Mavzu: Ozuqalarning uglevodga toʻyimliligi Reja: Uglevodlarning umumiy taʻrifi


Hayvonlarda suv-tuz almashinuvi va mineral


Download 28.49 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2022
Hajmi28.49 Kb.
#1018152
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Erkinov Murod

Hayvonlarda suv-tuz almashinuvi va mineral
oziqlanish
Tirik organizmlar dastlab suvda paydo boʻlgan. Shunga binoan gidrobiont organizmning tuzilishi, fiziologik xususiyatlari va moddalar almashinuvi suvning fizik va kimyoviy xususiyatlari bilan bogʻliq. Suv va quruqlik organizmlarida mavjud boʻlgan suv, unda biokimyoviy jarayonlarning borishi uchun asosiy muhit boʻlib hisoblanadi.
Hayvonlar tanasidagi suyuq toʻqima (qon, boʻshliq ichi suyuqligi)ning osmotik bosimi va ionli holati protoplazma tarkibidagi suv va erigan tuzlar miqdoriga bogʻliq boʻladi. Oziqa mahsulotlari va dissimilyasiya moddalari suyuq holda suv bilan barcha organ va toʻqimalarga olib boriladi.
Turli hayvonlarning organizmidagi suv miqdori - 46% dan 92% gacha boʻladi. Masalan mollyuskalarda 80-92%, daryo qisqichbaqasida 77%, lansetnikda-87%, itbaliqda - 93%, meduzada - 95%-ga teng.
Organizm bilan tashqi muhit orasida doimo suv va unda erigan holdagi moddalar almashinuvi boʻlib turadi. Agarda organizmdagi suv miqdori zaruriy miqdordan kamaysa, hayvon karaxt (uyqu) holga tushadi. Bordi-yu kamayish davom etsa, halok boʻlishi mumkin. Organizmning suv yoʻqotishi och qolishdan ogʻir hisoblanadi. Agar organizm och qolishi natijasida ogʻirligining 40% ni yoʻqotsa ham oʻlmaydi. Bordiyu organizmdagi suv 20% ga kamaysa u halok boʻladi.
Organizmlar oʻz tanasidagi suv va tuzlarni turli yoʻllar bilan hosil qiladi, yaʻni birinchidan, ichimlik suvi orqali, oziq-ovqat tarkibidagi suv va mineral moddalar, organizmda metabolizm jarayonida hosil boʻlgan suvlar kabi. Bundan tashqari suv hayvonlari gavda qoplagʻichlari orqali, koʻpgina hayvonlar atmosfera tarkibidagi namlikni adsorbsiya qilish orqali ham maʻlum miqdordagi suvni oʻzlariga qabul qiladi. Organizmdagi ortiqcha suv va tuzlar tashqi muhitga nafas organlari orqali bugʻlantirilib, teri, ter bezlari va maxsus ekspretor organlari yordamida chiqarib turadi.
Suv hayvonlarida suv-tuz almashinuvi. Hayvon organizmi uchun zarur boʻlgan barcha elementlar suvda mavjud boʻladi. Ushbu elementlarni hayvonlar suv oʻsimliklarini isteʻmol qilish orqali va qisman osmos yoʻli bilan qabul qiladi. Ayrim birikmalar gidrobiontlar tanasida toʻplanib boradi. Masalan, chuchuk suv hayvonlari tanasida dengiz hayvonlarinikiga nisbatan fosfor, kremniy va rux ming barobar, oltingugurt, temir, mis va yod yuz barobar, kaliy, mishyak, bor va ftor oʻn barobar koʻp toʻplanadi. Kremniy birikmalariga hayvonlar va gʻovaktanlilar boy boʻladi. Ular skeletining tarkibida kremniy moddasi 88% gacha boʻlishi mumkin. Kalsiy birikmalariga (koʻpincha ohakli) ildizoyoqlilar, koʻpgina mollyuskalar, mshankalar va marjonpoliplar boy boʻladi. Yod birikmalariga gʻovaktanlilar, ayrim marjonpoliplar boy boʻladi. Suv hayvonlari tanasida moddalar almashinuvining normal oʻtishi uchun osmotik bosimni va eritmalarning ion holatini tartibga solib turish mexanizmi mavjud. Tuzlar almashinuvi xarakteriga binoan suv hayvonlarining ikki guruhi farq qilinadi.
Birinchi guruhi poykiloosmotik hayvonlar boʻlib (aksariyat umurtqasizlar), ularda suv va tuzlarning almashinuvini tartibga solib turuvchi maxsus xususiyatlar (organlar) boʻlmaydi. Ikkinchi guruh - gomoosmotik hayvonlarda esa bunday organlar (xususiyat) aniq ifodalangan.
Poykiloosmotik hayvonlarda muhit suvining tuz miqdori oshsa, hayvon tanasidagi bir qism suv tashqariga chiqariladi va natijada hayvon gavda ogʻirligi kamayadi. Aksincha, muhit suvi tarkibidagi tuz kamaysa, hayvon tanasiga suv kirishi sababli, uning ogʻirligi oshadi. Ushbu jarayonlar tufayli hayvonlar tanasidagi suyuq toʻqima va moddalar tarkibidagi tuz miqdori ham oʻzgaradi. Natijada tananing muzlash darajasi (harakati) ham pasayadi. Ular orasida depressiya -0 yuzaga keladi. Ushbu hayvonlarga aksariyat dengiz umurtqasizlari mansub boʻladi. Lekin shuni aytish lozimki, aksariyat dengizlarning va okean suvlarining tarkibidagi tuz miqdori shu havzada yashovchi umurtqasizlarning gavda suyuqligi tarkibidagi tuz miqdoriga yaqin boʻladi.
Download 28.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling