Mavzu: O’zbekistonning Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari
O‘zbekiston – tahdidlarga bardoshli va barqaror mamlakat
Download 21.44 Kb.
|
Reja O’zbekiston -yevropa ittifoqi o’zaro hamkorlik natijalari-fayllar.org
O‘zbekiston – tahdidlarga bardoshli va barqaror mamlakat
2022 yil 31 yanvar kuni mamlakatimiz parlamenti delegatsiyasi Yevropa parlamenti vitse-prezidenti Xaydi Xautala bilan uchrashdi. Uchrashuvda o‘zaro manfaatli sohalardagi ikki tomonlama parlamentlararo hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. X.Xautala pandemiya tufayli joriy etilgan cheklovlar bekor qilinganidan so‘ng O‘zbekiston parlamenti a’zolari Yevropa parlamentiga tashrif buyurgan ilk rasmiy delegatsiyalardan biri ekanini qayd etdi. Yevropa parlamenti vitse-prezidenti mamlakatimiz qonun ijodkorlariga dunyo bo‘ylab harakatlanish chegaralangan va sanitariya cheklovlari amalda bo‘lgan og‘ir bir sharoitda tor doirada bo‘lsa ham yuzma-yuz uchrashuvga tashrif buyurganlari uchun minnatdorchilik izhor etdi. «O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi» Parlament hamkorligi qo‘mitasining yig‘ilishi ochiqlik, o‘zaro hamjihatlik va amaliy muloqot ruhida o‘tdi. Shu asnoda “Evroparlament – O‘zbekistonning do‘sti, ba’zan tanqidiy jihatdan yondashishiga qaramay, sodiq va haqikiy do‘stidir”, deya ta’kidladi X.Xautala. Tomonlar o‘zaro siyosiy muloqotlar samaradorligini oshirish, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar. Shuningdek, O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokara jarayonlarini jadallashtirish hamda mintaqalararo aloqalarni kengaytirish zarurligiga e’tibor qaratild X.Xautala qayd etganidek, Yevropa va Markaziy Osiyo ayni vaqtda murakkab davrni boshdan kechirmoqda. Bu o‘rinda Afg‘oniston, Qozog‘istondagi vaziyat, xalqaro diniy aqidaparastlik va terrorizm tahdidi tobora ortib borayotgani, shuningdek jahon bozoridagi moliyaviy beqarorlik nazarda tutilmoqda. Shunday tashvishli holatlarda O‘zbekiston o‘zining bu kabi tahdidlarga bardoshli va barqarorligini baralla namoyon etayotgan kamsonli mamlakatlardan biri hisoblanadi, deya e’tirof etdi X.Xautala. U Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarida inson huquqlari va qonun ustuvorligi ta’minlanishiga taalluqli masalalarni fuqarolik jamiyati hamda akademik doiralar vakillari ishtirokida muhokama qilish taklifini ilgari surdi. Yevropa parlamenti vitse-prezidentining fikricha, Yevropa Ittifoqi mamlakatimiz bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirish, iqlim o‘zgarishi va boshqa shu kabi turli tahdidlarga qarshi kurashish borasida hamkorlikni faollashtirish, shuningdek, inson omili bilan bog‘liq muloqotlarni kengaytirishdan manfaatdordir. Shu nuqtai nazardan, “Bugungi kun tartibimizda mustahkamlashimiz zarur bo‘lgan o‘zaro hamkorligimiz miqyoslari o‘z aksini topgan. Qolaversa, unda oldimizda turgan katta ishlarning butun ko‘lami ham mujassamdir”, dedi u. O‘zbekiston tomoni X.Xautala xonimga mamlakatda bo‘lib o‘tgan Prezident saylovini kuzatish jarayonida Yevroparlamentning nufuzli delegatsiyasi tarkibida shaxsan ishtirok etgani uchun minnatdorchilik izhor etdi. Binobarin, ushbu muhim ijtimoiy-siyosiy tadbirga Yevropa tomoni faol ishtirok etib, o‘zining xolis va amaliy bahosini bergan. Yevropa parlamenti vitse-prezidenti X.Xautala bilan muloqot yakunida istiqboldagi o‘zaro hamkorlik aloqalarining shakllari, daraja va mavzulari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Download 21.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling