Mavzu: O’zbekistonning milliy parklari xaritasidan turizmda foydalanish Reja: Kirish


Download 3.63 Mb.
bet8/9
Sana17.11.2023
Hajmi3.63 Mb.
#1782280
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
........................Kurs ishi..

Xulosa va takliflar
Turizm resurslarini xaritalashtirish murakkab hisob-kitoblar va qiyin jarayonlarni talab qilmasada, to hozirgacha O‘zbekistonning turizm resurslarining xaritalari ishlab chiqilmagan. Vatanimizning turizm resurslari yozma ravishda ro‘yxatga olingan. Bu holatning asosiy sabablaridan biri ichki turizmda ham xalqaro turizmda ham turizm bozori talab qiladigan turistik mahsulotlarni o‘rganmaganligimiz yoki bu talabni bajaraolmayotganligimiz hisoblanadi.
Ikkinchidan,turizm resurslarini xaritalashtirishda tajribalarimiz ham bilimlarimiz ham yetarli emas.
Uchinchidan, turizm sohasiga oliy toifadagi mutaxassislar tayyorlayotgan universitetlar va institutlarning birortasida ham xaritalashtirish labaratoriyalari tashkil qilingan emas. Shuning uchun ham, turizm ta’limining barcha yo‘nalishlarida to hozirgi kungacha ixtisoslik fanlarining barchasi xaritalarsiz, og‘zaki holatlarda o‘tilmoqda.
To‘rtinchidan, ichki va turizmda aynan qaysi turizm resurslariga talablar mavjud?. Bu savolga javob berish uchun mukammal marketing tadqiqotlari amalga oshirilishi lozim.
Hozirgi “Axborot zamonasida” biror bir axborotni olish uchun ko‘plab varaqlarni titkilash, o‘qish uchun vaqt tang bo‘lib bormoqda. Xarita esa bir yoki ikki betdan iborat bo‘lib izlanayotgan barcha ma’lumotlarni o‘zida jam qilganligi bilan foydalanish juda qulay va ishonchli manbaa hisoblanadi. Masalan, qandaydir ziyoratgoh yoki tarixiy obidaning makoni haqidagi axborot ham ancha yozuvlar talab qilinadi. Xaritada esa shartli belgilar orqali bu makonni osonlik bilan topish mumkin.
Beshinchidan, O‘zbekistonning milliy turizmi rayonlashtirilgan emas. Agar rayonlashtirilganda, albatda ushbu rayonlardagi turizm resurslarining xaritalari tayyorlangan bo‘lar edi.
Oltinchidan, turizm ta’limi o‘qitilayotgan universitetlar va institutlarda “Turizm geografiyasi” fani qo‘yilmagan. Bu fan turizm markazlarini, turizm hududlari va rayonlarini tashkil qilishni o‘rgatadi. Bu yo‘nalishda usullar va uslubiyatlar ham ishlab chiqilgan. Bu fan albatda turizm ta’lim tizimiga kiritilishi kerak.
Keltirilgan sabablardan xulosa qilish mumkinki, hozirda biz vatanimizdagi turizm resurslarini xaritalashning dastlabki dasturlarini tayyorlashimiz lozim bo‘ladi. Bizningcha, O‘zbekistonda turizm resurslarini xaritalashtirishni quyidagi 3 yo‘nalishda amalga oshirish maqsadli deb hisoblaymiz:
1.O‘zbekistonning turizm resurslarini ichki turizm uchun xaritalashtirish.
2.O‘zbekistonning turizm resurslarini xalqaro turizm uchun xaritalashtirish.
3.O‘zbekistonning turizm resurslarini turizmning turlari bo‘yicha xaritalashtirish.
Xulosa qilib aytganda, milliy parklar ekologik va estetik belgilari uchun davkatning alohida muhofaza qilinadigan hududlariga aylantirilgan hamda milliy parklarga davlatlarning qarori bilan dam olish, rekreatsiya, turizm maqsadlarida foydalanish mumkin. Men bu kur ishida O’zbekistonning milliy parklari haqida o’rganib, ularni xaritalashtirish va ruxsat etilgan hududlarga turistik marshrut ishlab chiqishni o’rganishga e’tibor qaratdim. Demak, xaritalashtirish ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy obyektlarning joylanishi, ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va hodisalarga xos hududiy farqlarni aks ettiribgina qolmasdan, balki ularga xos hududiy kompleks qonuniyatlarini ham aniqlashga imkon beradi. Shunday qilib milliy parklardan samarali foydalanish, bog’ tashkil qilish maqsadini va uni turizmda takomillashtirishni reja qilish muhim vazifalardan hisoblanadi
Kurs ishini yozish vaqtida O’zbekistonning milliy parklarini xaritalashtirishdan va turistlarga bio xilma-xillikni ko’rsatish va milliy parklarning samaradorligini oshirish bo‘yicha quyidagilar hulosa qilinadi:
•mamlakatizimdagi mavjud milliy parklardan ekskursiya xizmati ko’rsatishda keng foydalanish;
•xalqaro turistlarni ham milliy parklarga tuzilgan marshrutlar bilan tanishtirib mamlakatimiz flora va faunasini yoritish;
•milliy parklarga jamoaviy ekskursiya tadbirlarini o’tkazish;
Kurs ishini yozish paytida yangi xizmatlarini tashkil qilish bo‘yicha quyidagilar tavsiya qilinadi:
•ekoturizmni rivojlantirish orqali turistlarning tur kunlarini uzaytirish;
•tabiati so’lim va xavfsiz joylarda sanatoriy va mehmonxonalar qurish;
•Yangi turistik marshurtlar ustida ishlash;
•Mavjud ko’llar atrofida yangi turistik majmualarni yaratish;
•Kerak bo’lsa turistlar uchun gid yollash;
Umuman olganda turizmning rivojlanishi orqali mamlakatimizga tashrif buyuradigan turistlar va ichki turistlar sonining oshishiga, turistlarni mamlakatimiz flora va faunasi bilan yaqindan tanishishiga erishishimiz mumkin.

Download 3.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling