Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li. Reja


Download 246.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana16.03.2023
Hajmi246.28 Kb.
#1278191
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4 mavzu maruza



Mavzu: O‘zbekistonning o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘li
Reja 
1. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot yo’li. ,,O‘zbek modeli” va uning o‘ziga xos 
xususiyatlari. 
2. Siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy sohadagi ustuvor yo'nalishlar. 
3. O‘zbekiston — bozor munosabatlariga o'tishning o‘ziga xos yo'li. 
4. Yangi Konstitutsiyaning qabul qilinishi va uning tarixiy ahamiyati. Davlat 
ramzlari. 
Tayanch iboralar 
Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”, milliy taraqqiyot, O‘zbekiston bozor 
munosabatlariga o’tishning o‘ziga xos yo’li, O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi, davlat bayrog’i, davlat gerbi,davlat madhiyasi. 
1. Mustaqillikning qo'lga kiritilishi bilan Vatanimiz hayotida tarixiy burilish 
sodir bo'ldi. Endi O‘zbekiston oldida boshqa davlatning qosh-qovog'iga 
qaramasdan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy taraqqiyot masalalarini 
milliy manfaatlarga mos ravishda mustaqil hal qilish, jamiyatni yangilash, 
demokratik davlat qurish yo'llarini ishlab chiqish kabi dolzarb va mas'uliyatli 
vazifalar turardi. 
Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq O‘zbekiston qanday taraqqiyot yo'lidan 
boradi, qanday jamiyat, qanday davlat quradi, uning qiyofasi qanday bo'ladi, degan 
savollar ko'ndalang turardi. 
Birinchi prezidentimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridayoq eski 
tuzum o‘z o'rnini osonlikcha bermasligini, uning zaharli mafkurasi odamlar ongini 
tez va yengil o‘z iskanjasidan chiqarmas-ligini ta'kidlagan edi. Eng muhimi, yangi 
ijtimoiy munosabatlarning zarur asosini, zaminini, poydevorini qurib olish uchun 
ma'lum vaqt, jamiyatni isloh qilish va yangilash jarayonini boshqaradigan va 
ta'minlaydigan, yangicha fikrlaydigan odamlarni tayyorlash-tarbiyalash kerak edi. 
“Farovon turmushga erishishning ham albatta o‘z tosh-tarozisi bor. 
Boshqacha aytganda, odamzod bir narsaga erishmoq uchun ma'lum vaqt huzur-
halovatdan voz kechishiga ham to'g'ri keladi”. 

Download 246.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling