Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlari va tahlil qilish usullari Reja


Download 164.7 Kb.
bet2/4
Sana04.02.2023
Hajmi164.7 Kb.
#1160625
1   2   3   4
Bog'liq
Uglevodlarni umumiy tavsifi

II tartibli polisaxaridlar.
Fiziologik nuqtai nazardan polisaxaridlar ikkiga bo‘linadi. Strukturali va zaxira funksiyasini bajaruvchi polisaxaridlar. Struktura funksiyasini bajaruvchi polisaxaridga sellyuloza, zaxira funksiyasini bajaruvchiga glikogen va kraxmal kiradi.
Kraxmal ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib amiloza va amilopektindan iborat (C6H10O5)p. Amiloza 10-30%, amilopektin 70-90% tashkil etadi. Amiloza α-1,4-bog‘lar bilan bog‘langan, tarmoqlangan qismi α-1,6-bog‘lar bilan bog‘langan.
Glikogen — hayvon to‘qimasida keng tarqalgan bo‘lib tuzilishi bo‘yicha kuchli tarmoqlangan.
Sellyuloza (yoki kletchatka) o‘simliklarda keng tarqalgan shoxlarni va barglarni skletini tashkil etadi. Paxta va filtr qog‘oz toza sellyulozadan iborat
Yog’ochni yarmi kletchatkadan va u bilan bog‘langan lignindan iborat. Lignin yuqori molekulali fenolli modda hisoblanadi.
Sellyuloza polimer bo‘lib molekulasi 600 - 900 ta gyukoza qoldig‘idan tashkil topgan (o‘rtacha molekulyar massasi 1-1,5 mln teng).
Sellyulozlar molekulasida glyukoza β-(1,4)-glikozid bog‘ bilan bog‘langan, chiziqli strukturaga ega. Sellyuloza oshqozon fermentlari bilan parchalanmaydi, o‘txo‘r organizmlarni ichagida ajraladigan sellyulaza fermentlari bilan gidrolizlanganda sellodekstrinlar va sellobioza hosil qiladi.
Dekstranlar — asosiy qismi α-(1,6)-glyukozid bog‘ bilan bog‘langan glyukozani gomopolisaxararidi bo‘lib, dekstran bakteriyalarda sintez bo‘ladigan destransaxaraza fermenti ta’sirida saxarozadan hosil bo‘ladi.
Pentozanlar — sellyulozaga o‘xshash polisaxarid bo‘lib ksiloza, arabinoza va boshqa pentozalardan tashkil topgan.
Inulin — yuqori molekulali polimer bo‘lib, suvda eriydi. Spirtda cho‘kmaga tushadi. Gidrolizlanish natijasida fruktoza va qisman glyukopiranoza hosil qiladi.
O‘simlliklar, zambrug‘lar va achitqilar tarkibidagi inulaza fermenti ta’sirida fruktoza hosil qiladi.
Shilishiq va gummi moddalar (kamedlar) kolloid moddalar bo‘lib yopishqoq eritma hosil qiladi. Bularga olcha, olxo‘ri va o‘rik daraxtlari shikastlangan joyidan chiqadigan yelimsimon moddalar kiradi.
Olcha yelimi tarkibi galaktozadan, mannozadan, arabinozadan, glyukouron kislotadan va qisman ksilozadan tashkil topgan.
Kamedlar sanoatda bog‘lovchi va quyuqlashtiruvchi modda sifatida keng qo‘llaniladi. Emulgator sifatida kosmetikada va farmatsevtik krem tayyorlashda, oziq-ovqat sanoatida pasta, barqarorlashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

Download 164.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling