Mavzu: Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati


Download 22.41 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi22.41 Kb.
#1040735
  1   2
Bog'liq
Quramboyev Jahongir tezis


Mavzu:Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnati

Quramboyev Jahongir Farxodovich


Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat
Universiteti Yuridika fakulteti
308-guruh talabasi
Tel:+998978570701

Annotatsiya. Ushbu maqolada ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar mehnati,ularni ish bilan ta’minlash mahkumlarda ijtimoiy foydali faoliyat bilan shug’ullanish ehtiyojini shakllantirishdan iborat.Ularning ish va dam olish vaqti,ularning mehnatiga to’lanadigan ish haqi,mehnat haqi to’lamay ishga jalb etish,ijtomoiy sug’urta va pensiya ta’minoti haqida ma’lumotlar keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: ijtimoiy foydali faoliyat, 1 va 2-guruh nogironlari, Vazirlar Mahkamasi, ish vaqti, dam olish, haq to’lash, moddiy javobgarlik, sug’urta, pensiya, mehnat staji.
Topic: Work of persons sentenced to deprivation of liberty

Qurambayev Jakhongir Farkhodovich


Karakalpak state named after Berdak
University Faculty of Law
Student of group 308
Phone: +998978570701

Abstract. In this article, the work of persons deprived of their freedom, providing them with work consists in forming the need of prisoners to engage in socially useful activities. information about social insurance and pension provision is cited.
Key words: socially beneficial activity, 1st and 2nd group disabled people, Cabinet of Ministers, working time, rest, payment, financial responsibility, insurance, pension, length of service.

Kirish. Mahkumlarning mehnati tashkil qilishda ularning sog’ligini, yoshini, mehnatga qobiliyatini inobatga olib ishga jalb etiladi. Ularni mehnatga jalb qilishdan asosiy maqsad ularning vaqtini foydali faoliyat bilan shug’ullanishini ta’minlash, ularni mehnatga jalb qilish orqali ularni axloqan tuzalish, kelgusida jamiyatimizning munosib a’zosi sifatida shakllantirish masalasi turibdi. Ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarning mehnati ozod shaxslar mehnatidan bir qancha xususiyati bilan ajralib turadi. Masalan ozodlikdan mahrum qilingaan mahkumlar o’zlarining kasb faoliyati yoki xohishiga ko’ra ish tanlay olmaydilar. Mahkumlar mehnati vaqti mehnat qonunchiligida belgilangan eng uzaytirilgan vaqtlarda hisoblanadi. Mahkumlar mehnatiga to’lov eng kam ish haqi miqdorida belgilanadi va undan bosh tortishga mazkur shaxsning haqqi yo’q. Mahkumlarni jazolash xususiyatlari ularning mehnatlarini tashkil qilish jarayonida o’z aksini topadi. Jinoiy ijroiya kodeksida belgilanganidek ozodlikdan mahkum etilgan shaxslar odatda, shu muassasaning korxonalarda, ayrim hollarda talab darajasiga qo’riqlash va batamom ajratib qo’yish ta’minlangan taqdirda, boshqa korxonalarda mehnatga jalb etiladilar. Mahkumlarning xususiy shaxslar foydasiga mehnat qilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Mahkumlar muassasaning xo’jalik yoki savdo-sotiq ishlarida, rahbar vazifasida ishlashiga tavsiya etilmaydi. Masalan, oziq-ovqat do’koni, ombor mudiri, nazoratchisi.
Ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning axloqan tuzalishlarida mehnat qilishning ijobiy ta’siri haqiqatan ham o’rni beqiyosdir. Shu maqsadda ular bozor iqtisodiyoti sharoitidan kelib chiqqan holda zarur hollarda ish bilan ta’minlanadi.

Download 22.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling