Mavzu: Parmalash va portlatish ishlari Reja Gidrotexnika inshootlari qurilishida Burg‘ilash ishlari
Download 120.22 Kb.
|
Mavzu . BURG‘ILASH - PORTLATISH ISHLARI
Burg‘ilash ishlariBurg‘ilash ishlariga geologik qidiruvlarni, karyerlarni hamda skala va muzlagan gruntlarda portlatish yo‘li bilan qazilma hosil qilishda, gidrotexnik inshootlar asosida suv filttryatsiyasiga qarshi qurilmalar va asoslarni mahkamlash maqsadida gruntda shpura va quduq qazish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar kompleksi kiradi. Shpura- bu silindirik shakldagi qazilma bo‘lib shartli ravishda diametri 75 mm gacha va chuqurligi 5 m gacha bo‘ladi, undan katta o‘lchamdagi xuddi shu shakldagi qazilmani- quduq deb tushiniladi. Burg‘alish ishlarning samaradorligi tog‘ jinsini bo‘shatish usulini va jihozini to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Amaliyotda tog‘ jinslarini bo‘shatishda burg‘alish usuli va qurilmalaridan foydalaniladi. Tog‘ jinislarini bo‘shatishning mexanik, fizika-ximiyaviy va kombinatsiyalashgan yo‘llari mavjud(3.1- jadval). Qurilish amaliyotida jinslarni mexanik bo‘shatishning usullari ko‘proq tarqalgan. Bunda pnevmatik va gidravlik burg‘u bolg‘alari, burg‘ilashning zarbali aylantirish stanoklari hamda elektrsverlolar, sharoshkali va shnekli burg‘ilash agregatlari qo‘llaniladi. Aylantirma burg‘ilash. Aylantirma burg‘ilashda jins qirqqich bilan ishqalash va suqish (skalivaniye) bilan yumshatiladi va bir vaqtda chiqarib tashlanadi. Amaliyotda kolonkali, rotorli va shnekli aylantirma burg‘ilash mavjud. 3.1-jadval Burg‘ilashida tog‘ jinslarini bo‘shatish.
Kolonkali burg‘ilash amaliyotda qidiruv ishlarida jinsdan namuna olish maqsadida qo‘llaniladi. Bunda jins namunasining strukturasi buzilmagan bo‘lishi kerak. Shu sababli jinsni yumoloq shaklda qirqib olinadi. Bu ishni bajarishda burg‘ilash kolonkasining uchi almazli yoki boshqa qattiq qo‘yma qotishmadan yasaladi. Uni ishlatishda kolonkaning ikkinchi tomoni burg‘u kolonnasi (quvurlar seksiyalaridan iborat, har bir seksiya uzunligi 1-1,5 m) bilan ulanadi, qazish chuqurligi oshib borishi bilan uzaytirib boriladi. Bo‘shatilgan shlamni yuvib chiqarish uchun quvurlar tashqarisidan suv yuboriladi. Shlam esa quvur ichidan ko‘tariladi va tashqariga chiqariladi. Boshqa variantda kolonka ichiga bo‘shatilgan jins to‘lgandan so‘ng uni ko‘tarib yer yuziga chiqariladi va bo‘shatiladi, undan namuna jins olinadi. Almazli koronka bilan burg‘ilashda uning diametri 45-350mm, chuqurligi 300 m gacha yetishi mumkin. Rotorli sharoshkali burg‘ilash. Bunda quduq ko‘ndalang kesimi bo‘yicha burg‘ilash nakonechnigi bilan jinsni bo‘shatiladi. Burg‘ilash instrumenti doloto (koronka), po‘lat quvurlar yoki shtangadan iborat. Po‘lat quvurlarda ikkita teshik mavjud, ya’ni havo va suv jins aralashmasini o‘tkazuvchi kanallaridan iborat. Shtanga esa ichki kanali (teshigi) orqali havo yuborishga mo‘jallangan bo‘ladi. (3.1.rasm). Rotorli burg‘alish stanoklari quduqni tik va kichik qiyalik (300 gacha) holatida burg‘ilashi (qazishi) mumkin. Ularning qazish diametri 400 mm va chuqurligi 40 m gacha bo‘ladi. Bunda jinsni bo‘shatish burg‘ilash kolonnasini uch qisimga o‘rnatilgan tishli sharoshkalar (tishli shesternalar) ni jinsga vertikal kuch ostida aylanishi natijasida uning strukturasi buziladi. Maydalangan jins bosimli havo yoki suv yordamida quduqdan chiqarib tashlanadi. Bu bir vaqtning o‘zida sharoshkalarni sovitish vazifasini ham bajaradi. Sharoshkali burg‘ilash mustahkamligi YI – IX guruh gruntlarida qo‘llaniladi. Sharoshkali burg‘ilashda qo‘llaniladigan sanoat mexanizmlari mavjud (3.2.-jadval). Download 120.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling