Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlari va tahlil qilish usullari


Uglevodlarni fiziologik ahamiyati


Download 219.49 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi219.49 Kb.
#1525814
1   2   3   4
Bog'liq
9-MAVZU. Oziq-ovqat lipidlari (yog’lar va moylar) va ularning xususiyati

Uglevodlarni fiziologik ahamiyati
Uglevodlar insoniyat organizmi uchun asosiy energiya manbai hisoblanadi va hujayra, to‘qima, miya, yurak uchun muhim ahamiyatga ega. Ugleuvodlarni biologik oksidlanishi natijasida (yog‘ va qisman oksillar) energiya ajraladi va adenizintrifosfat kislotasi ko‘rinishida hujayrada yigiladi. 1 gr. uglevod oksidlanganda 16,7 kDj (4 kkal) energiya ajraladi.
Ba'zi bir uglevodlar biologik faollikka ega. Masalan, geparin qonni ivishini oldini oladi, gialuron kislota hujayra qobig‘idan bakteriyalarni o‘tishini oldini oladi.
Glyukouron kislota esa zaharli moddalar bilan birikib murakkkab zaharsiz modda hosil qiladi va organizmdan chiqarib yuboradi.
Insonni uglevod zaxirasi oz, tana vaznini 1% tashkil etadi. Mexnat faoliyati natijasida tez kamayadi.
Kundalik norma 400-500gr. tashkil etadi va 80% kraxmalga tug‘ri keladi..
O‘zlashtiriladigan va o‘zlashtirilmaydigan uglevodlar.
Ozuqaviy qiymati bo‘yicha uglevodlar o‘zlashtiriladigan va o‘zlashtirilmaydigan uglevodlarga bo‘linadi. O‘zlashtiriladigan uglevodlarga mono- va oligosaxaridlar, kraxmal, glikogen kiradi. O‘zlashtirilmaydiganlarga sellyuloza, gemitsellyuloza, inulin, pektin, gummi moddalar va shilimshiq moddalar kiradi.
Inson iste'mol qilganda uglevodlar parchalanadi va ichakda so‘riladi yoki yog‘larga aylanadi, yoki glikogenga aylanadi. Yog‘larni ko‘payishi ortiqcha oddiy qandlar iste'mol qilinganda va energiya sarf bo‘lmaganda yuz beradi.
Uglevodlarni almashuvi quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
1. Disaxaridlar va polisaxaridlar oshqozon ichakda monosaxaridgacha parchalanadi va organizmga so‘riladi va qonga o‘tadi.
2. To‘qimada, asosan buyrakda glikogen sintezlanadi va parchalanadi.
3. Glyukoza anaerob parchalanadi va piruvat hosil qiladi.
4. Piruvat aerob nafas olishda ishtirok etadi.
5. Geksozalar bir biriga aylanadi.
7. Uglerodsiz mahsulotlardan uglevodlar hosil bo‘lishi. Bularga
pirouzum kislotasi, sut kislotasi, glitserin, aminokislotalar va
boshk.
O‘zlashtirilmaydigan uglevodlar ozuqaviy to‘qima deyiladi va quyidagi vazifalarni bajaradi:
— ichak funksiyasini jadallashtiradi;
— xolesterinni so‘rilishini oldini oladi;
— chirituvchi bakteriyalarni ingibirlaydi;
—semirishga olib keluvchi lipid almashuvni bo‘zilishini oldini
oladi;
— toksik moddalarni organizmdan chiqarib yuborishga yordam beradi;
O‘zlashtirilmaydigan uglevodlar yetishmasa yurak-qon tomir kasalligi ga olib keladi, ichak funksiyasi buziladi. Kundalik norma 20-25 gr tashkil etadi.



Download 219.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling