Mavzu: O’zekiston sportchilari shuhrati. Grammatika: Tasviriy ifoda


Download 73.02 Kb.
bet1/2
Sana16.11.2020
Hajmi73.02 Kb.
#146813
  1   2
Bog'liq
11-sinf Tasviriy ifoda

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Namangan viloyati Chust tumani

64-umumta’lim maktabining davlat tili fani o’qituvchisi

Yunusova Irodaning 11-sinflar uchun

Bir soatlik dars ishlanmasi


Mavzu: O’zekiston sportchilari shuhrati.

Grammatika: Tasviriy ifoda

Sana:


Mavzu: O’ZBEK SPORTCHILARINING SHUHRATI

Grammatika: Tasviriy ifoda

Darsning maqsadi:

Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga tasviriy ifodalarning mazmun mohiyatiga oid bilimlar berish.

Tarbiyaviy maqsad: yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg’ulariniruhini o’stirish. Bilim olishga qiziqish uyg’otish, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug’lash, o’zlikni anglash tuyg’ularini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi dunyoqarashlarini o’stirish.

Tayanch kompetensiya elementlari:

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: televizor, radio,telefon orqa berilgan xabarlarni gapirib bera olish.

O’z-o’zini rivojlantirish kompetensiyasi: milliy o’zlikni anglash, kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish, jamoat joylarga o’zini tuta bilish.

Milliy va umummadaniy kompetensiyasi: milliy qadriyatlarni, o’zi yashab turgan davrdagi sporchilarimiz yutuqlarini bilish va bir-biridan farqlash.

Xususiy kompetensiya:

Nutqiy kompetensiya: olgan ma’lumotlarini ravon so’zlab bera olish va fikrini aniqbayon qilish kompetensiyasini shakllantirish.

Darsning turi: Yangi bilim va ko’nikmalarni berish darsi

Darsning usuli: Aqliy hujum, savol javob, guruhlarda ishlash, turli xil interfaol metodlar.

Darsning jihozi:

Didaktik jihoz: mashxur sportchilar aks etgan rangli rasmlar, sport turlari Vatanimiz tarixiga oid rangli sur’atlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari, tarqatma materiallar, slayd.

Texnik jihoz: Proyektor, ekran.

Darsning texnik chizmasi:

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Yangi mavzu bayoni

10 daqiqa

3

Mavzuni mustahkamlash

20 daqiqa

4

O’quvchilarni rag’batlantirish

5 daqiqa

5

Uyga vazifa

  1. daqiqa


Darsning borishi:

Tashkiliy qisim:



  1. O’quvchilarni faollashtirish uchun savollar.

Aqliy hujum“

  1. Qanday sport turlarini bilasiz?

  2. Sportchilarimiz shu kunga qadar qanday yutuqlarga erishgan?

  3. O’zbek milliy sport turlaridan qaysilarini bilasiz?

  4. Qaysi sportchilarimizga havas qilasiz?

  5. Hozir siz sport bilan shug’ullanasizmi?

Yangi mavzu bayoni:

Narsa buyumning nomini atamay , uni tasvirlab ifodalagan so’z birikmasiga tasviriy ifoda deyiladi.

Masalan: qushlar – qanotli do’stlar, makkajo’xori – dala malikasi, shaxmat – aql gimnastikasi.
Mustahkamlash.

Bingo” mashqi.



  1. Charm qo’lqop ustasi –

  2. Dala malikasi -

  3. O’rmon podishosi –

  4. Po’lat ot –

  5. Samo lochini –

  6. O’rmon malikasi –

1-topshiriqda berilgan matnni o’qib, rasmlar asosida suhbat quriladi.


  • Komil bizning yurtda qanday sport turlri rivojlanganligini bilasanmi?

  • Bizda sportning hamma turiga e’tibor berilgan. Jumladan, boks, badiiygimnastika, fudbol, karate, kanoeda eshkak eshish, dzyudo, og’ir va yengil atletika, erkin va yunon-rum kurashi, suzish va boshqa sport turlari.

  • Ha sportchilarimiz Jahon va Osiyo chempionatlarida, Olimpiada o’yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilib kelmoqdalar.




2-topshiriqda esa Kurash sporti haqida berilgan matnni o’qib, yana qnday sport turlari bizda qadimdan mavjud ekanligiga to’xtalib o’tiladi.

Kurash


Kurash juda qadimiy sport turlaridan biridir. Kurash qadimiy va erkin turlarga bo’linadi. U juda rivojlanib o’zbek kurashi nomi bilan dunyoga tarqaldi va alohida sport turi sifatida tan olindi.

Turkiy xalqlar tarixidan ma’lumki,qadimda xotin-qizlar ham kurash tushishgan. Asosan sayllarda, bayram, to’y va turli tantanalarda pahlavonlar kurash tushishgan.

O’zbekistonda milliy kurash federatsiyasi tuzilgan va kurashchilar bu jamiyatning a’zosi hisoblanadi. Hozirda jahonning ko’pgina davlatlarida o’zbek kurashi bo’yicha xalqaro musobaqalar o’tkazilmoqda.bu musobaqada o’zbek kurashchilari oldingi safda bormoqdalar.
Lug’at

Erkin kurash – вольная борьба

Sayl - народные гулянья

Pahlavon – багатырь



Jamiyat a’zosi – член общества

Kasster usuli( guruhlarda ishlash) 1- mashq asosida

I guruh

II guruh



Download 73.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling