Mavzu: Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja: Paket va kanallarni kommutatsiyalash. Paketlar kommutatsiyalanadigan tarmoqlar


Download 0.57 Mb.
bet13/18
Sana27.10.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1725980
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Mavzu Paket va kanallarni kommutatsiyalash Reja Paket va kanal-fayllar.org

Tashkiliy tarmoqlar. Shu vaqtgachan biz sukut saqlash orqali barcha oxirgi tugunlar (kompyuterlar, telefonlar, datchiklar, bajaruvchi qurilmalar) bir turdagi bir texnologiya asosida qurilgan tarmoqqa ulanadi deb faraz qilar edik. Biroq, foydalanuvchilarning turli turdagi bir necha tarmoqlarni о„zaro bog„lanishi orqali xosil bо„lgan muxit orqali muloqat qilish xolati xam kam emas. Bundek komponent-tarmoqlarni biz tarmoq ostilar deb ataymiz, vaxolanki bu atamaning

boshqa ma‟nosi xam mavjut, u bilan keyinroq tanishamiz. Tarmoq osilardagi qurilgan tarmoqlarning texnologiyalari bir-biridan farq qilishi mumkun, masalan, manzillash tizimi, foydalanilgan kadrlar о„lchami va kommutatsiyalash algoritmlari bilan. Bitta tarmoq ostida axborotlarni xarakatlantirishning deytagramma usulidan foydalanilgan bо„lsa, boshqasida esa dastlab о„rnatiladigan virtual kanallar texnikasidan foydalanilgan bо„lishi mumkun.



Turli turdagi bir necha tarmoq ostilar yordamida qurilgan tarmoq tashkiliy tarmoq yoki internet (katta xarif bilan boshlangan Internet bilan adashtirish kerak emas. Internet – bu eng taniqli va butun dunyoni qamrab olgan tashkiliy tarmoqni joriy etilgani, TSR/ IP texnologiyasi asosida qurilgan) deb ataladi.
1.36-chizmada tashkiliy tarmoqqa misol keltirilgan. Bu yerda bir korxonaga tegishli bir necha Ethernet maxalliy tarmog„i о„zaro ATM texnologiyasi asosida qurilgan provayderning global tarmog„i orqali ulangan. Ethernet maxalliy tarmoq texnologiyasi turli tarmoqlarga tegishli bо„lgan oxirgi tugunlarni bog„lash masalasini yecha olmaydi. Bu muammoni yechish uchun maxsus mо„ljallangan qо„shimcha tarmoq resurslarini jalb qilish zarurdir.


Umumiy xolda turli texnologiyalar asosida qurilgan kо„p tarmoqlarni yaxlit bir tarmoqqa ulash imkoniyatini beruvchi texnologiyani tarmoqlararo muloqot (mejsetevoye vzaimodeystviye, internetworking) texnologiyasi deb ataladi. Tarmoqlararo muloqot texnologiyasi ulangan tarmoqlar orasida maxsus dasturiy qurilma yо‘naltiruvchi (marshrutizator) deb ataluvchi qurilmani

ishlatilishini nazarda tutadi.

1.36-chizma. Tashkiliy tarmoq.
Yо„naltiruvchi kommutatorning xususiy xolda kо„rinishidir, u tarmoqlar о„rtasidagi axborot oqimlarni ulaydi. Yо„naltiruvchining vazifalaridan biri bu tarmoqlarni jismoniy ulashdir. Yо„naltiruvchi bir necha tarmoq interfeyslariga ega, u kompyuter interfeyslari kabidir, ularning xar biriga bitta tarmoq ulanishi mumkun. Yо„naltiruvchi interfeyslari ularga ulanadigan tarmoq texnologiyalarini quvvatlashlari kerak. Shunday qilib, yо„naltiruvchining barcha interfeyslarini turli tarmoqlarining tugunlari deb xisoblash mumkun.
Yо„naltiruvchini kompyuter asosida dastur yordamida joriy etish mumkun (masalan, UNIX yoki Windows tarkibida yо„naltiruvchining dasturiy moduli mavjut). Lekin kо„pincha yо„naltiruvchilarni maxsus apparat shaklida tegishli dasturiy ta‟minot о„rnatilgan shaklda joriy etiladi.
Shunday qilib, 1.36-chizmada keltirilgan tarmoqni bog„lash uchun bu barcha tarmoqlarni yо„naltiruvchilar bilan ulash kerak va shuningdek qо„shimcha dasturiy modullarni о„rnatish kerak. U modul tashkiliy tarmoq orqali bog„lanishni xoxlovchi foydalanuvchilarga, tarmoqlararo muloqot masalasini xal qilish uchun о„rnatiladi, yani barcha oxirgi tugunlarga.
Barcha tashkiliy tarmoq doirasida tugunlar axborot almasha olishlari uchun bu tugunlar barcha tashkiliy tarmoq doirasida yagona manzillarga ega bо„lishlari kerak. Bundek manzillar tarmoq yoki global manzillar deb ataladi. Tashkiliy tarmoqning boshqa tugunlari bilan axborot almashuvini xoxlagan tashkiliy tarmoqning xar bir tuguni maxalliy manzili bilan bir qatorda unga о„z tarmog„i tomonidan tayinlangan tarmoq manziliga xam ega bо„lishi kerak.
Tashkiliy tarmoq orqali uzatiladigan paketda boradigan manzil sifatida tarmoq manzili kо„rsatilishi kerak, uning asosida paket yо„nalishi aniqlanadi. Tashkiliy tarmoqda yо„nalish talab etilgan manzilga borishi uchun paket о„tishi kerak bо„lgan tarmoqlar ketma-ketligi bilan (yoki yо„naltiruvchilar) bayon qilinadi. Masalan, 1.36-chizmada uzuq chiziqlar bilan A kompyuterdan V kompyuterga axborotlar uzatilishi mumkun bо„lgan ikki yо„nalish kо„rsatilgan. Yо„naltiruvchi tarmoqlar о„rtasidagi bog„lanishlar xaqida ma‟lumot yig„adi va uning asosida kommutatsiyalash jadvalini tuzadi, ular ushbu xolda maxsus nom yо‘naltirish jadvali deb ataladi. Yо„nalish tanlash masalasini ushbu о„quv qо„llanmaning “yо„nalishni tanlash” qismida kо„rib chiqilgan.
Tashkiliy tarmoq orqali о„tadigan paket yо„lini bitta yо„naltirgichdan boshqasigachan bо„lgan oraliqni qismlarga ajratiladi, xar bir ajratilgan oraliq qismi aloxida tarmoqqa mos keladi. Ikki qо„shni yо„naltirgichlar о„rtasida о„zaro paketni uzatish uchun oraliq tarmoq vositalari ishlatiladi. Bunda jо„natuvchi – yо„naltirgich uzatiladigan paketni, ushbu oraliq tarmoq qabul qilgan mavjut formatni paketning axbortlar maydoniga “joylashtirishi” kerak. Paketni jо„natilishi

kerak bо„lgan manzili sifatida paket sarlovxasida tarmoq manzili emas, keyingi yо„naltirgich intenfeysining maxalliy manzili kо„rsatiladi. Bu ikki shartini bajarishda paketlarni yetkazish oraliq tarmoq vositalari orqali amalga oshirilishi mumkun. Paket chegara yо„naltirgichga kelgandan sо„ng, u paketni “ochib” dastlabki paketni oladi va keyingi oraliq tarmoqning transport imkoniyatlaridan foydalanish xamda paketni keyingi yо„naltirgichga yetkazish uchun oldingi yо„naltirgichda kо„rilgan tayyorgarchilik xarakatlari yana bajariladi.



Misol. Tashkiliy tarmoq ishlashi bilan xalqaro pochta xizmati о„rtasida о„xshashlikni topish mumkun, masalan DHL (1.37-chizma) kabi. Faraz qilaylik, qandaydir yukni A shaxardan D shaxarga yetkazish kerak va bu shaxarlar turli qitalarda joylashgan bо„lsin. Yukni yetkazish uchun xalqaro pochta turli xududiy yuk tashuvchilar xizmatidan foydalanadi: temir yо„l, dengiz transporti, xavo yо„li va avtomobil transportlaridan.


1.37-chizma. Xalqaro pochta xiziatining ishlashi.

Bu yuk tashuvchilarni tarmoq- komponentiga о„xshatib qarash mumkun, xar bir “tarmoq” о„z texnologiyasi asosida qurilgan. Bu xududiy yuk tashuvchilardan xalqaro pochta kompaniyasi yaxlit sozlangan ishlovchi xizmatni (tashkiliy tarmoqni) tashkil qilishi kerak. Buning uchun xalqaro pochta kompaniyasi birinchidan yuk tashuvchilar о„zgaradigan joylarda uzuluksiz ishlarni bajarilishini yо„lga qо„yish kerak (masalan, vagonlardan yukni tushirib, sо„ng uni samoletning yuk bо„limiga joylash). Yuk tashuvchilarning xar biri yukni saqlanishiga faqa о„zining yо„l qismi uchun javobgar va о„z xududidan tashqaridagi yо„l qismidagi yuk xolatiga javobgar emas.




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling