Mavzu: O’zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari
Parlamentlararo hamkorlik istiqbollari: tahlil va takliflar
Download 21.44 Kb.
|
Reja O’zbekiston -yevropa ittifoqi o’zaro hamkorlik natijalari-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari”
Parlamentlararo hamkorlik istiqbollari: tahlil va takliflar
O‘zaro hamkorlik yo‘lidagi izchil va amaliy muloqotlar samaralarini bermoqda. Aytaylik, Yevropa Ittifoqi mamlakatimiz taraqqiyoti uchun taqdim etayotgan qulaylik va yengilliklar nihoyatda muhimdir. Birgina misol: O‘zbekistonning “GSP+” tizimida ishtirok etadigan benefitsiar-mamlakat maqomiga ega bo‘lishi eksport salohiyatimizni oshirishi bilan bir qatorda, boshqa ko‘plab ilg‘or sohalardagi natijalarimizni ham yaxshilashga xizmat qiladi. Bu o‘rinda, albatta, zamonaviy standart va texnologiyalarni tatbiq etish, zarur bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish, har bir sohada sifat ko‘rsatkichlarining zarur darajada bo‘lishiga erishish haqida so‘z bormoqda. O‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni inson huquqlari sohasidagi tegishli 33 ta xalqaro konvensiya doirasida zimmasiga olgan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarib borish uchun zarur barcha choralarni ko‘rmoqda. Shu maqsadda Oliy Majlis tomonidan qat’iy parlament nazorati o‘rnatilgan. Mamlakatimizda ana shu konvensiyalarning bajarilishini monitoring qilish uchun tashrif buyuradigan Yevrokomissiya delegatsiyasini kutib olish va o‘zaro hamkorlikda ishlashga hamisha tayyormiz. Bu yil fevral oyida Yevropa parlamenti Tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi D.Makallisterning yurtimizga tashrifi kutilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston o‘z taraqqiyotining tarixiy va taqdirulamal davriga qadam qo‘ydi. Mamlakatni modernizatsiya qilish hamda inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan ta’sirchan choralarning izchil amalga oshirilishi natijasida tom ma’noda demokratik huquqiy davlat – Yangi O‘zbekiston qiyofasi shakllanmoqda. Endilikda yurtimizda Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishga kirishildi. Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ishlab chiqilgan va saylov jarayonida o‘ziga xos umumxalq muhokamasidan o‘tkazilgan bu muhim konseptual hujjatda islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy g‘oya va bosh mezon sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Davlatimiz rahbari qayd etganidek, “Biz ushbu strategiyada yurtimizda yashayotgan har bir fuqaroning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini eng oliy qadriyat etib belgiladik. Ta’kidlash kerakki, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy rivojlanishimizning yangi bosqichini boshlab beradi. Biz bundan buyon faoliyatimizni “inson – jamiyat – davlat” degan yangi tamoyil asosida tashkil etamiz”. Shu ma’noda, Prezident Shavkat Mirziyoev Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan 2020 yil aprelida bo‘lib o‘tgan muloqotida O‘zbekistonda “Evropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” Vazirlar konferensiyasini o‘tkazish taklifini ilgari surgani bejiz emas. Zero, ushbu anjuman nafaqat mintaqamizda, balki mintaqalarimizda ham o‘zaro hamjihatlik va barqaror taraqqiyotga erishish uchun muhim ahamiyat kasb etishi tayin. O‘zbekiston tomoni ushbu tadbirni joriy yilning 22 iyulida Samarqandda o‘tkazishni taklif etmoqda. Davlatimiz rahbarining bu tashabbusi ro‘yobga chiqsa, savdo, investitsiya, transport, energetika, raqamlashtirish va boshqa istiqbolli sohalarda samarali qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyati tug‘iladi. Download 21.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling