Mavzu: O’zbekistonning pul-kredit siyosati kirish


Download 88.74 Kb.
bet7/10
Sana02.01.2022
Hajmi88.74 Kb.
#193762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
javohir

Markaziy bank – mamlakatning pul belgilarini emissiya qilish (pul bosib chiqarish) va tijorat banklari faoliyatini nazorat qilish huquqi berilgan bosh davlat banki. Markaziy bank "banklarning banki" boʻlib, pul muomalasini tartibga solishda va byudjetni boshqarishda davlatga va hukumatga yordam beradigan organ hisoblanadi. Pul emissiyasini amalga oshirish, davlatning oltin-valyuta zaxiralarini saqlash, bank tizimini kreditlash, hukumat va tijorat banklarining hisoblarini olib borish, pul muomalasini tartibga solish, kredit muassasalarini nazorat qilish Markaziy bankning asosiy vazifasiga kiradi. Buyuk Britaniyada Angliya banki, AQSh Federal zaxira banki, Germaniyada  Bundesbank, Yaponiya banki jahondagi eng yirik markaziy banklar qatorida turadi16.

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki — Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan „Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida“ qonuniga muvofiq, mamlakatning Davlat banki sifatida tashkil etilib, 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi. Markaziy bankning faoliyati asoslari „Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida“gi qonunida (1995-yil 21-dekabr) belgilab berilgan. Markaziy bank oʻz sarf-harajatlarini oʻzining daromadlari hisobidan amalga oshiradigan, iqtisodiy jihatdan mustaqil yuridik shaxs boʻlib, davlatning mutlaq mulki hisoblanadi. Markaziy bankning asosiy vazifalari milliy valyutaning barqarorligini taʼminlash, monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish, respublikada hisob-kitobning samarali tizimini tashkil etish va taʼminlash, banklar faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish. Oʻzbekiston Respublikasining rasmiy oltin-valyuta zaxiralarini, shu jumladan, kelishuv boʻyicha hukumat rezervlarini saqlash va boshqarish, davlat byudjetining kassa ijrosini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil etishdan iboratdir. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki ishiga uning oliy organi — Markaziy bank Raisi, uning oʻrinbosarlari va asosiy boʻlinmalar rahbarlaridan iborat Boshqaruv rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisob beradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilishda mustaqil boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi majburiy boʻlgan normativ hujjatlar chiqaradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki yagona markazlashtirilgan boshqaruv tizimi boʻlib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida va Toshkent shahrida bosh boshqarmalarga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzurida alohida yuridik shaxs boʻlgan Axborotlashtirish Bosh markazi, Respublika Inkassatsiya birlashmasi, Davlat belgisi ishlab chiqarish birlashmasi, Respublika valyuta birjasi, bir necha ilmiy tadqiqot muassasalari va oʻquv yurtlari faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish davlat organidir. U oʻzining balans hisobvaraqlarida oltin va boshqa qimmatbaho metallarni, naqd chet el valyutasini, chet el banklarida, xalqaro moliya tashkilotlarida hisob-varaqalar va depozitlarda boʻlgan chet el valyutasidagi qimmatbaho qogozlarni oʻz ichiga olgan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro rezervlarini shakllantiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston hududida qonuniy toʻlov vositasi sifatida banknotlar va tangalar koʻrinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqarishda mutlaq huquqqa ega boʻlib, naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari va qoidalarini, shuningdek, kassa operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (xazina vakili) sifatida ish tutadi, bank tizimi barqarorligini saqlab turish, omonatchilar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilinishini taʼminlash maqsadida banklarni litsenziyalaydi, faoliyatini nazorat qiladi, kredit uyushmalari hamda lombardlarning faoliyatini tartibga soladi, ularga oʻz faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar beradi17.

O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonunda Markaziy bank monetar siyosatining strategik maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash ekanligi e’tirof etilgan18. Ammo, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 9-yanvardagi PF-5296-sonli “O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonida O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatining strategik maqsadlari qilib, quyidagilar belgilandi:

– narxlar barqarorligini ta’minlash;

– bank tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash;

– to’lov tizimi barqarorligi va rivojlanishini ta’minlash.

Shuningdek, mazkur Farmonda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 2018-yilning 1-sentyabriga qadar ilg’or xorijiy tajriba va umume’tirof etilgan normalar va standartlarni chuqur o’rganish, ixtisoslashgan xalqaro moliya institutlarining tegishli ekspert xulosalari asosida O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida”gi va “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi qonunlari loyihalarini yangi tahrirda ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi19.

O’zbekiston Respublikasida mamlakatning tizimli banklari bo’lgan Asakabank, Sanoatqurilishbank, Agrobank, Qishloq qurilish bank, Xalq banki va Mikrokreditbankning kapitallashish darajasi davlat mablag’lari hisobidan oshirildi. Birgina 2009-yilda mazkur banklarning ustav kapitalini oshirish uchun 500 mlrd. so’mdan ortiq miqdorda davlat mablag’lari ajratildi20.

Milliy valyutaning nominal almashuv kursidan monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida foydalanish holati ko’proq milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashda muammolar mavjud bo’lgan mamlakatlarda kuzatiladi. Shu sababli, mazkur mamlakatlarda hukumat va Markaziy bank o’zaro kelishgan holda, milliy valyutaning devalvatsiya bo’lishiga yo’l qo’ymaslik yoki devalvatsiya sur’atini pasaytirishga qaratilgan siyosatni olib boradilar.

Mamlakatda to’lov balansining joriy operatsiyalar bo’limi bo’yicha milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin konvertirlashni joriy etilishi milliy valyutaning nominal almashuv kursidan monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida foydalanishni murakkablashtiradi. Buning sababi shundaki, XVF Nizomi VIII-moddasi bo’yicha majburiyatlar qabul qilingandan so’ng hukumat joriy valyuta operatsiyalari bo’yicha cheklovlarni joriy etish huquqiga ega bo’lmaydi.

Monetarizm pul-kredit kontseptsiyasining asoschisi M. Fridmen pul massasining o’sish ko’rsatkichini monetar siyosatning asosiy taktik maqsadi, deb hisoblaydi.

M.Fridmen pullarga bo’lgan talab funktsiyasi va xarajatlar funktsiyasini barqaror, deb hisoblaydi. Shu sababli, u pul massasini monetar siyosatning taktik maqsadi sifatida qabul qilish maqsadga muvofiq, degan xulosaga keldi.

O’zbekiston Respublikasida rasman pullar taklifini tartibga solish Markaziy bank monetar siyosatining taktik maqsadi hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida»gi qonunining 23-moddasiga asosan, respublikamiz Markaziy banki «pul massasi yillik o’sish sur’atining aniq maqsadli ko’rsatkichlarini» belgilaydi21. Shuningdek, mamlakat hukumatining 2003-yil 4-fevraldagi 63-sonli «Pul-kredit ko’rsatkichlarini tartibga solish mexanizmini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qaroriga asosan, Markaziy bankka pul massasining o’sishini nazorat

qilish majburiyati yuklatilgan22.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 5-avgustdagi 147-Qaroriga asosan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklarini, ularning Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlaridagi mablag’lar doirasida, zarur hollarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitob-kassa markazlaridagi zaxira jamg’armalaridan foydalangan holda naqd pul mablag’lari bilan cheklanmagan miqdorda ta’minlaydi hamda tijorat banklari bilan birgalikda tijorat banklarining filiallaridagi naqd pul zaxiralari hajmining eng kam miqdorini tasdiqlaydi hamda majburiy zaxiralar bo’yicha talablarni hisob-kitob qilish chog’ida umuman bank bo’yicha amaldagi zaxiralar summasini hisobga oladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 27-martdagi PQ-822-sonli “Naqd pul mablag’larini jalb qilish va unga bo’lgan ehtiyojni ta’minlash borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari bilan birgalikda 2008 yil 1 apreldan boshlab tijorat banklari va ularning filiallari kassalarida naqd pul zaxiralarining eng kam miqdorini banklar mijozlarining naqd pul mablag’lariga bo’lgan ikki kunlik ehtiyojlari darajasida belgilaydi.

Bundan tashqari, banklarning aylanma kassa qoldiqlariga belgilangan limitdan oshgan pul mablag’lari summasini naqd pul mablag’lari zaxirasiga majburiy tarzda o’tkazish talabiga tijorat banklari tomonidan rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 apreldagi PQ-57-sonli “Naqd pul muomalasini takomillashtirish va bankdan tashqari aylanmani qisqartirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi Qaroriga asosan, naqd pul tushumi to’liq hisobga olinishi va inkassatsiya qilinishi, qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan tartibda naqd pulga tovarlar sotadigan va xizmat ko’rsatadigan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan nazorat-kassa mashinalari so’zsiz qo’llanilishi ustidan soliq nazorati mexanizmi takomillashtirildi.

Bundan tashqari, ushbu Qarorga muvofiq:

– aholi jamg’armalari va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning bo’sh pul mablag’larini bank omonatlariga, ayniqsa muddatli depozitlarga jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

– qonun hujjatlarida ko’zda tutilgan barcha hollarda aholi depozitlaridan va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning hisobvaraqlaridan naqd pullarni monesiz berish, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq pul massasini boshqarish, naqd va naqdsiz pul hisob-kitoblari o’rtasidagi farqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish tizimini yaratish vazifasi qo’yildi.


Download 88.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling