Mavzu: O’zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari


Yevroparlamentda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” e’tirof etildi


Download 21.44 Kb.
bet2/7
Sana08.11.2023
Hajmi21.44 Kb.
#1758140
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja O’zbekiston -yevropa ittifoqi o’zaro hamkorlik natijalari-fayllar.org

Yevroparlamentda “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” e’tirof etildi
«O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» Parlament hamkorligi qo‘mitasining Bryusselda bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Yevropa vakillariga Prezident Shavkat Mirziyoevning “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha axborot taqdim etildi. Yevroparlament deputatlari O‘zbekiston tomonining ushbu dasturulamal hujjatni amalga oshirishga qaratilgan intilishlarini qo‘llab-quvvatladi.
Yig‘ilish davomida Oliy Majlis bilan Yevropa parlamenti o‘rtasidagi munosabatlarning joriy holati va o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar:
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar o‘z samaralarini berayotgani;
mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilangani;
ayni yo‘nalishda bozorlarimizning ochiqligi va texnik hamkorlikka shayligimiz;
  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, energetika va infratuzilma sohalari bilan bog‘liq loyihalarni amalga oshirishni yanada kengaytirish;


  • atrof muhitni himoya qilish, suv resurslarini boshqarish, qishloq joylarni va ekologik barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish omillarini hisobga olgan holda, pandemiya sharoitida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.


  • Ayniqsa, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, savdo-sotiq yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlash, mintaqaviy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, qayta tiklanuvchi energetika sohasini qo‘llab-quvvatlash, moliyaviy-texnikaviy jihatdan ko‘maklashish, turizm va ta’lim sohasidagi almashinuvlarni rag‘batlantirish masalalari muhokama markazida bo‘ldi.


  • O‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlardagi ikki tomonlama hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanayotgani ijobiy baholandi. Tomonlar hamkorlik munosabatlarining turli bosqichlarida, shu jumladan, oliy darajada faol aloqalar muhimligini qo‘llab-quvvatladilar.


  • Ma’lumki, 2019 yilda Yevroparlamentga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar bo‘lib o‘tgani, shuningdek, koronavirus pandemiyasi tufayli «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» Parlament hamkorligi qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishini o‘z vaqtida o‘tkazish imkoni bo‘lmadi. Shu munosabat bilan tomonlar parlamentlararo aloqalarni jadallashtirish choralarini ko‘rish zarurligi to‘g‘risida yakdil fikrga keldilar.




  • Tomonlar O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ishlab chiqish borasidagi muzokaralarda sezilarli natijalarga erishilganini qayd etdilar. Ayni jarayonni tezroq yakuniga yetkazish va O‘zbekiston Prezidentining joriy yilda Bryusselga rejalashtirilayotgan oliy darajadagi tashrifi chog‘ida ushbu hujjatni imzolanishi maqsadga muvofiq ekani ta’kidlandi.
  • Yevropa tomoni O‘zbekistonda adliya, ichki ishlar, inson huquqlari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy siyosat sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni olqishladi. Yevroparlament 2021 yil oktyabrida tarixda ilk bor o‘z delegatsiyasini O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovi jarayonlarini kuzatish uchun yuborgani ushbu ishonchli hamkorlikning izchilligini tasdiqlaydi.


  • Yig‘ilishda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning ayrim jihatlari yuzasidan ham fikr almashindi. Xususan, Afg‘onistondagi vaziyat va afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish haqida so‘z yuritildi.


  • Muzokaralar yakunida tomonlar «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» Parlament hamkorligi qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishini kelgusi yili Toshkent shahrida o‘tkazishga kelishib oldilar.


  • Muloqotlar asnosida Yevropa tomoni Yevropa Ittifoqi uchun O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi yetakchi hamkor






Download 21.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling