Mavzu: Oʻzga gap. Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari. Koʻchirma gap. Reja


Download 20.61 Kb.
bet3/3
Sana19.06.2023
Hajmi20.61 Kb.
#1615437
1   2   3
Bog'liq
16-MAVZU Oʻzga gap. Oʻzgalar nutqini ifodalash usullari. Koʻchirma gap

Oʻzlashtirma gap
Oʻzgalarning shakli oʻzgartirilib, mazmuni ifodalangan gapi oʻzlashtirma gap deyiladi. Oʻzlashtirma gap koʻchirma gapga aylantirilishi mumkin boʻlgan gapdir: Qurbon ota ertaga kelishini aytdi (oʻzl. gap) – Qurbon ota dedi: “Men ertaga kelaman”(koʻch. gap).
Soʻroq, buyruq mazmunini ifodalagan koʻchirma gaplar oʻzlashtirma gapga aylantirilganda, darak gap shaklida bayon qilinadi.



Koʻchirma gap

oʻzlashtirma gap

- Bu qanday bino, nimaga moʻljallaysiz? - dedi Oʻktam.

Oʻktam bu qanday bino ekanligini, uning nimaga moʻljallanishini soʻradi

Undalma, kirish soʻz qatnashgan koʻchirma gaplar oʻzlashtirma gapga aylantirilganda, kirish soʻzlar tushib qoladi, undalma vositali toʻldiruvchiga aylantiriladi, 1-, 2-shaxs­larni koʻrsatuvchi soʻzlar 3-shaxsga aylantiriladi:



Koʻchirma gap

Oʻzlashtirma gap

- Xoʻsh, Kanizakxon, qanday yangiliklar bor? - soʻradi Oʻktam.
- Men ketdim, - dedi ukasi.

Oʻktam Kanizakxondan qanday yangiliklar borligini soʻradi.
Ukasi oʻzining ketayotganini aytdi.

Oʻzlashtirma gapning kesimi aytmoq, gapirmoq, buyurmoq, soʻramoq, undamoq (demoq fe’lidan tashqari) soʻzlari bilan ifodalanadi.
Koʻchirma va unda ishlatiladigan tinish belgilari
Biror matndan koʻchirilgan gaplar koʻchirma deyiladi. Koʻchirma ikki xil boʻladi:
1. Muallif gapi bilan birga qoʻllangan koʻchirma: Alisher Navoiy ilm olishga da’vat qilib: "Olim boʻlsang, olam seniki", - degan edi .
2. Muallif gapisiz qoʻllangan koʻchirma:


Koinot gultoji insondir azal,
Undadir eng oliy tafakkur, amal.
U hatto tubanlik ichra ham tanho,
YO falak, ijoding buncha mukammal.
A.Oripov
Muallif gapi bilan qoʻllangan koʻchirma bayon qilinayotgan fikrni asoslash, tasdiqlash yoki inkor etish uchun keltiriladi. SHe’riy parchalar koʻchirma tarzida keltirilsa, qoʻshtirnoqqa olinmaydi. Koʻchirma muallif gapisiz qoʻllansa ham, qoʻshtirnoqqa olinmaydi. Bu tarzdagi koʻchirmalar epigraf tarzida qoʻllanadi va qoʻshtirnoqqa olinmaydi.
Dialog-Ikki kishining nutqi dialog deb ataladi. Dialogda koʻchirma gaplardan foydalaniladi, har bir gap tire bilan boshlanadi. (Bunda muallif gapi ishlatilmasligi ham mumkin.): - Qaysi maktabda oʻqiysan? - 24-maktabda. – Nechanchi sinfda? – Beshinchi sinfda.
Download 20.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling