Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli
Download 26.09 Kb.
|
mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijt
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. XX asr 80-yillari ikkinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida inqirozning kuchayishi.
Mavzu. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi arafasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli Reja: 1. XX asr 80-yillari ikkinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida inqirozning kuchayishi. 2. “Paxta ishi” - uning respublikadagi siyosiy va ma’naviy holatga ta’siri. Aholi yashash darajasining keskin pasayishi. 3. Orol fojiasi. 4. Farg‘ona voqealari. 5. Respublikada aholining ijtimoiy va siyosiy faolligining kuchayishi, milliy manfaatlar ustuvorligining o‘sib borishi, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning paydo bo‘lishi, jamiyatni siyosiy demokratizatsiyalash jarayonining kuchaytirishi, I.Karimov – O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti. 6. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamiyati. 7. 1991 yil avgust voqealari. GKChP. Sovet davlatining tanazzulga yuz tutishi. 1. XX asr 80-yillari ikkinchi yarmida O‘zbekiston iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida inqirozning kuchayishi. 80-yillarning o‘rtalariga kelib qatag‘onlik va qonundan chekinishlar yana bo‘y ko‘rsata boshladi. Galdagi qatag‘onlik to‘lqiniga nafaqat ijod ahli, balki xo‘jalik xodimlari va davlat arboblari ham tortildi.O‘zbekistonning milliy ziyolilari hech qachon, hattoki mustabid tuzumning «gullab-yashnagan» davrida ham o‘zbek xalqining milliy mustaqilligi g‘oyalaridan voz kechmadilar. Ochiq kurash imkoni bo‘lmaganda ham milliy mustaqillikni qo‘lga kiritish uchun zimdan kurash olib bordilar.O‘zbekistonda qonunchilik va huquqiy tartiblarni tiklash, partiya davlat organlarini kadrlar bilan mustahkamlash degan niqoblar bilan Markazdan katta vakolatga ega bo‘lgan mas’ul xodimlarning «desant» guruhlari kela boshladi. Ularga partiya, sovet va sud organlaridan muhim ahamiyatga еga bo‘lgan lavozimlar berildi. Uydirma, to‘qib chiqarilgan «paxta ishi» va «o‘zbeklar ishi» deb ishlarga siyosiy tus berildi. Oqibatda go‘yoki butun O‘zbekiston jinoyatchilar makoniga aylanib qolgandek tasavvur uyg‘otishga harakat qilindi. Ittifoqning Gdlyan va Ivanov boshliq komissarlar guruhi respublikadagi turli sohalarda ishlayotgan bir necha minglab rahbar xodimlarni tergov jarayoniga tortdilar.Ularga poraxo‘rlik, ko‘zbo‘yamachilik va jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridagi aybnomalar qo‘yildi. Mahbuslarni «o‘z aybiga iqror qilish» uchun jismoniy zo‘ravonliklar, ruhiy azoblar qo‘llanildi. O‘zbekiston Kompartiyasi MK ning sobiq birinchi kotibi Sh.R. Rashidov nomiga ham nohaq tuhmatlar qilindi, o‘zbek xalqining milliy g‘ururi toptaldi. Ommaviy qamoqqa olishlar avj oldi, qiynoqlarga ko‘plab halol, sof vijdonli kishilar ham tortildi. Qo‘shib yozishlar, ko‘zbo‘yamachilik va poraxo‘rlik kabi illatlar sotsialistik jamiyatda tabiiy holat bo‘lib, o‘sha paytdagi barcha respublikalarda mavjud hodisa еdi. O‘zbekistonga nisbatan «paxta ishi» oldindan, maxsus tayyorlangan uzoqni mo‘ljallab tashkil qilingan siyosiy fitnadan boshqa hech narsa еmasdi.O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka еrishgandan so‘ng «paxta ishi» qayta ko‘rib chiqildi va minglab begunoh kishilar oqlandilar. O‘z navbatida O‘zbekistonning mohir, taniqli davlat va jamoat arbobi Sh.R. Rashidovning pok nomi tiklandi. Shuningdek, mehnatkash o‘zbek xalqining yuzi yorug‘ еkanligi asoslandi.O‘zbekiston birinchi Prezidenti I.A. Karimovning tashabbusi bilan 2000 yil 12 mayda Toshkent shahrida Yunusobod mavzesida mustabid sovet rejimi davrida qatag‘on qilingan shahidlar xotirasiga bag‘ishlab o‘rnatilgan yodgorlik majmuining ochilishi bugungi minnatdor avlodning ajdodlarimiz oldidagi chuqur ehtiromi ramzidir. Download 26.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling