Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlari va tahlil qilish usullari Reja
Download 164.7 Kb.
|
Uglevodlarni umumiy tavsifi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uglevodlarni umumiy tavsifi.
- Polisaxaridlar Oligosaxaridlar.
Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlari va tahlil qilish usullari Reja Uglevodlarni umumiy tavsifi. Uglevodlarni fiziologik ahamiyati. O‘zlashtiriladigan va o‘zlashtirilmaydigan uglevodlar. Tahlil qilish usullari Uglevodlarni umumiy tavsifi. Hozirgi vaqtda qabul qilingan sinflanishga muvofiq uglevodlar 3 guruhga bo‘linadi: monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlar Monosaxaridlar Odatda monosaxaridlar 3 tadan 9 tagacha uglerod atomidan tashkil topgan. Eng ko‘p tarqalganlarga pentozalar va geksozalar kiradi. Funksional xususiyatlariga ko‘ra ular aldozalar va ketozalarga bo‘linadi. Monosaxaridlarga glyukoza, fruktoza, galaktoza, arabinoza, ksiloza va D-riboza kiradi. Glyukoza (uzum shakari) erkin holda ho’l mevalarda uzumda 12%, olxo‘ri, gilosda 5-6%, asalda 36%) bo‘ladi. Fruktoza toza holda asalda 37%, uzumda esa 5,5% uchraydi. Galaktoza – sut shakari laktozani tarkibiy qismi bo‘lib, sutda o‘simlik to‘qimasida va urug‘ tarkibida uchraydi. Arabinoza pektinli va shilimshiq moddalar, kamedlar, gemitsellyuloza tarkibiga kiradi. Ksiloza (daraxt shakari) paxta shulxasi, makkajo‘xori so‘tasi tarkibida bo‘ladi. Ksiloza pentozan tarkibiga kiradi. D-riboza monosaxaridlar ichida alohida o‘rinni egallaydi. Biologik faol modda sifatida universal komponent bo‘lib nasliy informatsiya uzatishda mas’ul. — ribonuklein (RNK) va dezoksiribonuklein (DNK) kislota; ATF va ADF tarkibiga kiradi, ular asosida energiya yig‘iladi va tarqatiladi. Polisaxaridlar Oligosaxaridlar. Birinchi tarkibli polisaxaridlar molekulasida 2 tadan 10 tagacha monosaxariddan iborat bo‘lib o‘zaro glyukozid bog‘i bilan bog‘langan bo‘ladi. Bularga disaxaridlar, trisaxaridlar va boshq. kiradi. Tabiatda disaxaridlardan maltoza, saxaroza va laktoza keng tarqalgan. Maltoza, α-glyukopiranozil-(1,4)-α-glyukopiranoza kraxmalni parchalanishi natijasida hosil bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan disaxaridlarga saxaroza kiradi. U bir molekula α-D-glyukoza va β-D-fruktozadan iborat. Disaxarid laktoza faqat sut tarkibida uchraydi va β-D-galaktoza va D-glyukozadan iborat. Trisaxaridlar ichida raffinoza fruktozadan, glyukozadan va galaktozadan iborat. Eng ko‘p miqdorda qand lavlagi tarkibida va dukkakli o‘simliklarda uchraydi. Download 164.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling