Mavzu: Paxta dalalarining yig`im terimga tayyorlash texnologiyasi
Download 185.04 Kb.
|
1 2
Bog'liqPaxta dalalarining yig`im terimga tayyorlash texnologiyasi
Mavzu: Paxta dalalarining yig`im terimga tayyorlash texnologiyasi Reja:
2)paxta yig’ish mashinalari klassifikatsiyasi 3)paxta terish mashinalari tuzilishi. Hosili pishib yetilgan dalalarning chetlarida mashina uchun burilish yo’laklari qoldiriladi,o’qariqlar tekislanadi; -go’za barglari defoliatsiya qilinadi; Mahalliy tuproq va iqlim sharoitlariga qarab,pahta hosili turli mintaqalarda har hil texnologiya bo’yicha yig’ishtiriladi.Lekin respublikamizda qo’llaniladigan texnologiyalarning asosini quydagilar tashkil etadi: -qurigan bargla rto’kilib ,hosil 60%(gorizantal shpindelli mashina bilan terganda 85-90%)atrofida ochilgandan so’ng,birinchi terim,qolgan qismi ochilgandan so’ng ikkinchi terim boshlanadi; -hosil qoldiqlari maxsus mashinalarda yoppasiga yig’ilib qisman tozalanadi; -iqlim sharoiti paxtaning to’liq ochilishiga imkon beradigan joylarda hosilni bir marta yig’ishtirish bilan cheklaniladi. 1.ochilgan paxtani teradigan mashinalar,ya’ni paxta terish mashinalari. 2.paxta xosili qoldiqlarini yig’ishtiradigan hamda tozalaydigan,yerga to’kilgan paxtani yig’ishtiradigan,ko’sak teradigan va chuviydigan mashinalar. 3. dalani g’o’zapoyadan tozalaydigan mashinalar:g’o’zapoyani sug’urib olib,dala chetiga chiqaradigan yoki uni o’rib maydalab dalaga sochib ketadigan mashinalar. Paxta yig’im terimida bajaradigan ish bo’yicha ishlatiladigan mashina quydagilarga bo’linadi: Vertikal shpindellipaxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi Vertikal shpindellipaxta terish mashinasining tuzilishi va ishlashi Vertikal (tik) shpindelli paxta terish mashinalari ochilgan chanoqlardagi paxtani terish uchun mo’ljallangan. Paxta terish mashinasining asosiy qismi quydagilardan iborat.(1-rasm) Terish apparatlari bloki (8), yig’gich (7),rama(11),bunker(6), tozalash barabani (4),boshqaruv maydonchasi (12) mashinani yuvish tizimi ,elektr jixozlari, gidrotizm ,uzatish va yurgizish moslamalari. Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi Gorizontal shpindelli paxta terish mashinasi shpindelli barabanlar, ajratkichlar, terilgan paxtani uzatish moslamasi, bunker kabi qismlardan iborat. Bu mashinavertikal shpindelli mashinadan shpindelli barabani, ajratkichi vashpindellarini yuvib tozalash moslamasini tuzilishi bilan tubdan farq qiladi. Mashinaning g’o’za teradigan qismlari maxsus to’skichlar bilan yopilgan bo’lib ochilgan paxtani to’kilishdan saqlaydi.G’o’za shoxlarini barabanlar oralig’iga uchun terish apparati shoxlarni ko’targich va yo’naltirgich bilan jixozlangan. Mashinaning ishchi qismlariga traktorning quvvat olish validan tarqatish reduktori orqali harakat uzatiladi.Terilgan paxta havo so’rish tizimiyordamida bunkerga o’tadi.Bunker ag’darma tipda bo’lib, terilgan paxtani tirkama aravaga bo’shatadi. Suv tizimi mashinaning shpindellarini yuvadi va bakka suv to’ldiradi. Elektr jixozlari traktor yuritgichini ishga tushirish uning ishini nazorat qilish ,tungi smenada ish joyini mashina qism va mexanizmlarini yoritish uchun mo’ljallangan. Mashinani boshqaruvchi barcha qismlar boshqaruv maydonchasiga o’rnatilgan. Mashinaning texnologik ish jarayoni quydagicha Mashina g’o’za qator oralarida harakatlanganida shox ko’targichning yo’naltiruvchi chiviqlari g’o’za tupini shpindelli barabanlar 3 orasiga(ish tirqishiga) yo’naltiriladi. Barabanning aylanma tezligi mashinaning tezligidan katta bo’lganligi uchun g’o’za tuplari sinmaydi va yotib qolmaydi. Aylanayotgan baraban g’o’za tupini qamrab ish tirqishiga tortib oladi . Shpindel g’altagi ish zonasida tashqi qo’zg’almas ponasimon tasmalar bo’ylab yumlanishi natijasida u baraban yo’nalishiga teskari aylanib ,ochilgan paxtani tishi bilan ilib o’ziga o’rab oladi. Baraban aylanishi davom etib ,shpindelni ish zonasidan ajratish zonasiga olib boradi. U yerda shpindel g’altagi ich tomondan qo’yilgan ponasimon tasmalar bo’ylab yumalab shpindel aylanishi yo’nalishini o’zgartiradi va undagi paxtaning asosiy qismi inersiya kuchlari tasirida yechiladi.Aajratgich cho’tkalari 7 ni qillari shpindel tishlariga 1.5 mm gacha kirib turganligi sababli, chuvitilgan paxta tolalarini shpindellardan ajratib olib qabul kamerasi 2-ga tashlaydiva shu bilan bir vaqtda shpindel tishlarini qisman chirklanishdan tozalaydi.Qabul kamerasidagi paxtani vintelyator 5 quvurlar 4 orqali so’rib ,chiqarish quvuri yordamida bunkerga tashlaydi. Qabul kamerasining tubi ochiq bo’lganligi uchun og’ir jismlar (kesak, tosh ,ochilmagan ko’sak va boshqalar) bunkerga o’tmasdan yerga tushadi. 14XV -2,4 rusumli to’rt qatorli paxta terish mashinasi. To’rt qatorli vertical shpindelli bu mashina T-28X4M rusumli traktorga o’rnatib ishlatiladi. U qatorlar orasi 60 sm bo’lgan uchastkalardagi ochilgan ko’saklar paxtasini terishga mo’jallangan. Mashina harakatlanayotgandauning g’o’za tuplarini ko’taruvchi apparatlari va oldingi g’ildirakning to’sig’i paxtasi teriladigan to’rtta qatordagi g’o’zalarni barabanlar orasidagi ish tirqishlariga yo’naltiradi.Barabanlar mashinaning harakalanish tomoniga teskari yo’nalishda aylanadi.Ularning aylana tezligi mashinaning harakat tezligidan 1,6 baravar kattadir;shunga ko’ra barabanlar g’o’za tupini apparatlarning ish tirqishiga tortayotganida shoxlarni ortiqcha egmaydi va sindirmaydi. Paxtakorlarimizning fidokorona mehnat evaziga etishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatda uyushqoqlik bilan yig'ib-terib olish eng muhim agrotexnik tadbirlardan biri hisoblanadi. Chunki terimni ilmiy asoslangan agrotexnik talablar asosida tashkil etish orqali hosildorlikni 15–20% oshirish yoki e`tiborsizlik tufayli shuncha hosilni yo'qotish ham mumkin. Masalan, ayrim joylarda g'o'za maydonlarida ko'saklar etarlicha ochilmasdan, yig'im-terim ishlarini talablarga muvofiq holda tashkil etmasdan terimga tushish oqibatida, to'liq etilmay yaxshi ochilmagan ko'saklar hosili terilib, paxta salmog'i va sifatiga, pirovardida hosildorlikka putur etadi, shartnomaviy rejalar bajarilmay, iqtisodiy samaraga erishilmay qoladi. Xo'sh, joriy yilda paxta terimida nimalarga e`tibor berish lozim? Ma`lumki, bu yil paxta har yilgidan 10–15 kun kechki bo'lib etildi. o'o'za rivoji asosan iyulь-avgust oyida avj oldi, ko'saklar oldingi yillardagidek, avgust oyi o'rtalari va ikkinchi yarmida pishib etilmadi. Bu esa yig'im-terim ishlariga ham biroz kechroq kirishish kerakligini taqozo etadi. Ayniqsa, Samarqand viloyatida g'o'za rivoji orqadaligi, shunday holat deyarli barcha mintaqalarda ham mavjudligi tufayli g'o'za defoliasiyasini ham har yilgidan boshqacha, ya`ni har bir daladagi g'o'zaning biologik etilganligidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan holatda amalga oshirish, yosh ko'saklarning to'kilib ketishiga yoki majburan ochilishiga yo'l qo'ymaslik lozim. Bu yilgi sharoitda ko'saklar ochilishini tezlashtiruvchi “Dalrost”, “Uzprep” kabi tarkibida etefon saqlovchi, o'sishni sozlovchi biostimulyatorlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunday preparatlar ko'saklar 30–35% ochilganda 1,5–2,0 l/ga me`yorda qo'llanilsa, ko'saklar ochilishi 15–20% jadallashuvi natijasida oradan 10–12 kun o'tgach, 90–100% tabiiy holatda pishib etiladi va paxtani 1 yoki 2 terimda to'liq terib olishga sharoit yaratiladi. Ilmiy asoslangan tavsiyalarga muvofiq, paxta terimiga kirishishdan oldin, avvalo, dalani terimga to'g'ri tayyorlash lozim. Buning uchun avval chigit maqbul muddatlarda ekilib, ertagi pishib etilgan dalalarda 45–50% ko'saklar ochilgan bo'lsa, defoliasiya o'tkaziladi. Defoliasiya ishlari joriy yilda tabaqalashtirilgan holda boshqa yillardagidan farq qilib, har yilgidan kechroq o'tkazilishi, kechki ko'saklarning ham to'liq etilib, ochilishiga imkon beradi. Defoliasiyadan 12–14 kun o'tgach, dala paxta terimiga tayyor bo'ladi, har bir dalaga texnika kirishi uchun yo'llar qilinadi, sug'orish ariqlari ko'milib, daladagi chellar va o'qariqlar tekislanadi. Dala boshi va oxirida aylanma maydondagi g'o'zalar o'rib olinib, tirkamalar yurishi uchun qulaylik yaratiladi. Har bir fermer xo'jaligining umumiy er maydonini inobatga olib, 30–50 gektarga bitta paxta quritish maydonchasi tashkil etish tavsiya etiladi. o'o'za dalasidagi o'qariq va suv yo'llari yopilgandan so'ng, dalaning 5 nuqtasidan konvert usulida 10 tadan o'simlik namunasi olinib, ushbu o'simliklardagi jami ko'saklar soni va shundan ochilgani sanab chiqiladi. Namunadagi o'simliklarda ko'saklar 80–85% ochilgan bo'lsa, ushbu dalada yig'im-terim ishlariga kirishiladi. Agar ochilish darajasi kam bo'lsa, terim ishlari biroz kechiktiriladi. Masalan, 10 ta o'simlikda jami 150 ta ko'sak bo'lib, shundan 120 tasi ochilganligi (80%) aniqlansa, dala terimga tayyor hisoblanadi, shunda paxta hosili salmoqli bo'lib, tosh bosadi, tolasi ham sifatli etilgan bo'ladi. Paxta yig'im-terimi ishlarini tashkil etish, ya`ni paxtani terish, tirkamaga ortish, qabul punktlariga topshirish, qabul qilish, g'aramlash, saqlash va qayta ishlash jarayonlari Qishloq xo'jaligi vazirligi va “O'zpaxtasanoat” AJ tomonidan tayyorlangan me`yoriy hujjatlar va tartib qoidalar asosida amalga oshiriladi. Hosilni o'z vaqtida yog'in-sochinli kunlarga qoldirmasdan terib olish maqsadida, hududlarning sharoitidan kelib chiqqan holda, har 80–100 gektar g'o'za maydoniga mo'ljallab bittadan terim otryadi tuziladi. Otryad tarkibiga fermer xo'jaligi a`zolari va belgilangan shartnoma asosida mavsumiy ishga jalb etilgan hasharchi terimchilar kiritiladi. Har bir otryad terimchilar sonidan kelib chiqib, ularni dalaga olib borish uchun avtotransport, paxtani ortish va tashish uchun traktor va tirkamalar biriktiriladi. Otryadga biriktirilgan fermer xo'jaliklari kesimida chigit ekish muddatlari, o'tkazilgan agrotexnik tadbirlar va defoliasiyani hisobga olib, paxta terish grafiklari ishlab chiqiladi. Dalada terimchilar soni quyidagicha belgilanadi: aprobasiyada hosildorlik 30 s/ga. ni tashkil etgan bo'lsa, 1-terimga 80% ko'saklar ochilganda kirishish rejalashtirilsa, demak, 24 s/ga yoki gektariga 2,4 t paxta hosili 1-terimda terib olinadi. Daladagi hosil 3 kunda yig'ib-terib olinadigan bo'lsa, har kuni gektaridan 800 kg paxta terilishi kerak. Har bir terimchi o'rtacha kuniga 65–70 kg paxta terish imkoniyati borligini inobatga olsak, har bir gektarga 11–12 nafardan kam bo'lmagan terimchi jalb qilinadi. Demak, 10 gektarlik konturda 110 kishi, 20 gektarlikka 220 kishi va hokazo. Shuning uchun har bir fermer xo'jaligi 1-terimda gektarini inobatga olib terimchilarni bir guruhga to'plashi va terimni to'g'ri tashkil etishi shart. Paxta hosilini sifatli yig'ib olishda terimlar orasidagi muddat katta ahamiyatga ega. Birinchi terim bilan ikkinchi terim orasi 15–20 kunni, ikkinchi terim bilan uchinchi terim orasi 10–15 kunni tashkil etishi kerak. Aks holda paxta xomashyosi to'liq pishib etilmay terib olinib, salmog'i kamayib, sifatining pasayishiga olib keladi. Shuningdek, paxtani xom termaslik, chanog'ida qoldirmasdan, sifatli terib olish bo'yicha doimiy nazoratni yo'lga qo'yib, to'liq terib olingan paxta maydonlariga bayroqchalar o'rnatiladi. Buning uchun egat uzunligi 50–60 metrdan uzun bo'lgan erlarda, har 50–60 metrdan keyin terimchilarni qatorga qo'yish lozim. Ya`ni, dalani bo'lak-bo'lak terib olish yaxshi samara beradi. Buning uchun har 100 metrda chel va o'qariq o'rni tekislanib, prisep-tirkamalar yurish yo'llari tayyorlanishi shart. Terilgan paxta quritish maydoniga olib kelinib, yoyilib, shamollatib quritilgandan so'ng qabul punktlariga jo'natiladi. Qabul maskanlariga jo'natilgan paxta har xil aralashmalardan (yashil va quruq barg, chanoq, xom ko'sak, begona o't barglari va boshqa yot qo'shimchalardan) tozalangan bo'lsa, uning sanoat navi shuncha yuqori, narxi ham qimmat bo'ladi va shunday toza paxta og'irroq tosh bosadi. Urug'lik paxtani terish tartibi. Urug'lik paxta etishtiruvchi fermer xo'jaliklarida maxsus komissiya tomonidan aprobasiyadan so'ng, urug'lik paxtani terib olish tartibiga qat`iy rioya qilgan holda o'tkaziladi. Urug'lik paxta g'o'za tupining 3–7-hosil shoxidagi birinchi ko'saklar paxtasidan terib olinadi. Bir tupda ochilgan hamma ko'saklardagi paxtani to'liq terish mutlaqo mumkin emas. Chunki, bunda urug'lik chigit sifati pasayib ketadi, bu esa keyingi yil hosiliga jiddiy putur etkazadi. Urug'chilik fermer xo'jaliklarida yo'nalishiga qarab, urug'lik avlodlar bo'yicha alohida terilishi kerak. Urug'lik paxtani terib olishda dalada kamida 65–70% ko'saklar ochilgan bo'lishi hamda terimda ishtirok etadigan terimchilar urug'lik paxtani terib olish tartibi bilan tanishtirilishi shart. Urug'lik paxtani terishda terimchilarga maxsus cho'ntakli etaklar-fartuklar berilib, asosiy urug'lik paxta etakning ichiga, to'liq rivojlanmagan va kasallangan ko'saklardagi paxta esa yon cho'ntakka solinadi. Umuman, urug'lik paxtani terishga urug'lik ishlaridan xabardor, malakali ishchilarni jalb qilib, ularning mas`uliyatini va javobgarligini oshirish zarur. Mutaxassislar tomonidan urug'lik uchun yaroqli deb topilgan g'o'za maydonlari begona o'tlardan va boshqa nav aralashmalaridan tozalangan bo'lishi lozim. Urug'lik paxtani terish urug'chilik xo'jaligi urug'chi agronomi, g'o'za urug'chiligi markazi mutaxassislari va nazoratchi inspektorlar nazorati ostida tashkil etilishi shart. Urug'lik paxtani terib olishda 3-hosil shoxidan pastdagi va 8-hosil shoxidan yuqoridagi shoxlardan va g'o'zaning asosiy tupidan uzoq joylashgan, kasallangan, yaxshi ochilmagan, zararkunanda hasharotlar bilan zararlangan ko'saklar paxtasini terish qat`iy ta`qiqlanadi. Urug'lik paxtani teruvchi har 10 nafar terimchi ustidan bitta nazoratchi qo'yilishi lozim. Urug'lik paxtani terib olishda paxta salmog'i emas, balki sifatiga e`tibor berish, eng sifatli, yaxshi urug'lik tayyorlash lozim. Har bir nav muallifi o'zining navi urug'i ekilgan elita urug'chilik xo'jaliklarida bo'lib, terim sifatini va navdorlik ko'rsatkichlarini nazoratga olishi orqali uning navdorligini oshiradi, keyingi yil uchun yuqori sifatli urug'lik chigit tayyorlanadi. Urug'lik paxtani paxta tozalash korxonalari yoki tayyorlov punktlariga topshirishdan oldin, xirmonlarda bir-ikki kecha-kunduz davomida quritib, keyin topshirilsa, uning sanoat navdorligi oshadi. Bundan tashqari, urug'ning sifati yaxshilanadi, fiziologik etilishi tezlashadi, natijada urug'lik chigitning unuvchanligi va unib chiqish quvvati ortadi. Paxta yig'im-terimida yuqoridagi tavsiyalarga amal qilinib ish yuritilsa, bu yilgi tabiat qiyinchiliklariga qaramasdan mirishkor dehqonlarimizning zahmatli mehnatlari hisobiga etishtirilgan paxta hosilini qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan isrof qilmasdan yig'ib-terib olishga erishiladi. Paxta hosilini yigishtirish texnologiyasi Paxta yigim-terimida ishlatiladigan mashinalar kuyidagi turlarga bulinadi: 1. Ochilgan paxtani terib oladigan mashinalar, ya`ni paxta terish mashinalari. 2. Paxta hosili qoldiqlarini yigishtiradigan va tozalaydigan (erga tukilgan paxtani yigishtirib oladigan, kusak teradigan va kusak chuviydigan) mashinalar. 3. Dalani guzapoyadan tozalaydigan mashinalar — guzapoyani sugurib olib dala chetiga olib chiqadigan yoki uni urib, maydalab dalaga sochib ketadigan) mashinalar. Agrotexnik talablar. Paxta terish mashinalarining ishiga Davlat andozalari buyicha bir kator talablar kuyiladi, ulardan asosiylari kuyidagilardan iborat: 1. Mashina bir yurishida ochilgan paxta hosilining 92 – 94 % gacha yigishtirishi lozim. 2.Hosil mashinada terilayotganida undan yerga tukilayotgan paxta miqdori 3 – 4% dan oshmasligi kerak. 3. Terilmasdan va guzapoyaga ilinib kolgan paxta umumiy hosilning 2 ... 3 foizidan oshmasligi kerak. 4. Terilgan paxtaga aralashgan barg, xas-chup, chanok pallalari kabi kushindilar 8% dan oshmasligi kerak. Z. Terilgan paxtadagi shikastlangan chigitlar 1% dan oshmasligi kerak. 6. Mashina utgandan keyin yerga tukilgan xom kusaklar soni har 3 m masofada 1 donadan oshmasligi kerak (0,2 – 0,3 donaG’m) 7. Terilgan paxta tolasi kuk shira, moy va boshqa narsalar bilan ifloslanmasligi zarur. 8. Paxta tolasining shikastlanishi 0,5% dan oshmasligi kerak. Ochilgan paxtani terish mashinalari Bu mashinalar tuzilishi va texnologik ish jarayonining bajarilish tartibiga kura, mexaniq, pnevmatik, elektromexaniq va boshqa turlarga bulinadi. Ulardan keng tarkalgani va amalda ishlatila yotganlari mexaniq turi bo’lib, ular uz navbatida, vertikal va gorizontal shpindelli mashinalarga bulinadi. Vertikal shpindelli paxta terish mashinasining tuzilishi va ishlash jarayoni. Vertikal (tik) shpindelli paxta terish mashinalari ochilgan chanoklardagi paxtani terish uchun mo’ljallangan. Paxta terish mashinasining asosiy qismlari kuyidagilardan iborat (244- rasm): terish apparatlari bloki 8, yiggich 7, rama 11, bunker 6, tozalagich 4, boshkarish maydonchasi 12, mashinani yuvish sistemasi, elektr jixozlari, gidrosistema, uzatish va yurgizish moslamalari. Mashinaning guza tegadigan qismlari maxsus tuskichlar bilan yopilgan bo’lib, ochilgan paxtani tuqilishdan saklaydi. Guza shoxlarini barabanlar oraligiga yunaltirish uchun terish apparati shoxlarni ko’targich va yunaltirgichlar bilan jixozlangan. Mashinaning ishchi qismlariga traktorning quvvat olish validan tarkatish reduktori orqali harakat uzatiladi. Terilgan paxta havo surish sistemasi yordamida bunkerga utadi. Mashina bunkeri ag’darma tipda bo’lib, terilgan paxtani tirkama aravaga bushatadi. Suv sistemasi mashinaning shpindellarini yuvadi va bakka suv tuldiradi. Elektr jixozlari traktor dvigatelini ishga tushirish, uning ishini nazorat qilish, tungi smenada ish joyini hamda mashina qism va mexanizmlarini yoritish uchun mo’ljallangan. Mashinani boshkaruvchi barcha qismlar boshkarish maydonchasiga o’rnatilgan. Download 185.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling