Mavzu. Patentni olish, uni to’xtatish va tiklash tartibi Munozara uchun savollar


Tasavvur qiling N.R. Boboqulova yuridik maslahat so’rab sizga murojaat qildi. Siz malakali advokat sifatida unga qanday yo’l-yo’riq ko’rsatgan bo’lar edingiz ?


Download 43.89 Kb.
bet2/5
Sana17.06.2023
Hajmi43.89 Kb.
#1519578
1   2   3   4   5
Bog'liq
KEYSLAR 1

Tasavvur qiling N.R. Boboqulova yuridik maslahat so’rab sizga murojaat qildi. Siz malakali advokat sifatida unga qanday yo’l-yo’riq ko’rsatgan bo’lar edingiz ?



  1. mavzu. Patent egasining huquqlarini o’tkazish to’g’risidagi shartnomalar

Mavzuga oid keyslar
Keys №1
XIX asr ingliz yozuvchisi Charlz Dikkens o’z vasiyatnomasida barcha shaxsiy hujjatlarini qaynsinglisi Jorjina Xogartga meros qilib qoldirgan. U o’zining ko’chmas va shaxsiy mulkining qolgan qismini, shu jumladan uning mualliflik huquqlarini ham bolalariga qoldirdi. Mazkur mulk tarkibida Dikkens o’z farzandlarining foydalanishlari uchun yozgan va nashr etmoqchi bo’lmagan “Masihning hayoti” nomli qo’lyozma asari ham bor edi. Biroq Dikkensning o’limidan bir necha yil o’tgach, tirik qolgan oilaning ishonchli vakili qo’lyozmaning mualliflik huquqini nashriyotga sotdi va nashr etiladigan kitobning asosi sifatida foydalanish uchun unga asl qo’lyozmaning fotonusxasini berdi.
Savol tug’iladi: Xogartning merosxo’rlari, Dikkens farzandlarining merosxo’rlari yoki har ikki merosxo’rlar ham nashriyot shartnomasi bo’yicha pul olish huquqiga egami? Agar ikkalasi ham huquqqa ega bo’lsa, ular qanday qilib pulni bo’lishadi?


Keys №2
Solijonov 3 yil mobaynida seleksiya yutug’idan foydalanmadi. Husanov Solijonovga litsenziya shartnomasi tuzishni taklif etdi, ammo Solijonov rad javobini berdi. Husanov majburiy litsenziya so’rab, sudga murojaat qildi. Sizningcha, Solijonovning harakatlari to’g’rimi?
Vaziyatga huquqiy baho bering.


8-mavzu. Seleksiya yutuqlari, integral mikrosxemalartopologiyasi va ishlab chiqarish sirlariga (nou-xau) bo’lgan huquq tushunchasi va mohiyati
Keys №1
Azizov o’z laboratoriyasida o’z faoliyatini olib boruvchi Valijonovga yangi o’simlik navini yaratish bo’yicha xizmat topshirig’ini berdi. Valijonov o’z xizmat topshirig’ini bajargan holda yangi o’simlik navini yaratdi. Ammo boshlig’i Azizov unga bu uning ish faoliyatidagi vazifasi ekanligini aytib, unga hech qanday haq to’lamadi. Azizov 5oy davomida Patent idorasiga yangi o’simlik navi uchun talabnoma ham topshirmadi. Valijonov bu ish yuzasidan sudga murojaat qildi.

Download 43.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling