Mavzu. Patentni olish, uni to’xtatish va tiklash tartibi Munozara uchun savollar
Download 43.89 Kb.
|
KEYSLAR 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Vaziyatga huquqiy baho bering. Keys №5
- Vaziyatga huquqiy baho bering. Keys №6
Vaziyatga huquqiy baho bering.
Keys №4 X ismli shaxs kemaga bomba qo’ygan ekipaj a’zosi Erich Spehlning qo’poruvchiligi natijasida 1936-yilda sodir bo’lgan Hindenburg havo kemasining halokatini taxmin qilib kitob yozdi va nashr etdi. Javobgar kinokompaniya Xning mazkur kitobini bilgan holda, xuddi shu nazariyaga asoslangan va kitob bilan bir xil voqealarni tasvirlaydigan film ishlab chiqardi. Biroq, Xning mualliflik huquqining buzilishi haqidagi da’vosi qanoatlantirilmadi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Keys №5 A&M Records va boshqa da’vogar ovoz yozish kompaniyalari o’z musiqa yozuvlarida mualliflik huquqiga egalik qilishar edi. Javobgar Napster har kimga tizimga kirish, veb-sayt katalogidagi musiqa faylini topish, boshqa abonent kompyuterining qattiq diskiga kirish va kerakli faylni o’z kompyuteriga yuklab olish imkonini beradigan veb-saytni boshqarardi. Da’vogarlar javobgarning mazkur veb-sayti ularning mualliflik huquqlarini buzuvchi ekanligi to’g’risidagi ariza bilan sudga murojaat qilishdi. Sud individual foydalanuvchilar da’vogarlarning mualliflik huquqlarini buzgan deb topdi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Keys №6 Yakka tartibda imorat soluvchi shaxs agar Kanadaning Edmonton shahri rejani qabul qilmasa, mazkur rejadagi “mulk” shaharga o’tishini nazarda tutuvchi shartnoma bo’yicha, ushbu shaharni qayta qurish rejasini ishlab chiqish uchun 130 000 dollar miqdorida mablag’ sarfladi. Shahar yuqorida aytib o’tilgan rejani qabul qilishga majbur emas edi va qabul ham qilmadi. Biroq, Edmonton shahri o’z mansabdor shaxslari tomonidan ishlab chiqilgan va yakka tartibda imorat soluvchi shaxs rejasining muhim qismlarini o’z ichiga olgan boshqa rejani qabul qilishga kirishdi. Yakka tartibda imorat soluvchi shaxs mualliflik huquqini buzganlik uchun shaharni sudga berdi. Edmonton shahri esa shartnoma unga yakka tartibda imorat soluvchi shaxsning mualliflik huquqini bermaganligi, faqat jismoniy rejalarda mulk huquqini berganligini tan oldi. Sud mazkur vajlarni hisobga olib rejadagi mualliflik huquqini buzgani uchun shahar tomonidan yakka tartibda imorat soluvchi shaxsga katta miqdorda tovon to’lanishi haqida qaror qabul qilishi mumkinmi? Download 43.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling