Mavzu: O’zbekistonning pul-kredit siyosati kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi
Download 88.74 Kb.
|
javohir
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Pul muomalasi iqtisodiyotning eng qiziqarli, munozarali mavzularidan. Pul iqtisodiy hayotni yengillashtiruvchi oddiy vosita emas, balki o’zida iqtisodiyotni qamrab olgan daromad va xarajatlarni doiraviy aylanishini amalga oshiruvchi mexanizm sifatida yuzaga chiqadi.
Pul, pul aylanishi, pul tizimi iqtisodiyotning eng asosiy markaziy muammolaridan biri, ya’ni “qon tomiri” hisoblanadi. Pul tizimining to’g’ri faolyati daromad va xarajatlarning doiraviy aylanishiga hayotiy kuch beradi. Yaxshi ishlayotgan pul tizimi ishlab chiqarish quvvatlari va bandlikdan to’liq foydalanish imkonini beradi. Aksincha, yomon ishlayotgan pul tizimi iqtisodiyotdagi inqirozlarga, ya’ni, ishsizlik, inflatsiya va shuningdek, boshqa salbiy oqibatlarga olib keladi. Har bir mamlakat o’zining puliga egadir. Chunonchi, dollar, funt sterling bir necha mamlakatlarning puli bo’lib xizmat qiladi. Lekin ularnng qiymati bir xil emas. AQSH, Kanada, Avstraliya dollarining qiymat miqdori farqlanadi. Shuningdek, O’zbekiston va Qirg’iziston so’mlari ham bir xil emas. Pul bu birliklari paydo bo’lganda ma’lum miqdordagi qadr-qiymat asos qilib belgilangan. Milliy pullarning qadrliligi, boshqa pullarga nisbatan qiyosiy miqdori doimo o’zgarib turadi. Chunki, bu iqtisodiyotdagi ko’p tomonlar, hatto siyosiy o’zgarishlar, mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar kabi ta’sirlar natijasidir. O’zbekistonning o’z milliy puliga ega bo’lishi davlat mustaqilligi, uning mustahkam iqtisodiyotini yaratishda katta o’rin egallaydi. Milliy pulimiz bo’lgan so’mning qadrini oshirib borish, uning iqtisodiy ta’sirini kuchaytirishga erishish va boshqa mamlakatlar puliga tenglashtirish darajasini ta’minlash juda zarur va muhim vazifadir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5177-sonli Farmoni2 bilan valyuta bozorini liberallashtirish jarayonlarida davlat iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga yo‘naltirilgan qat’iy monetar siyosat olib borish belgilangan bo‘lib, bunda uning instrumentlaridan faol va moslashtirgan holda foydalanishni nazarda tutish, davlatning qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, ochiq bozorda operatsiyalarni amalga oshirish amaliyotini hamda davlat qimmatli qog‘ozlarini garovga qo‘yish bilan banklarning likvidligini oshirish bo‘yicha operatsiyalarning joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin. Oʻrta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosatining muhim vazifalari sifatida inflyatsiya darajasini pasaytirish va inflyatsion targetlash rejimiga oʻtish uchun asos yaratish, shu jumladan pul-kredit siyosati instrumentlari va transmission mexanizmlarini rivojlantirish kabi vazifalar belgilab olindi.
Download 88.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling