Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlari va tahlil qilish usullari


Download 219.49 Kb.
bet1/4
Sana17.06.2023
Hajmi219.49 Kb.
#1525814
  1   2   3   4
Bog'liq
9-MAVZU. Oziq-ovqat lipidlari (yog’lar va moylar) va ularning xususiyati


9-ma'ruza.


OZIQ-OVQAT UGLEVODLARI, ULARNING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA TAHLIL QILISH USULLARI
Reja:



  1. Monosaxaridlar, polisaxaridlar, oligosaxaridlar,

  2. I tartibli polisaxaridlar, II tartibli polisaxaridlar.

  3. Glyukoza, fruktoza, galaktoza, arabinoza, ksiloza, D-arabinoza.

  4. Kraxmal, glikogen, sellyuloza, dekstranlar, pentozanlar, inulin.

  5. Uglevodlarning fiziologik ahamiyati. O’zlashtiriladigan va o’zlashtirilmaydigan uglevodlar.

  6. Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi uglevodlar.

  7. Oziq-ovqat mahsulotidagi monosaxaridlar va polisaxaridlarni tahlil qilish usullari.

Tayanch so‘z va iboralar
Uglevodlar, monosaxaridlar, glyukoza, fruktoza, galaktoza, arabinoza, ksiloza, D-riboza polisaxaridlar, pektinli moddalar, uglevodlarni fiziologik ahamiyati, kraxmal, glikogen, sellyuloza.

Hozirgi vaqtda qabul qilingan sinflanishga muvofik uglevodlar 3 guruhga bo‘linadi: monosaxaridlar, oligosaxaridlar va polisaxaridlar. Quyidagi sxemada uning sinflanishi oddiy tarzda keltirilgan.



Monosaxaridlar
Odatda monosaxaridlar 3 tadan 9 tagacha atom uglerodidan tashkil topgan. Eng ko‘p tarqalganlarga pentozalar va geksozalar kiradi. Funksional xususiyatlariga ko‘ra ular aldozalar va ketozalarga bo‘linadi.
Monosaxaridlarga glyukoza, fruktoza, galaktoza, arabinoza, ksiloza va D-riboza kiradi.

Glyukoza (uzum shakari) erkin xolda xo‘l mevalarda uzumda 8%, olxo‘ri, gilosda 5-6%, asalda 36%) bo‘ladi.


Fruktoza toza xolda asalda 37%, uzumda ada 5,5% uchraydi.
Galaktoza – sut shakari laktozani tashkiliy qismi bo‘lib, sutda o‘simlik to‘qimasida va urug‘ tarkibida uchraydi.
Arabinoza pektinli va shilimshiq moddalar, kamedlar, gemitsellyuloza tarkibiga kiradi.
Ksiloza (daraxt shakari) paxta shulxasi, makkajuxori so‘tasi tarkibida bo‘ladi. Ksiloza pentozan tarkibiga kiradi.
D-riboza monosaxaridlar ichida aloxida o‘rinni egallaydi. Biologik faol modda sifatida universal komponent bo‘lib nasliy informatsiya uzatishda mas'ul. — ribonuklein (RNK) i dezoksiribonuklein (DNK) kislota; ATF i ADF tarkibiga kiradi, ular asosida energiya yig‘iladi va tarqatiladi



Download 219.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling