik yodgorliklar ham mavjud. Masalan, Qorasov tog‘ida qoyalarga chizilgan qadimiy rasmlarini ko‘rish mumkin. Poltov, Obiraxmat, Xojikent, Qulbuloq, Pulutxon kabi ibtidoiy odamlar yashagan manzillar ham topilgan. Xarobalarda, qadimiy mehnat qurollari, idishlar, marosimli dafn joylari topilgan. Bunday yodgorliklar, hatto qirq ming yil oldin ham odamlar ushbu manzarali joylarda serhosil yaylovlar va buloq suvlaridan foydalanib yashashganliklarini ko‘rsatadi.
Har yili, parkga butun dunyodan ko‘plab dam oluvchi va sayyohlar tashrif buyurishadi. Chimyon, Bildirsoy, Xojikent va Parkent tog‘ etaklari, yilning istalgan davrida ham dam oluvchilar orasida juda mashhur. Bu joylarga tashrif buyurish uchun sizga maxsus ruxsatnoma shart emas. Yozda bu joylar o‘zining yam-yashil o‘simliklari, archa chakalakzorlari bilan, qishda esa sizni qishki ertak muhitiga sho‘ng‘ituvchi qorli tepaliklari bilan o‘ziga maftun etadi. Ko‘p sonli dam olish maskanlari, mehmonxonalar, sanatoriyalar, bolalar oromgohlari, shuningdek, turli xil dam olish maskanlari parkning eng chiroyli joylari, ya’ni Chorvoq suv omborining atrofi bo‘ylab, Kichik va Katta Chimyon tog‘ etaklarida, Bildirsoy tog‘ yonbag‘irlarida joylashgan. Bo‘stonliq tumanining, “Chimyon”, “Amirsoy”, “Bildirsoy” tog‘-chang‘i kurortlari, “Xumson”, “Tibet”, “Chortoq” sanatoriya va shifobaxsh kurortlari, shuningdek boshqa ko‘plab sayyohlik ob’ektlari barcha xohlovchilarni, ularning yoshidan qat’iy nazar Ugam-Chotqol milliy bog‘ining shifobaxsh tabiati kengliklarida sog‘liklarini tiklash va mustahkamlash uchun qabul qilishga tayyor.
Yurtimizda, shifobaxsh xususiyatlari bebaho, inson qo‘li tegmagan tabiatning ajoyib vodiylari mavjud. Sof tabiat har qanday shifokordan ham yaxshiroq davolaydi. Tog‘ buloqlari va zich archa o‘rmonlari, to‘qayzorlar va shaffof ko‘llarning qadri nimada? Bunday joylarni ko‘z qorachig‘idek asrash kerak, va bizning davlatimiz boshqa narsalar qatori Milliy bog‘lar va qo‘riqxonalar yaratish orqali xuddi shu ishlarni amalga oshirmoqda. Bunday parklardan biri - Zarafshon milliy tabiiy parkidir. U o‘zining beg‘ubor o‘rmonlari va tog‘ bo‘yidagi o‘simliklari, biologik xilma-xilligi va tabiiy sharoitlari bilan mashhur.
Park 1975 - yilda Samarqand viloyatining janubiy-sharqida, Zarafshon daryosining o‘ng qirg‘og‘i bo‘ylab tashkil etilgan. Uning maydoni ikki ming gektardan ortiq erni egallaydi.
Park hududi, tor chiziq kabi daryo bo‘ylab, 46 km. uzunlikda yoyilgan. Parkni tashkil etishdan asosiy maqsad noyob florani inson qo‘li tegmagan holda saqlab qolish edi. Hududining kichikligiga qaramay, bu erda to‘qaydan tashqari, tol, terak, yulg‘un, chakanda, qamish, qizilmiya, supurgi, jiyda va boshqa ko‘p mevali daraxtlar ham o‘sadi. Zarafshon qo‘riqxonasi – chakanda o‘simligi tog‘li hududda emas, tekislikda o‘sadigan yagona joydir.
Parkning hayvonot olami ham juda boy, u yerda 80 dan ortiq hasharotlar, 20 dan ortiq mollyuskalar, 240 dan ortiq umurtqali hayvonlar qayd etilgan. Dasht toshbaqasi, qumilon, botqoq qurbaqasi, o‘qilon u yerning doimiy yashovchilaridir. Bu erda qushlarning 207 turi va sutemizuvchilarning 24 turi, shu jumladan cho‘chqalar, tulkilar, qarsoq, ondatra, dasht mushuklari ham mavjud. 2000 yilda qo‘riqxona hududiga Buxoro kiyiklarini joylashtirishga harakat qilindi.
Zarafshon parki yilning istalgan vaqtida ham go‘zal. Bahorda u gullar ufori va mo‘l-ko‘l yashilliklar bilan to‘lgan, sentabr-oktabr oylarida o‘rmonlar kuz ranglariga botadi. Qishda, qor ostida terak bog‘lari va katta oq tollar kishiga ayniqsa zavq beradi.
Mamlakatimizning tabiati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi va bunga misol, Zarafshon parki - saqlanib qolgan noyob tabiiy majmua - katta yer hududi va suv havzasi.
Zarafshon bogʻi yetti hududga boʻlingan. Maʼlumotlarga koʻra, uchta hudud sayyohlarni qabul qiladigan maskan sifatida tanlab olingan. Ular uchun yayov yurish, mashinada aylanish, velosipedda sayr qilish, otda yurish marshrutlari boʻyicha xizmat koʻrsatiladi.
Bogʻning birinchi boʻlimi, yaʼni 4 kilometr qismi yayov yuradigan manzil. Marshrut kirish darvozasidan boshlab turangazor ichidan Zarafshon daryosigacha olib boradi. Shu jarayonda Buxoro bugʻulari va Zarafshon tillarang qirgʻovuli parvarishxonasi, koʻchatchilik tajriba maydonlariga borish mumkin. Mashina, velosiped va otda yurish yoʻllari boʻlim nozirlari hamrohligida boʻladi.
Tabiiy geografik xaritalar— tabiatda sodir bo‘ladigan voqea va hodisalar (tabiat komponentlari)ni alohida yoki ularning qonuniy uyg‘unligini (geografik joylashish holatini hamda ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishni) tasvirlovchi mavzuli xaritalar. Tabiiy hodisalar xaritalari deb ham yuritiladi.
Geologik, geofizik, geokimyo, geomorfologik, meteorologik va iklim, gidrologik (quruqlik suvlari), okeanologik (okean va dengiz suvlari), tuprok, geobotanik, zoogeografik va boshqa maxsus mavzuli xaritalar (masalan, dengiz va daryo navigatsiya xaritalari), shuningdek, landshaft xaritalari Tabiiy geografik xaritalarning asosiy tiplari hisoblanadi.
Tasvirlanayotgan hodisalarni ilmiy tadqiq etish usuli va mavzuini umumlashtirish darajasiga qarab analitik (masalan, iqlimning alohida elementlari), kompleks (sinoptik, topografik xaritalar) va sintetik (iqlimni rayonlashtirish xaritalari) Tabiiy geografik xaritalarga bo‘linadi.
Foydalanish maqsadlariga ko‘ra, o‘quv xaritalari, ilmiy ma’lumotnoma, targ‘ibot va tashviqot, operativ xo‘jaliklar, navigatsiya, kadastr, yo‘llar, turistik va boshqa xaritalarga, tasvirlanayotgan maydoniga ko‘ra dunyo, yarim sharlar, materiklar, okeanlar, aloxida davlatlar, respublikalar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xaritalariga bo‘linadi.
Aniq maqsadlar uchun ixtisoslashtirilgan xaritalar, masalan, tabiiy resurelardan oqilona foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, tabiiy geografik bashorat va h. k. xaritalar ham ishlanmoqda.
syomka (landshaft va boshqa) materiallaridan, shuningdek, aero va kosmik suratlardan keng foydalaniladi. Tabiiy obyektlarning shakli, o‘lchamlari, sifat va miqdor tavsiyalari hamda dinamikasini har taraflama aks ettirishda mavjud barcha xaritagrafik usullardan foydalaniladi.
1963 yilda O‘zbekistonning birinchi «Tabiiy geografik atlasi», 1982—85 yillarda 2 qismdan iborat «O‘zbekiston atlasi» ilmiy ma’lumotnoma nashr etilgan. 1994-2004 yillarda O‘zbekistonning 1:1000000 va 1:1500000 masshtabli devoriy tabiiy, ekologik, iklim va tabiatni muhofaza kilish xaritalari, 1:2000000 masshtabli O‘rta Osiyo va Qozog‘istonning tabiiy o‘quv xaritasi nashr etildi. Mayda masshtabli atlas xaritalari yangilandi.



O‘zbekiston Respublikasining tabiiy xaritasi

Tabiiy geografik xaritalar tuzishda dala kuzatishlari va maxsus makonning, hududlarning o‘lchamlari bo‘yicha geografik xaritalar-dunyo xaritasi, yarim sharlar xaritasi, materiklar xaritasi, okeanlar xaritasi, alohida hududlar xaritasi va davlatlarning xaritalariga bo‘linadi. Davlatlar ham o‘zlarining ma’muriy bo‘linishi xaritalarini ishlab chiqadilar.


Tasvirlanayotgan hududlarning yoki hududning o‘lchamlarini xaritaga tushirishda masshtab ishlatiladi. Masshtab o‘lchamlari bo‘yicha xaritalar quyidagicha nomlanadi:
1.Yirik masshtabli xaritalar- masshtab 1 dan 1:10000 to 1:200000 gacha.
2.O‘rta masshtabli xaritalar-masshtab 1 dan 1:200000 to 1:1000000 gacha.
3.Mayda masshtabli xaritalar 1 dan 1 000 000 va mayda.
Geografik atlas-bir maqsadga yo‘naltirilgan geografik xaritalarning to‘plami –geografik atlas deyiladi. Birinchi geografik atlasni Klavdiy Ptolomey(eramizdan oldingi-II asr) yaratgan.
Geografik globus-Yer sharining kichraytirilgan modeli. Geografik globusda yer sayoramizdagi materiklar, okeanlar, dengizlar va orollar geografik xaritaga nisbatan aniqroq, to‘g‘riroq holatda ko‘rsatiladi.
Manbalar bo‘yicha birinchi globusni eramizdan 150 yil oldin grek olimi Kratet Milskiy yasagan. U o‘zining globusida koordinatalarni chizib chiqgan va yerning sharsimonligi haqida yozuvlar qoldirgan. Uning bu xulosasini eramizdan oldingi III asrda isbotlangan edi. Lekin globus hali ixtiro qilinmagan edi.



O‘zbekiston Respublikasining siyosiy xaritasi

O‘zbekistonda chorvachilik keng tarqalgan


rayonlar xaritasi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy universitetida H.H.Hasanov nomidagi
o‘quv-metodika xonasiga o‘rnatilgan ulkan, «H.H.Hasanov globusi»
bilan mashg‘ulot o‘tilmoqda.
Birinchi geografik globuslarni islom olamining olimlari ham yasashgan. Buxorolik astronom Jamol ad-Din 1267 yilda Pekin xoni Xubilayga xon Xulaguning sovg‘asi-globusni topshiradi. Turkiyalik Takiyuddin ash-Shami 1574 yilda o‘zining Istambuldagi Rasadxonasi uchun hozirgi globusga yaqin bo‘lgan globusni yasaydi.Hozirgacha yaxshi saqlangan va ancha aniqliklar bo‘lgan globus 1493-1494 yillarda Martin Bexaym globusi hisoblanadi. Insoniyatning buyuk olimi, vatandoshimiz Aburayhon al-Beruniy shimoliy yarim sharlar globusini yasagan.
Geografiya, topografiya xaritalari va joylarning planini olish xaritalarining barchasida birinchi navbatda masshtab va ikkinchi navbatda shartli belgilar qo‘yiladi. Masshtab va shartli belgilarsiz xaritalarni o‘qish va o‘rganishning iloji bo‘lmaydi. Xaritalarning shartli belgilari yoki xaritalar bilan bog‘liq izohlar umumiy tilda legenda deyiladi(..Rasm).
Orol dengizi suv sathining dastlabki holati, qirg‘oqlari, yillar davomida pasayib borishi va hozirgi holatlari legenda usulida berilgan.
Barcha xaritalarning legendasini o‘qish uchun geografik xaritashunoslik fanini mukammal o‘zlashtirish zarur. Ayniqsa, turizm ta’limidagi talabalar uchun bu talab juda muhim. Hozirgi zamonaviy turizm taraqqiyotida xaritalarni o‘qishni, xaritalar bilan ishlashni bilmaydigan turoperatorlar muvaffaqiyat bilan ishlay olmaydi. Shu o‘rinda xalqaro turizmdagi “turoperatorlari kuchli bo‘lgan mamlakatda turizm rivojlanadi” degan shiorni eslatish mulohazalarimizning mazmuni bo‘ladi deb hisoblaymiz.

....Rasm. Xaritada berilgan izohlar va rasmlar xaritaning


legendasi deyiladi.







.....Rasmlar.


Oliy ta’limda turizm operatorlarini tayyorlashda turizm marshrutlarini ishlab chiqish geografiya va topografiya xaritalarini o‘rganishdan boshlanishi lozim. Chunki, turizm marshrutlari ayniqsa ekoturizm, rekreatsiya va qishloq turizmi marshrutlari asosan tabiat mintaqalarida amalga oshiriladi. Shu sababli bo‘lg‘usi turoperatorlar ushbu o‘rganilayotgan fanning asosiy qismini tabiatning har xil ekologik tizimlarida o‘tkazishi maqsadli bo‘ladi(.....Rasmlar).
Turoperatorlarning tabiat bag‘ridagi amaliyot mashg‘ulotlari geograflar, botaniklar va ornitolog mutaxassislar rahbarligida amalga oshirilishi kerak. Chunki turizm operatorlari turistlarning (ayniqsa xalqaro turistlarning tabiatdagi (flora va fauna) o‘simliklar, qushlar va boshqa yovvoyi hayvonlarning har birining mahalliy va xalqaro nomini(lotinda) aytib, talab qilinganda ularning o‘sish va yashash sharoitlarini, biologiyasini aytib, tushuntirib berishlari kerak.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling