Mavzu: O’zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari


Download 21.44 Kb.
bet5/7
Sana08.11.2023
Hajmi21.44 Kb.
#1758140
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Reja O’zbekiston -yevropa ittifoqi o’zaro hamkorlik natijalari-fayllar.org

Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Bryusselga tashrifi arafasida “Evropa Ittifoqi – O‘zbekiston” do‘stlik guruhining parlament forumini o‘tkazishga qaror qilindi. Bu anjumanda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish masalalarini atroflicha muhokama qilish mo‘ljallanmoqda.



  • Yangi O‘zbekistondagi islohotlar – Yevropa jamoatchiligining doimiy e’tiborida

  • 2022 yil 30 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o‘rinbosari rahbarligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi Yevropa ommaviy axborot vositalari va madaniy-gumanitar sohalar vakillari ishtirokidagi matbuot tadbirlari doirasida bir qancha uchrashuvlar o‘tkazdi.




  • «Diplomatic World» jurnali Bosh muharriri Barbara Ditrix va «Diplomatic World Institute» tahliliy markazining loyihalar bo‘yicha menejeri Alberto Turkstra bilan bo‘lib o‘tgan o‘zaro muloqot shular jumlasidandir.
  • Tadbir avvalida Prezident Shavkat Mirziyoev tasdiqlagan “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning ma’no-mohiyati va ahamiyati haqida mufassal axborot berildi. Muloqot ishtirokchilari bu borada taqdim etilgan ma’lumotlarni alohida qiziqish bilan qabul qildilar.


  • Xususan, B.Ditrix inson huquqlari, ayniqsa, xotin-qizlar huquqlarini amalga oshirish juda muhimligini qayd etdi. U mamlakat rahbariyatining ayollar ta’lim olishi va mehnat qilishi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga doir rejalariga ijobiy baho berdi.


  • Jurnalist, shuningdek, Taraqqiyot strategiyasida O‘zbekistonning “Huquq ustuvorligi indeksi”da yuqori darajaga erishgan mamlakatlar safidan o‘rin olishi maqsad qilib qo‘yilganini olqishladi. Uning fikricha, bu Yevropa jamoatchiligining doimiy e’tiborida turadigan masaladir.


  • Muloqot yakunida «Diplomatic World» jurnalining navbatdagi sonida Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasiga bag‘ishlangan maqola chop etilishi haqida kelishib olindi.


  • O‘z navbatida, A.Turkstra Taraqqiyot strategiyasida davlat hokimiyati organlarini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ahamiyatiga e’tibor qaratdi. Uning ta’kidlashicha, mazkur sohani takomillashtirishni izchil davom ettirib, ixcham va samarador boshqaruv tizimini yaratish nihoyatda muhim.


  • «Diplomatic World Institute» tahliliy markazi vakili O‘zbekistonda sud-huquq tizimi, advokatura instituti, huquqni himoya qiluvchi organlarning tadbirkorlar va mulkdorlar huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq faoliyatini isloh etish borasida belgilab olingan istiqboldagi rejalarni ham ijobiy baholadi.


    A.Turkstraning fikricha, bunday oqilona maqsadlarga erishilishi, shubhasiz, mamlakatda aholi daromadlarining oshishi va yalpi farovonlik yuksalishiga olib keladi. Shu nuqtai nazardan, O‘zbekistonda “yashil” va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga alohida ahamiyat berilayotgani Yevropada ayniqsa katta qiziqish uyg‘otmoqda



    Download 21.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling