Mavzu: Oʻzga gap. Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari. Koʻchirma gap. Reja
Koʻchirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi
Download 20.61 Kb.
|
16-MAVZU Oʻzga gap. Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari. Koʻchirma gap
Koʻchirma gapda tinish belgilarining ishlatilishi
Koʻchirilgan gap qoʻshtirnoq ichiga olinadi, badiiy asarlarda tire bilan ajratib beriladi. Koʻchirma gapda, koʻchirilgan gapning oʻrniga qarab, tinish belgilarining ishlatilishi quyidagicha boʻladi: 1. Koʻchirilgan gap darak gap boʻlib, muallif gapidan oldin kelsa, undan keyin vergul va tire qoʻyiladi: "Yuring, men oʻsha tomonga boraman", - dedi Komila (badiiy asarlarda tire ishlatiladi). Soʻroq va undov belgilari qoʻshtirnoq yopilmasdan oldin qoʻyiladi. 2. Koʻchirilgan gap muallif gapidan keyin kelsa, muallif gapidan keyin ikki nuqta qoʻyiladi: Bir kun Husayn Mirzo shipga qarab yotib, vazirlariga shunday debdi: - Olib keling! (“El desa Navoiyni”) 3. Muallif gapi koʻchirilgan gap ichida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qoʻyiladi: 1) koʻchirilgan gapning uzilib qolgan qismida hech qanday tinish belgisi boʻlmasa yoki vergul yoxud ikki nuqta boʻlsa, bu belgilar tushirilib, muallif gapi har ikki tomondan vergul va tire bilan ajratiladi: "Hazrat, - debdi Xudoyberdi unga qarab, - tandirni qurolmadim". (“El desa Navoiyni”) 2) koʻchirilgan gapning uzilib qolgan qismidan soʻng nuqta qoʻyish lozim boʻlsa, muallif gapidan oldin vergul va tire, muallif gapidan soʻng esa nuqta qoʻyiladi: "Noyib toʻraning gaplaridan bilinadi oʻzi, dedi Miryoqub. – Siz boʻlgan gaplarni aytib bering". (CH.) 3) koʻchirilgan gapning uzilib qolgan qismidan soʻng soʻroq yoki undov belgisi qoʻyish lozim boʻlsa, muallif gapidan avval oʻsha belgi va tire qoʻyiladi, muallif gapidan soʻng nuqta va tire qoʻyilib, koʻchirma gapning davomi bosh harf bilan boshlanadi: "Xadichaxon koʻzlarini ayyorlik bilan oʻynatib turib, kundoshiga qaradi: - Gapni eshitayotirsizmi? – dedi. – Ertaga biznikiga shaharlik mehmonlar kelishar ekan!".(CH.) 4. Koʻchirilgan gap muallif gapining oʻrtasida kelsa, tinish belgilari quyidagicha qoʻyiladi: 1) muallif gapining uzilib qolgan qismining oxiriga ikki nuqta qoʻyilib, koʻchirilgan gap qoʻshtirnoq ichiga olinadi; koʻchirilgan gapdan keyin vergul va tire qoʻyilib, keyin muallif gapining davomi yoziladi: Saodat: "Biz ham astoydil mehnat qildik", - dedi. 2) koʻchirilgan gap soʻroq yoki his-hayajon gap boʻlsa, ularning belgilari qoʻshtirnoq ichida boʻladi: Oʻqituvchimiz : "Sen qaysi badiiy kitoblarni oʻqib chiqqansan?" - deb soʻradilar. 5. Koʻchirma gaplar hamsuhbatlarning luqmasi tarzida ifodalanganida yozma nutqda har bir luqmadan avval tire qoʻyiladi. Bu luqmalarda muallif gapi boʻlmaydi: - Shaharda qarindoshingiz bormi? - Yoʻq. Download 20.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling