Mavzu. Patentni olish, uni to’xtatish va tiklash tartibi Munozara uchun savollar


Download 43.89 Kb.
bet3/5
Sana17.06.2023
Hajmi43.89 Kb.
#1519578
1   2   3   4   5
Bog'liq
KEYSLAR 1

Vaziyatga huquqiy baho bering.
Keys №2
Yaminov yangi integral mikrosxema yaratdi. Salimov Yaminovga integral sxema uchun texnik, tashkiliy va moddiy jihatdan yordam berdi. Yaminov Patent idorasiga integral mikrosxemaga patent olish maqsadida talabnoma topshirdi. Bundan xabardor bo’lgan Salimov bundan norozi bo’ldi, u bu integral mikrosxemaga texnik, tashkiliy va moddiy jihatdan yordam ko’rsatganligini vaj qilib, uni ham muallif sifatida tan olishini talab qildi. Yaminov buni rad etdi. Salimov integral mikrosxema uchun uni ham muallif sifatida e’tirof etilishini so’rab, sudga murojaat qildi.
Vaziyatga huquqiy baho bering.


Keys №3
Aytaylik, ixtirochi A yangi ishlab chiqarish jarayonini ishlab chiqadi va undan tijorat maqsadlarida foydalanadi. Ixtirochi A patent himoyasini olishni tanlamaydi, aksincha, bu jarayonni tijorat siri sifatida saqlaydi. Ko’p yillar o’tgach, ixtirochi B mustaqil ravishda bir xil ishlab chiqarish jarayonini ishlab chiqadi va darhol ushbu ixtiroga da’vogarlik qiluvchi patent arizasini topshiradi. Bunday sharoitda ixtirochi A ning tijorat siridan foydalanishi Bga patent olishga to’sqinlik qilmaydi. Bundan tashqari, agar Patent idorasi talabnomasini ma’qullagan bo’lsa, ixtirochi A huquqbuzarlik uchun javobgar ixtirochi B unga qarshi da’vo arizasi berishi kerak.
Vaziyatga huquqiy baho bering.


9-mavzu. Individuallashtirish vositalariga (tovar, xizmat) bo’lgan huquqlar
tushunchasi va mohiyati
Mavzuga oid kazual holatlarni guruh doirasida muhokama qiling.
Keys №1
Da’vogar “A” MChJ javobgar “I” kompaniyasiga nisbatan xo’jalik sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, kompaniya nomiga “INTEL” tovar belgisi uchun berilgan 8853-sonli guvohnomaning amal qilishini muddatidan oldin tugatishni so’ragan.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, 1990-yil 19-iyulda Davlat patent idorasida “I” kompaniyasi nomiga “INTEL” tovar belgisi ro’yxatdan o’tkazilib, 8853-sonli guvohnoma berilgan. Biroq, “I” kompaniyasi “INTEL” tovar belgisi uchun guvohnoma olgan vaqtdan da’vo kiritilgunga qadar, ya’ni 2014-yilgacha bu nomdagi mahsulotni O’zbekiston Respublikasiga olib kelmagan yoki shu yerda ishlab chiqarib sotuvga chiqarmagan.
Shu sababli, “A” MChJ sudga murojaat qilib, “I” kompaniyasi “INTEL” tovar belgisidan besh yil mobaynida uzluksiz foydalanmaganligini inobatga olib ushbu tovar belgisi uchun berilgan guvohnomaning amal qilishini muddatidan oldin tugatishni so’ragan.
Bu holatda sud qanday qaror qabul qilishi lozim. “INTEL” tovar belgisining O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk departamenti tomonidan hammaga ma’lum tovar belgisi sifatida ro’yxatga olinish tartibini tahlil qiling.


Keys №2
Da’vogar “S” MChJ xo’jalik sudiga da’vo arizasi murojaat qilib, javobgar “C” (C.A.T.I.A.) MChJga muayyan harakatlarni bajarish, ya’ni ommaviy axborot vositalari va internetda “Silk Road Destinations” tovar belgisi ostida turistik xizmatlar tashkillashtirilishi bo’yicha xizmatlar reklamasini bekor qilish, “ZONDA BUS” turistik transport vositalaridan noqonuniy ishlatilayotgan “Silk Road Destinations” tovar belgisini olib tashlash, turistik xizmatlarni reklama qilish uchun tayyorlangan har qanday qayd etilgan tovar belgisi tasvirlarini yo’q qilish majburiyatini yuklashni so’ragan.
Ishga “Katia - Silk Road Destinations” MChJ nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs sifatida jalb qilingan.
Ish ko’rilishi jarayonida javobgar “Central Asia Tours Incoming Agency” (C.A.T.I.A.) MChJ qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilib, O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan “Silk Road Connections Group” MChJga 2008-yil 16-aprelda “Silk Road Destinations” tovar belgisidan foydalanish uchun berilgan guvohnomani haqiqiy emas deb topishni so’ragan.
Ish hujjatlaridan aniqlanishicha, “Katia - Silk Road Destinations” MChJ yuridik shaxs sifatida Samarqand shahar hokimligida 2008-yil 4-fevralda davlat ro’yxatidan o’tgan. Biroq, ushbu MChJ mustaqil yuridik shaxs bo’lib, “Katia - Silk Road Destinations” nomi bilan o’z faoliyatini boshlagan bo’lsada, O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi tomonidan “Silk Road Connections Group” MChJga 2008-yil 16-aprelda “Silk Road Destinations” tovar belgisidan foydalanish uchun guvohnoma berilgan.
“Katia - Silk Road Destinations” MChJ va “Central Asia Tours Incoming Agency” (C.A.T.I.A.) MChJ o’rtasida litsenziya shartnomasi tuzilib, 2009-yil 3-avgustda O’zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasidan ro’yxatdan o’tkazilgan. Unga ko’ra, “Katia - Silk Road Destinations” MChJ “Central Asia Tours Incoming Agency” (C.A.T.I.A.) MChJga
MGU 17964-sonli tovar belgisidan va guvohnomasidan foydalanish huquqi berilgan. Mazkur shartnomaga asosan “Central Asia Tours Incoming Agency” (C.A.T.I.A.) MChJ o’z faoliyatini amalga oshirishda, ya’ni turistik xizmatlarni tashkillashtirishda va reklamalarda “Silk Road Destinations” tovar belgisidan foydalanib kelgan.
Shu sababli, “Silk Road Connections Group” MChJ sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan. O’z navbatida, “Central Asia Tours Incoming Agency” (C.A.T.I.A.) MChJ ham litsenziya shartnomasiga asosan tovar belgisidan foydalanish huquqi mavjud bo’lganligi va da’vogarga “Silk Road Destinations” tovar belgisidan foydalanish uchun guvohnoma qonun hujjatlariga zid ravishda berilganligi uchun uni haqiqiy emas deb topishni so’ragan.
Vaziyatni Fuqarolik kodeksi va “Tovar belgilari, xizmat ko’rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni normalariga asosan tahlil qilgan holda sud qarori loyihasini tayyorlang.



Download 43.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling