Mavzu: Pardozbop qurilish materiallarining chidamliligi. Qurilish materiallarini buzmasdan sinashning zamonaviy usullari


Download 26.49 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi26.49 Kb.
#1143696
Bog'liq
qurlish


Mavzu:Pardozbop qurilish materiallarining chidamliligi.Qurilish materiallarini buzmasdan sinashning zamonaviy usullari.
Bugungi kunda har bir soha singari qurilish sohasi ham jadal rivojlanib bormoqda.Yangidan yangi zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda . Ishlab chiqarilayotgan ushbu qurilish materiallari tufayli bugungi kunda bir biridan hashamdor va zamonaviy bino va inshootlar qurilmoqda. Bu bino va inshootlarning mustahkamligi albatta qurilish materialini toģri tanlashga boģliqdir . Hozirgi kunda mustahkam hamda zamonaviy bino va inshootlar qurish davr talabi hisoblanadi . Bino va inshootlarni qurishda ularni qurish uchun ishlatilayotgan har bir qurilish materialini òz vazifasi bor. Bino chiroyli va hashamdor kòrinishi uchun pardozbop qurilish materiallaridan foydalaniladi. Pardozbop qurilish materiallari bu bino va inshootlarni tashqi fasadini bezashda foydalaniladigan materiallar hisoblanadi. Turar joy , jamoat va sanoat binolarini qurishda pardozlovchi materiallarni tòģri tanlash muhim ahamiyatga ega. Asosan pardozlovchi material sifatida tabiiy pardozbop toshlardan qayta ishlangan plitalar , me'moriy mahsulotlar keng qòllanib kelinmoqda. Tabiiy pardozbop tosh maxsulotlaridan binolarni bezatish uchun turli xil fasad tizimlarida faol foydalanilmoqda. Tabiiy pardozbop tosh maxsulotlariga marmar , granit , gabbro va boshqa materiallarni misol qilishimiz mumkin. Hozirgi kunda Òzbekistonda 101 ta tabiiy pardozbop tosh konlari davlat zaxirasiga kiritilgan bòlib 51 ta kondan hozirda foydalanilmoqda. 2018 yilda tabiiy pardozbop tosh konlaridan jami 209,0 mln.m3 marmar, granit, gabbro va boshqalar qazib olingan. Bu 2017 yilga (131,5 mln.m3) nisbatan 37 % ga ortganligini ko‘rsatadi.2018 yilda tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 155 ta korxona tomonidan 4,5 mln.m.kv dan ortiq marmar, granit, gabbro va boshqalardan plitalar, me’moriy mahsulotlar (yo‘l va yo‘lak bordyurlari, arxitekturaviy mahsulotlar va boshqalar) ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bugungi kunda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi va viloyatlar hokimliklari tomonidan amalga oshirilgan yirik investitsiya loyihalarning ishga tushirilishi natijasida respublika hududida tabiiy pardozbop toshlarni qayta ishlashga ixtisoslashgan 200 dan ortiq korxonalar faoliyat yuritmoqda.2019-2021 yillarda tabiiy pardozbop toshlarni (marmar, va boshqalar) qazib olish, qayta ishlash bo‘yicha bir qator investitsion loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Natijada yillik ishlab chiqarish quvvati qariyb 3,0 mln. metr kvadratni tashkil etadi. Bundan tashqari shuni aytib òtish joizki bugungi kunda yangidan yangi pardozbop qurilish materiallari ishlab chiqarilmoqda . Bunday materiallarga quydagilarni misol qilishimiz mumkin 1. Travertin 2. Fasad penoplast 3. Fasadbop marmar plitka 4. Marmar qirindilari 5. Fibrosement va boshqalar. Travertin ( fransuzcha travertin)-kaltsiy korbanat minerallari natijasida hosil bo’lgan cho’qindi tog’ jinslaridan hosil bo’lgan . Asosiy xossalari :suv o’tkazuvchanligining nisbatan yuqori foiziga qaramay ,tabiiy travertin sovuqqa chidamli xususiyatlarga ega va bardoshlidir ,ovoz o’tkazish xususiyatlariga ega. Travertin zichligi -2.5-2.74 g/sm3 gacha bo’ladi. Issiqlik o’tkazuvchanlik koffitsienti 2-2.5 W/mC0 ga teng. G’ovaklilik – 8.2 %. Og’irligi bo’yicha suvni yutish -1.7 % . Mustahkamligi -47 Mpa. Travertin ko'pincha qurilish materiali sifatida ishlatiladi . Odatda zaiflik tekisliklari yo'q va uning yuqori porozligi uning kuchi uchun engil vaznga ega bo'ladi, yaxshi issiqlik va akustik izolyatsiyalash xususiyatlarini beradi va ishlashni nisbatan osonlashtiradi. Zich travertin jilolanganda ajoyib dekorativ tosh hosil qiladi. Rimliklar ibodatxonalar, yodgorliklar, suv quvurlari, hammom majmualari va Kolizey kabi amfiteatrlarni qurish uchun travertin konlarini qazib olishgan dunyodagi eng katta bino, asosan travertindan qurilgan. Quydagi 1-rasmda travertinni zamonaviy kòrinishlari kòrsatilgan:. Fasadbop penoplst bino va inshootlarning fasad qismi uchin pardozlash maqsadida qòllanilib kelayaotgan zamonaviy qurilish materiali hisoblanadi.Asosiy xossalari:, issiqlik òtkazuvchanligi, suv shimuvchanligi- 0.02 , buģ òtkazuvchanligi -0.05 , exspluatatsion Fasadbop marmar plitka bu material ham asosan pardozlash maqsadida foydalaniladi.Metamorfik toģ jinsi hisoblanadi. Zichligi 2650-2900 kg/ m3, ģovakliligi 0.5- 1.5% , mustahkamlik chegarasi 80-300 Mpa , issiqlik òtkazuvchanlik koffitsienti 2.2-2.8 Fasadbop marmar plitkalar: Marmar qirindilari bu marmar chiqindilari va parchalari hisoblanadi. U dekorativ , tòldirish va montaj qilish ishlari uchun qòllaniladi. Yemirilishga chidamli , quyosh nuriga sònmaydi , har qanday ob-havoga qarshilik kòrsata oladi. Uzoq umr kòrish xususiyati bilan ajralib turadi marmar qirindilari kòrsatilgan: Xulosa qilib shuni aytib òtish mumkinki hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy pardozbop qurilish materiallari bir qancha avfzalliklarga egadir. Bunday qurilish materiallaridan foydalanish natijasida bugungi kunda zamonaviy , mustahkam va hozirgi zamon talablariga tòliq javob bera oladigan yuqori sifatli dekorativ bino va inshootlar qurishimiz mumkin. Qurilish materiallari - binolar (inshootlar) qurish va taʼmirlashda ishlatiladigan tabiiy va sunʼiy ashyolar hamda buyumlar. Umumiy ishlarga moʻljallangan (mas, sement, beton, yogʻoch materiallar) va maxsus (mas, akustika materiallari, issiklik izolyatsiya materiallari, oʻtga chidamli materiallar) xillari bor. Þttttyggóū Texnologik va ekspluatatsiya alomatlariga koʻra quyidagi asosiy guruhlarga boʻlinadi. Tabiiy tosh materiallar — mexanik ishlov beriladigan togʻ jinslari (qoplama plitalar, chaqiq tosh, shagʻal va boshqalar). Keramik materiallar va buyumlar — tuproqli xom ashyolardan qoliplash, pishirish yoʻli bilan tayyorlanadi (qarang Keramika, Gʻisht). Anorganik bogʻlovchi moddalar — suv bilan aralashganda plastik boʻtqaga, keyin toshsimon holatga aylanadigan kukunsimon materiallar (sement, gips, ohak va boshqalar). Beton va qorishmalar — bogʻlovchi moddalar, suv va toʻldirgichlar aralashmasidan olinadigan, maʼlum fizik-me-xanik va kimyoviy xossalarga ega boʻlgan tabiiy tosh materiallar. yirik oʻlchamli yigʻma konstruksiyalar va buyumlar tayyorlashda yengil betonlar ishlatiladi. Konstruktiv elementlarning egilish va choʻzilishga mustahkamligini oshirish uchun beton poʻlat armaturalar bilan birgalikda tayyorlanadi (qarang Temirbeton, Temir-beton konst-ruksiyalar). Metallardan qurilishda, asosan, poʻlat prokatlar ishlatiladi. Poʻlatdan armaturalar, bino karkaslari (sinchlari), quvurlar, trubo-provodlar, yopma materiallar va boshqa tayyorlanadi. Shu bilan birga alyuminiy qotishmalaridan ham foydalaniladi. Issiqlik izolyatsiya materiallari (mineral paxta, penobeton, asbest, penoshisha, fib-rolit va boshqalar) bino, inshoot, sanoat jihozlarining oʻraladigan konst-ruksiyalari uchun, quvurlarning issiklik izolyatsiyasi uchun ishlatiladi. Organik bogʻlovchi moddalar va gidroizolyatsiya materiallari — bitumlar, ruberoid, tol, asfalt-beton va boshqa Polimeryaarta sin-tetik polimerlar asosida tayyorlanadigan materiallarning katta guruhi kiradi. Ular pollarga toʻshashda (li-noleum, relin va boshqalar), konstruksion va pardozlash materiallari (shisha-plastlar, bezak plyonkalar), issiqlik va tovush izolyatsiya materiallari (pe-noplasshlar, shishaplastlar) sifatida ishlatiladi. L o k va boʻyoqlar — boʻyaladigan konstruksiya sirtida bezak va himoya qoplamasi hosil qiladi. Ular organik va anorganik bogʻlovchi moddalar asosida tayyorlanadi. Bulardan tashqari Qurilish materiallariga shisha (oyna) va plastmassalar ham kiradi.Oʻzbekistonda Qurilish materiallaridan sogʻtuproq, sement, alebastr, ganch, qum, shagʻal, marmar va yogʻoch mavjud. Qurilish materiallari uchun Uzbekiston Respublikasi standartlarida jami 120 tadan koʻp standart qabul qilinganRespublikamizda hozirgi kunda raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.Bunda tarmoqni jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mahalliy mineral xomashyo resurslarini qayta ishlashga investitsiyalarni jalb qilish va qurilish materiallarini eksport qilish hajmlarini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.Hozirgi kunda aholini arzon turar joy bilan ta'minlash, ijtimoiy soha ob'ektlari, noturar va aholi turar joylari uchun sifatli, arzon, yangi turdagi qurilish materiallariga talab va taklif tobora ortib bormoqda.Bunyodkorlik ishlari qiymatining 55-60 foizini qurilish materiallari tashkil etishi, zamonaviy me'morchilik yangi, sifatli, arzon, engil va zilzilabardosh, innovatsion mahsulotlarni talab qilishi inobatga olinsa, qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasi taraqqiyoti va ahamiyatini his qilish, anglash qiyin emas. Xususan, hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko'lamdagi qurilish va bunyodkorlik ishlari qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishni taqozo qilmoqda.Respublikada qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish maqsadida 2019 yil 20 fevralda O'zbekiston Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi hamda 2019 yil 23 mayda “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi qarori qabul qilindi, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish bo'yicha barqaror o'sish sur'atlarini ta'minlash, shuningdek, korxonalarni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilashga qaratilgan qurilish materiallari sanoatidagi tarkibiy o'zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish uchun “O'zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tashkil etildi.2019-2025 yillarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qazib olish va qayta ishlash asosida qurilish industriyasi xomashyo bazasi hajmlarini oshirish — 13,1 million tonna ohaktosh, 1,8 million tonna gips, 1 million tonna loysimon komponent, g'isht xomashyosi, 0,1 million tonna kvarts qumi, 5,6 million kub metr ko'chgan tog' jinslari (bazal`t), tosh-shag'al ishlab chiqarish rejalashtirilgan.Gulqog'oz ishlab chiqarish hajmini 47 barobar, yig'ilgan parket panellari va plitalarni 19 barobar, yog'och qirindili plitalar hamda yog'och va boshqa yog'ochbop materiallardan tayyorlangan plitalarni 15 barobar, gazobeton bloklarni 7 barobar, lok-bo'yoq materiallari hamda energiya va issiqlikni tejovchi float-texnologiya asosida ishlab chiqarilgan arxitektura-qurilish oynasini 4 barobar, bazal`tdan tayyorlanadigan kompozit armaturani 3 barobar va tsement ishlab chiqarishni 2 barobar oshirish ko'zda tutilgan.Qurilish materiallari sanoatida joriy yilda 22 trillion so'mlik mahsulotlar ishlab chiqarishga zamin yaratilgan bo'lib, 14,5 million tonna sement, 23 million kvadrat metr qurilish oynasi, 60 million kvadrat metr gipsokarton, 1 million kub metr gazobeton bloklar kabi qurilish materiallari ishlab chiqariladi.
Bu, o'z navbatida, nafaqat ichki bozorni ta'minlash, balki xorijiy davlatlarga eksport qilishga ham imkoniyat yaratmoqda. Joriy yilda Afg'oniston, Ozarbayjon, Turkiya, Rossiya va Ukraina kabi davlatlarga 300 million dollarlik bazal`t rovinglar, polisterol plitalar (penopleks), PVX pol qoplamalari, lok-bo'yoq uchun pigmentlar, engil metall ­konstruksiyalar kabi yangi turdagi mahsulotlar eksport qilindi. Tarmoqda tejamkor energiya texnologiyalarining joriy etilishi natijasida “quruq” usulda sement ishlab chiqarish hajmi 61 foizdan 80 foizgacha oshirildi. Qurilish oynasi ishlab chiqarishda esa energiya sarfini ikki baravar qisqartirishga erishiladi.Prezident qarori asosida uyushma raisining ilm-fan va innovasiyalar bo'yicha birinchi o'rinbosari lavozimi joriy etildi. Uyushma huzurida Qurilish materiallari sanoati ilmiy-texnikaviy kengashi tuzilib, uning asosiy vazifalari belgilab berildi.Bu kengash faoliyati muntazam yo'lga qo'yilgan bo'lib, hozir MDF plitalar, modifikasiyalangan serobeton, yuqori sifatli sement klinkerlari, polivinilxlorid buyumlar, shuningdek, bazal`t, zoloshlak va texnogen chiqindilardan zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishga qaratilgan innovasion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishga kirishilgan. Bunga 14 ta ilmiy-tadqiqot, 7 ta oliy ta'lim muassasasi, “Yashnobod” innovasion texnoparkining 4 ta rezidenti va 2 ta startap tashkilot, jami 26 ta ilmiy-innovasion faoliyat sub'ekti jalb etilgan.Ta'kidlash joizki, hozirgi kunda ilmiy fao­liyatga oid davlat dasturlari doirasida qurilish materiallari yo'nalishi bo'yicha umumiy qiymati 16,2 milliard so'mdan iborat 34 ta ilmiy-tadqiqot, innovasion va startap loyiha amalga oshirilmoqda.2019-2020 yillarda uyushma huzuridagi Ilmiy-texnikaviy kengashda ko'rib chiqish uchun 10 ta yo'nalish bo'yicha jami 42 ta innovasion loyiha taqdim etilgan.Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan e'lon qilingan va o'tkazilgan tanlov natijalariga ko'ra, Ilmiy-texnikaviy kengashda umumiy moliyaviy hajmi 10,605 milliard so'mlik 8 ta innovasion lo­yiha (klinkerli sement, azbozuritdan asbest olish, zolobeton, yangi bog'lovchilar olish texnologiyasi) ijobiy baholanib, moliyalashtirishga tavsiya etildi. Ushbu texnologiyalar vositasida energiyani tejaydigan, atrof-muhitga etkaziladigan zararni minimallashtiradigan, eksportbop va import o'rnini bosuvchi yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqarishga joriy etilmoqda. Jumladan, azbozurit ichidan asbestni saralab olish texnologiyasini qo'llash natijasida respublikaga kirib kelayotgan asbest miqdorini kamaytirish, shifer tannarxini pasaytirish, Ohangaron, Quvasoy, Bekobod va Angren zonasida to'planib qolgan 2 million tonna azbozurit chiqindisini qayta ishlab, tonnasidan 15 foizgacha asbest moddasini ajratib olish imkoniyati yaratilmoqda. Dastlabki hisob-kitoblar natijasida asbest importining o'zidan 40 million AQSH dollari miqdoridagi mablag'ni iqtisod qilish nazarda tutilgan. Bundan tashqari, neft` va gazni qayta ishlash hamda rangli metallurgiya sanoatida hosil bo'lgan va katta miqdorda to'planib qolgan oltingugurt chiqindisidan mustahkam, sovuqqa va suvga chidamli hamda yopishqoq, avtomobil` yo'llarini qurishda qo'llaniladigan oltingugurtli yo'l qoplamasi texnologiyasi yaratiladi.Serobetonning siqilish mustahkamligi 85-102 MPa (tsement 20-40 MPa)ni, qotish vaqti 1-1,2 soatni (tsementda 28 kun) tashkil etadi. Moliyalashtirishga tavsiya etilgan boshqa loyihalar ham yangi turdagi qurilish materiallarini ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishga qaratilgan.O'tgan davr, ya'ni 2019-2020 yillarda qurilish materiallari sanoati sohasidagi tub islohotlar natijasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan yangi turdagi innovasion, eksportbop va import o'rnini bosuvchi qurilish materiallari — gulqog'oz, suyuq gulqog'oz, zoloblok, gazoblok, penoblok, polistrolblok, kompozit (asbestsiz) shifer, o'tga chidamli g'isht, yumshoq tom yopqich materiallari, izolyasiyalash materiallari va mahsulotlari (bazal`tli, mineralli, toshdan olingan), bazal`tdan armatura, tola, to'r, frita (kafellarga rang berishda ishlatiladigan xomashyo), dekorativ bo'yoqlar, mozaika (toshli, shishali va keramikali), sport va maishiy linoleum, shisha tolasi, shisha tolasidan to'r, gid­roizolyasiya materiallari, geotekstil`, geomembrana, bentonit mat (to'shama), geoto'r, geopanjara va geokompozit kabi mahsulotlarni ishlab chiqarish o'zlashtirildi. Bugungi kunda respublikada 31 ta korxonada zamonaviy va energiyani tejaydigan qurilish materiallaridan gazobeton bloklar (yillik ishlab chiqarish quvvati 1 032 ming kub metr), 6 ta korxonada penobeton bloklar (yillik ishlab chiqarish quvvati 40 ming kub metr) ishlab chiqarish yo'lga qo'yilgan. Shuningdek, gazobeton bloklarni (yillik ishlab chiqarish quvvati 885,4 ming kub metr) ishlab chiqarilgan.
Download 26.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling