Mavzu: «paxta ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va mahsulot tannarxining tahlili»
Korxonaning umumiy holatini qiyoslama baholash
Download 315.65 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-jadval Jomboy tuman «Yulduz» fermer xo’jaligi umumiy holatini ifodalovchi ko’rsatkichlarning qiyoslama tahlili.
- 2.1. Xarajatlarning iqtisodiy mohiyati, turkumlanishi va hisobning vazifalari
- 2.2. Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini dastlabki, sintetik va analitik hisobi hozirgi holati hamda ularni takomillashtirish
1.2. Korxonaning umumiy holatini qiyoslama baholash. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
11 Bitiruv malakaviy ishni bajarishda Jomboy tuman fermer xo’jaliklarining umumiy ma’lumotlaridan, ayrim monografik tadqiqotda esa “Yulduz” fermer xo’jaligining hisobot ma’lumotlaridan foydalanildi va tahlil etildi.
Bitiruv malakaviy ishimizning obyekti bo’lib, « Yulduz» fermer xo’jaligi va uning hisobot ma’lumotlari hisoblanadi. Ushbu fermer xo’jaligi yuridik shaxs maqomiga egan mustaqil xajalik yurituvchi subyektdir. U Samarqand viloyati Jomboy tumani hududida joylashgan. Ushbu xo’jalik asosan g’alla va paxta mahsulotlarini ishlab chiqarishga muljallangan xo’jalikdir. U o’zini o’zi moliyalashtiruvchi, mukstaqil balansga ega bo’lgan korxonadir. Xo’jalik sug’oriladigan maydonda g’alla va paxta yetishtiradi. Ushbu fermer xo’jalik sharqdan “Ozod Po’latov” fermer xo’jaligi , shimoldan “Vohid va Shohsanam” fermer xo’jaligi, g’arbda “Sarcha uchquni” fermer xo’jaligi bilan janubdan “Shokir O’raqov” va “Komil raxmonov” fermer xo’jaligi bilan chegaradosh. Xo’jalik Samarqand shahridan 20 km, Jomboy tumani markazidan 8 km uzoqda joylashgan. Fermer xo’jaligini ixtiyoridagi jami 108 gektar maydon bo’lib ularning hammasi haydaladigan maydonlardan iborat. 2011 yildagi ekinlar orasidagi taqsimoti quyidagilardan iborat: don yekinlari 77 gektarni, paxta 19,7ga., 11,3 gektarni boshqa ekinlar tashkil qilgan. «Yulduz» fermer xo’jaligi tekis maydanda joylashgan bo’lib harorat 38-46 0 gacha qishda -5;-10 0 gacha sovuq bo’ladi, yer osti sizot suvlari 4-5 metr chuqurlikda joylashgan. Fermer xo’jaligi asosan g’alla va paxta yetishtirish bilan shug’ullunadi. « Yulduz» fermer xo’jaligi barcha mustaqil xo’jalik yurituvchi subyektlar singari moliyaviy hisobot tuzadi va tegishli tashkilotlarda, ya’ni ststistika, soliq va moliya organlariga tegishli tartibda hisobotlar topshiradi. Fermer xo’jaligida 12 ta xodim faoliyat ko’rsatadi, shu jumladan bitta rahbar, bitta hisobchi va 10 nafar doimiy ishchidan iborat. « Yulduz» fermer xo’jaligi yuqorida aytganimizdek g’alla va paxta ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Xo’jalikning umumiy holatini baholash va tahlil etib xulosalar yozish uchun uning 2009- 2011 yillardagi hisobot ma’lumotlaridan foydalandik. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
12 «Yulduz» fermer xo’jaligi asosan g’alla va paxta yetishtiriladigan maydon salmog’i 94,8 foizni tashkil qiladi. Xo’jalikning umumiy holatining taraqqiyoti shu ikki tarmoqning taraqqiyotiga bog’liqdir. Shuning uchun xo’jalik bo’yicha umumiy xolatiga baho berish uchun shu ikki tarmoq ko’rsatkichlaridan foydalandik, ya’ni ulurning asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan tannarx, mehnat unumdorligi ekinlar hosildorligi foyda va rentabillik kabi ko’rsatkichlardan foydalandik. Xo’jalikning umumiy holatiga baho berish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni 4- jadvaldan ko’rish mumkin. 4-jadvaldan ko’rinib turibdiki, xo’jalik foaliyatining umumiy holati 2011 yilda 2009 yilga nisbatan pasaygan. Bu to’g’risida pul tushimining, foydaning hamda rentabillikning kamayishi ma’lumot beradi. Pul tushimini taxlil qilayotgan davrda 1076 ming so’mga yoki 98,7% ga, yalpi foyda 1370 ming so’mga yoki 95,3%ga, rentabillik esa 3%ga kamaygan.Bu xo’jalik umumiy holatining pasayganligini ifodalaydi. Ammo shuni qayd qilish kerakki, mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada xo’jalik foydalanilgan yoki boshqacha ifodalaganda fermer xo’jalikning rentabelligi tumanning o’rtacha ko’rsatkichlaridan ancha yuqori Rentabellikni yanada oshirish uchun tannarxni pasaytirish choralarni ko’rish zarur.
№ Ko’rsatkichlar
2009
yil
2010 yil
2011 yil
o’zagrishi miqdoriy (+;-) nisbiy
% 1 Asosiy fondlarning birlamchi qiymati, ming so’m 76542
82195 62124
-14418 81,2
2 Asosiy fondlarning eskirishi qiymati, ming so’m 14872
17151 11099
-3773 74,6
3 Mahsulot sotishdan tushgan pul tushumi, ming so’m 80230
76850 79154
-1076 98,7
4 Mahsulot sotishdan tushgan sof tushumi, ming so’m 80230
76850 79154
-1076 98,7
5 Sotilgan mao’sulotlar tannarxi, ming so’m 51165
46158 51459
294 100,6
6 Mahsulot sotishdan kelgan yalpi foyda, ming so’m 29065
30692 27695
-1370 95,3
7 Paxtani sotishdan tushgan tushum, ming so’m 47954
46920 31896
-16058 66,5
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
13 8 Sotilgan paxta tannnarxi, ming so’m 30125
29076 17116
-13009 56,8
9 Paxtani sotishdan olingan yalpi fayda, ming so’m 17829
17844 14780
-3049 82,9
10 Debitorlik qarzlari, (yil oxirida) shu jumladan o’tgani 3393 2092
1049 -2344
30,9 11 Kriditorlik qarzlar, (yil oxiri) shu jumladan o’tgani 18736
12505 3040
-15696 16,2
12 Xo’jalik bo’yicha rentabillik, % 57
66 54
-3 punktga kamaygan 13 Paxta rentabilligi % 63
43 76
13 punktga oshgan Manba: «Yulduz» fermer xo’jaligining 2010-2011 yil hisobotlari.
Xo’jalikning umumiy moliyaviy holatinining yaxshilanganligini debitorlik va kriditorlik qarzlarning kamayganligi orqali ham isbotlash mumkin.Debitorlik qarzlari xajmi 2011 yilda 1049 ming so’mni tashkil qilgan, ya’ni shu davrda debitorlik qarzlar 30,9% ga kamaygan. Kreditorlik qarzlar hajmi ham keskin kamaygan. 2011 yilda kreditorlik qarzlari so’mmasi 3040 ming so’mga yoki 16,2%gacha kamaygan.
Fermer xo’jalik paxta xom ashyosi yetishtirishdan yuqori rentabellikka erishmoqda, bu ko’rsatkich keyingi yillarda ham oshib bormoqda.
PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
14
2-BOB.XARAJATLARNING IQTISODIY MOHIYaTI, DASTLABKI, SINTETIK VA ANALITIK HISOB, TANNARXNI TAHLILI
Mustaqillik yillarida davlat mulki xususiylashtirilib, hissadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, mas’ulyati cheklangan jamiyatlar vujudga keldi. Shu bilan birga ushbu korxonalar turli xil xo’jalik yuritish shakli sifatida: fermer xo’jaliklari, kichik korxonalar, mikrofirmalar va boshqa xo’jalik yuritish shaklidagi korxonalar sifatida faoliyat ko’rsatib, ularda mehnatni tashkil etishning turli shakllari qo’llanilmoqda. Shu kabi iqtisodiyotimizdagi o’zgarishlar, faoliyatlar tubida bir maqsad turibdi, bu ham bo’lsa iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirish. Ushbu maqsadga erishish uchun korxonalar bir maromda, barqaror rivojlangan holda faoliyat ko’rsatishlari lozim. Buning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar o’z faoliyatlari natijasida ma’lum darajada, navbatdagi ishlab chiqarish jarayonini davom ettirishlari uchun foyda olishlari lozim bo’ladi. Natijada, tabiiyki, har bir korxona foyda olishni ko’paytirish yo’llarini izlab topishga harakat qiladi. Foydani qanday bo’lishiga esa xarajatlar hajmi bevosita ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilish korxona PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
15 moddiy resurslari va boshqa xarajatlari ustidan qanday nazorat o’rnatishga yordam beradi.
Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari deb, mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarga aytiladi. Ularga xom-ashyo, material, yoqilg’i, amortizasiya ajratmasi, ishchi-xizmatchilarga ish haqi va mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlar kiradi. Agar bir xil mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarning jami summasini ishlab chiqarilgan mahsulot soniga taqsimlasak, ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulotning tannarxini topamiz. Tannarx ko’rsatkichi korxona faoliyatida muhim sifat ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. U qancha past bo’lsa, ishlab chiqarish rentabelligi shuncha yuqori bo’ladi. Tannarxga korxonaning hamma xarajatlari qo’shilmaydi, ba’zi xarajatlari boshqa manbalar hisobidan qoplanadi. Masalan, korxonaning asosiy faoliyat daromadlari hisobidan davr xarajatlari qoplanadi. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari xarajat kalkulyasiya moddalari bo’yicha ishlab chiqarish turlari, xarajatlarning vujudga kelish joylari, mahsulot turlari bo’yicha buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Xarajatlarni hisobga olish hamda mahsulot tannarxini kalkulyasiya qilishdan asosiy maqsad ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlarni o’z vaqtida, to’laligicha va haqqoniy aniqlash, shu bilan birga ayrim mahsulotlarning haqiqiy tannarxini hisoblash hamda korxona resurslari va pul mablag’lari ishlatilishi ustidan nazoratni o’rnatishdir. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi islohoti amalga oshirilishi eng asosiy masalalar bo’yicha o’zgarishlar bo’lishiga olib keldi. 1999-yilda «Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida Nizom»ning qabul qilinishi mamlakatimiz buxgalteriya hisobida tubdan o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Ushbu Nizom xarajatlarning mohiyati, korxonaning hisobot davridagi foydasi bilan bog’liqligidan kelib chiqib taqsimlashni belgilab berdi. Bunday taqsimlash bozor iqtisodiyoti xususiyatlaridan kelib chiqadi va buxgalteriya hisobi tizimimizni xalqaro miqyosda qo’llanilayotgan «Direkt-kosting» hisob tizimiga ancha yaqinlashtirdi. Xarajatlar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
16 hisobining aynan shu tizimga yaqinlashtirilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobi bajarishi kerak bo’lgan vazifalardan kelib chiqadi. Ma’lumki, bozor munosabatlari sharoitida buxgalteriya hisobining asosiy vazifasi tegishli foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlashdir. Foydalanuvchilarni ichki va tashqi guruhga bo’linishi esa hisobning moliyaviy hamda boshqaruv hisobiga bo’linishiga olib keladi. Xarajatlar haqidagi ma’lumotlar, birinchi navbatda, korxona faoliyatining moliyaviy natijalarini aniqlash uchun zarurdir, ya’ni: Mahsulot sotishdan tushgan tushum - Xarajatlar = Foyda Bunday axborot kreditor, investor, bank, soliq inspeksiyasi kabi tashkilotlar uchun katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, korxonaning daromad (foyda) solig’ini xarajatlar haqidagi axborosiz hisoblash mumkin emas. Korxona va uni boshqarish nuqtai nazaridan esa xarajatlarning umumiy summasi, alohida ishlab chiqarish bo’linmalarining unumli hamda unumsiz xarajatlari va boshqalar haqidagi axborotlar yig’ishni talab etadi. Shunday qilib, xarajatlarni hisobga olish ham moliyaviy hisobning, ham boshqaruv hisobining eng muhim qismlaridan biri ekan. Mana shu asosda xarajatlar hisobi oldidagi vazifalarni aniqlash mumkin. Moliyaviy hisobning asosiy vazifasi foydalanuvchilarni korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy holati, xususan, mulkiy holati hamda to’lov qobiliyati haqidagi axborot bilan ta’minlashdir. Demak, bu jihatdan, xarajatlar hisobi oldida quyidagi vazifalar turadi: -korxona faoliyati bilan bog’liq barcha xarajatlarni o’z vaqtida to’laligicha hisobga olish; -xarajatlar haqidagi ma’lumotlarni alohida hisob schyotlarda hamda hisobot shakllarida to’g’ri aks ettirish va soliqlarni hisoblash uchun yetarli darajadagi ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlash. Bu vazifalarni bajarish uchun xarajatlarni moliyaviy hisob tamoyillari, xususan, ikki yoqlama yozuv asosida hisobga olish yetarlidir. Boshqaruv hisobining eng asosiy xususiyati esa uning ma’lumotlari boshqaruv uchun foydaliligidir. Jumladan, boshqaruv hisobi xarajatlar haqida shunday batafsil ma’lumotlarni berishi kerakki, PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
17 toki uning asosida eng to’g’ri boshqaruv qarorlari qabul qilishning imkoniyati paydo bo’lsin. Bu sohadagi xalqaro tajribalardan kelib chiqqan holda xarajatlar hisobi haqidagi ma’lumotlarni korxona quyidagi holatda shakllantirishi kerak: -xarajatlarni ularni paydo bo’lish joylari bo’yicha hisobga olish; -xarajatlar hisobini javobgarlik markazlari bo’yicha tashkil qilish; -xarajatlarni ularni paydo bo’lish obektlari yoki ularni tashuvchilari, ya’ni alohida mahsulot turlari bo’yicha jamlab berish. Bu vazifalar boshqaruv hisobining asosiy vazifasini bajarishga imkon beradi. Masalan, xarajatlarni ularning paydo bo’lish joylari va javobgarlik markazlari bo’yicha hisobga olish eng muhim boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon yaratadi. Fermer xo’jaliklarining o’simlikchilik tarmog’i asosiy tarmog’i hisoblanib, aholini asosiy oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni ozuqa va qayta ishlash sanoatini xom-ashyo bilan ta’minlaydigan muhim soha hisoblanadi. Fermer xo’jaliklarining o’simlikchilik tarmoqlariga paxtachilik, Paxtachilik, sabzavotchilik, bog’dorchilik, polizchilik, yopiq gruntda mahsulot yetishtirish va boshqa tarmoqlar kiradi. O’simlikchilik tarmog’ida buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Buxgalteriya hisobini tashkil etishda o’simlikchilik tarmog’ida ishlab chiqarish jarayonlarini mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni qoplash davrini uzoqligi, ishlab chiqarishni tabiiy omillarga bog’liqligi kabi omillar ta’sirini hisobga olish lozim. O’simlikchilik tarmog’idan mahsulotlar olish uchun sarflanadigan xarajatlarga urug’lik, o’g’it, mehnat haqi, ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar, o’simliklarni himoya qilish vositalari, asosiy vositalar amortizasiyasi, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish xarajatlari va boshqa xarajatlar kiradi. Xarajatlar tarkibi O’zbekiston Respublikasida «Mahsulot (ish va xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»da belgilab qo’yilgan. Ushbu Nizomga muvofiq xarajatlar ikki guruhga bo’linib hisobga olinishi belgilangan: PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
18 -mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; -mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar. Bundan tashqari, moliyaviy faoliyat bo’yicha hamda favqulodda xarajatlar alohida hisobga olinadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib xarajatlar quyidagicha guruhlanadi: 1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar: a) bevosita va bilvosita material xarajatlar; b) bevosita va bilvosita mehnat haqi xarajatlari; v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan ustama xarajatlar. Bevosita xarajatlar deb, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni bevosita o’tkaziladigan xarajatlarga aytiladi. Bilvosita, ya’ni egri xarajatlar deb, hisobot oyi davomida yig’ib-taqsimlovchi schyotlarda hisobga olinib, tannarxni kalkulyasiya qilishda, mahsulotning ayrim turlari tannarxiga biron-bir ko’rsatkichga mutanosib ravishda taqsimlash yo’li bilan qo’shiladigan xarajatlarga aytiladi. 2.Davr xarajatlari (operasion xarajatlar): a) mahsulot sotish xarajatlari; b) ma’muriy yoki boshqaruv xarajatlari; v) boshqa operasion xarajatlar va zararlar; 3.Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar: a) foizlarni to’lash bo’yicha xarajatlar; b) xorijiy valyuta bilan operasiyalar bo’yicha kurslardagi salbiy farqlar; v) qimmatbaho qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash natijasidagi zararlar; g) moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar; 4.Favqulodda xarajatlar daromad (foyda)dan olinadigan soliq to’lagunga qadar foyda va zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi. Mahsulot (ish va xizmat)lar ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ish va xizmat)larni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
19 va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Yuqoridagi xarajatlar iqtisodiy mazmunga ko’ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: -ishlab chiqarish moddiy xarajatlari; -ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnatga haq to’lash xarajatlari; -ishlab chiqarishga tegishli bo’lgan ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar; -asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan nomoddiy aktivlar amortizasiyasi; -ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining guruhlanishi: - Ishlab chiqarish jarayonidagi iqtisodiy o’rniga qarab: asosiy va doimiy xarajatlar. - Tarkibiga qarab: kompleks va bir elementli xarajatlar. - Tannarxga o’tkazish usuliga qarab: to’g’ri va egri xarajatlar. - Ishlab chiqarish hajmiga qarab: o’zgaruvchan va o’zgarmas xarajatlar. - Yuzaga kelishiga qarab: doimiy va bir vaqtli xarajatlar. - Ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga qarab: ishlab chiqarish va tijorat xarajatlar. - Samaradorlikka qarab: samarali va samarasiz xarajatlar. Fermer xo’jaliklarida xarajatlar hisobining quyidagi asosiy vazifalari mavjud: 1. Fermer xo’jaliklari boshqaruvchilarini har bir ekin turi bo’yicha o’z vaqtida ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash. 2. Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlarni buxgalteriya hujjatlari va hisob registrlarida o’z vaqtida va to’g’ri aks ettirish. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
20 3. Taqsimlanadigan xarajatlarni xarajat obyektlari bo’yicha iqtisodiy asoslangan holda taqsimlash. 4. Xarajatlarni xarajat obyektlari va xarajat moddalari bo’yicha to’g’ri hisobga olib borish.
5. Ishlab chiqarish xarajatlari va olinadigan mahsulotlar ustidan doimiy nazoratni olib borish. 6. Mahsulotlarni to’liq daromadga olinishi va saqlanishi ustidan nazorat olib borish.
7. Har bir mahsulot tannarxini iqtisodiy asoslangan holda aniqlashni ta’minlash.
2.2. Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlarini dastlabki, sintetik va analitik hisobi hozirgi holati hamda ularni takomillashtirish
Ishlab chiqarish xarajatlari va olingan mahsulotlarni to’liq va o’z vaqtida hisobga olish hamda buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini ishonchliligi ko’p jihatdan dastlabki hisobni tashkil etilishi va yuritilishiga bog’liq. Dastlabki hisob – bu buxgalteriya hisobining xususiyatlaridan biri bo’lib, hujjatlar asosida ish yuritilishi bilan bevosita bog’liq. Dastlabki hisob quyidagi uch elementdan iborat: 1. Dastlabki buxgalteriya hujjatlari. 2. Moddiy javobgar shaxsning kirim-chiqim daftari. 3. Moddiy javobgar shaxsning hisoboti. Fermer xo’jaliklarida paxtachilik tarmog’idagi ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olishda turli xil buxgalteriya hujjatlaridan foydalaniladi. Foydalaniladigan buxgalteriya hujjatlarini quyidagi guruhlarga bo’lishimiz mumkin: 1.Mehnat sarfini hisobga oluvchi hujjatlar. 2.Mehnat predmetlari sarfini hisobga oluvchi hujjatlar. 3.Mehnat vositalari sarfini hisobga oluvchi hujjatlar. 4.Mahsulot chiqishini hisobga oluvchi hujjatlar. Fermer xo’jaliklarida dastlabki uch guruhga kiruvchi hujjatlarga paxtachilik tarmog’idagi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi hujjatlarga kiradi. Bularga PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
21 «Ish vaqtini hisobga olish tabeli», «Mehnat va bajarilgan ishni hisobga olish varaqasi», «Asosiy vositalarga amortizasiya hisoblash hisob-kitobi», «Urug’ va ekish materiallarini sarflash dalolatnomasi», «Mineral va organik o’g’itlar hamda gerbisidlar va zaharli ximikatlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi» va boshqa hujjatlar kirib, ular ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda rasmiylashtiriladi. Mehnat sarfini hisobga olish hujjatlarida paxtachilikda muayyan ishlarni bajarish uchun sarflangan mehnat va hisoblangan to’lov aks ettiriladi. Mexanizasiyalashtirilgan ishlarda traktorchi mashinistning hisob varaqalari (67-a va 67-b shakllar), mexanizasiyalashtirilmagan ishlarda mehnat hisobi va bajarilgan ishlar varaqalari (66- va 66-a shakllari) qo’llanadi. Shuningdek, ishbay ishlarda ishlangan vaqtni hisobga olish uchun – ish vaqtini hisobga olish tabeli (64-shakl) qo’llanadi. Mehnat predmetlari sarfi hisobga olinadigan hujjatlarda paxtachilikda sarflangan turli moddiy qiymatlar: urug’, o’g’it, zaharli ximikatlar, gerbisidlar, ehtiyot qismlar va hokazolarni qayd etadi. Ekishga sarflangan urug’ va ekish materiallari urug’ va ekish materillarini sarflash dalolatnomasi (119-shakl), o’g’it, zaharli ximikat va gerbisidlar sarfi – ma’danli, organik va bakterial o’g’itlar zaharli ximikatlar va gerbisidlarni ishlatish to’g’risida dalolatnoma (118-shakl), mayda inventar va buyumlar – ishlab chiqarish va xo’jalik inventari va buyumlarni hisobdan chiqarish dalolatnomasi (126-shakl) bilan rasmiylashtiriladi va xokazo. Dastlabki hujjatlar ko’rsatkichlari oy oxirida moddiy qiymatlar harakati haqidagi hisobotlarda (121-shakl) umumlashtiriladi, shundan so’ng bo’linmalarning ishlab chiqarish hisobotlariga moddiy qiymatlar sarfi haqida tegishli yozuvlar kiritiladi. Mehnat vositalari sarfini hisobga olish hujjatlari Paxtachilikda foydalanilgan mehnat vositalari bo’yicha xarajatlar, xususan hisoblangan amortizasiya ajratmalari aks ettiriladi. Bunga amortizasiyani hisoblash va taqsimlash bo’yicha turli hisob- kitoblar: yil boshidagi holatiga ko’ra asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya ajratmalar hisob-kitobi (52-shakl) kelib tushgan va chiqib ketgan asosiy vositalar bo’yicha amortizasiya ajratmalari hisob-kitobi (60-shakl), bir oylik amortizasiya ajratmalarini hisoblash vedomosti (62-shakl), dehqonchilik tarmog’idagi asosiy PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
22 vositalari bo’yicha hisoblangan amortizasiyasi taqsimlash vedomosti (63-shakl). Bu guruh bilan asosiy vositalarni joriy ta’mirlash bo’yicha hujjatlar uzviy bog’langan. Bularga mashinalarni ta’mirlash uchun nuqsonlar (defektlar) vedomosti (130-shakl), joriy ta’mirlash xarajatlarini taqsimlash vedomosti taalluqlidir. Mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo’yicha hujjatlar: don, texnik ekinlar, sabzavot, meva, ozuqa kabi dehqonchilik tarmogi mahsulotlarini kirim qilish qayd etiladi. Bularga: don ekinlari bo’yicha – don va boshqa mahsulotlarni daladan jo’natish vedomosti (77-shakl), mahsulotni daladan olib chiqish yo’llanmasi (77-a- shakl), donni talonli hisobga olish usulida talonlar (77-b,77-v,77-g-shakl), don va boshqa mahsulotlarni qabul qilish reyestri (78-shakl), donni tarozibon tomonidan qabul qilish reyestri (78-a-shakl), don va boshqa mahsulotlar harakati vedomosti (80-shakl) kiradi. Paxtachilikda xarajatlarni hisobga olish bo’yicha ham, mahsulotlar chiqishini hisobga olish bo’yicha ham ko’p miqdordagi xilma-xil hujjatlardan foydalaniladi. Har bir guruh hujjatlaridagi ma’lumotlar ularga ishlov berilganda ma’lum belgilariga ko’ra hujjatlarning harakatlanishi va ishlatilish tavsifiga ko’ra bir tizimga solinadi. Mehnat sarflari hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari ish haqi hisoblash va to’lash uchun har bir xodim hamda xodimlar toifasi bo’yicha ish haqi fondidan foydalanishni nazorat qilish maqsadida umumlashtiriladi. Mehnat predmetlarini hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslar hamda moddiy qiymatlarning kelib tushishi va sarflanishi yo’nalishlari bo’yicha bir tizimga solinadi. Mehnat vositalarining sarflanishi hisobga olinadigan hujjatlarning ma’lumotlari bir turdagi asosiy vositalar guruhlari va turlari hamda asosiy vositalardan foydalanish yo’nalishlari bo’yicha bir tizimga solinadi. Mahsulotlar chiqishi hisobga olinadigan hujjatlar ma’lumotlari mahsulot turlari, moddiy javobgar shaxslar, mahsulotning kelib tushish va sarflanish yo’nalishlari bo’yicha bir tizimga solinadi. O’simlikchilik ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga oluvchi hujjatlar buxgalteriyada qayta ishlanib, «Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish daftari»ga yozuvlar amalga oshiriladi. Daftarda har bir ekin turiga alohida betlar ajratilgan bo’lib, xarajatlar va olingan mahsulotlar PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
23 tegishli betlarga yoziladi. Ushbu daftar hisob registiri vazifasini bajarib, o’simlikchilik tarmog’idagi har bir ekin turi bo’yicha xarajatlar va mahsulot chiqishini alohida hisobga olishni ta’minlaydi. Paxtachilikda ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida ochilgan analitik schyotda hisobga olib boriladi. Bu schyot balansga nisbatan aktiv schyot bo’lib, debetida paxtachilik tarmog’iga qilingan xarajatlari, kreditida esa paxtachilik tarmog’idan olingan mahsulotlar hisobga olib boriladi. Paxtachilik tarmog’idan olingan mahsulotlar yil davomida reja tannarxida hisobga olinib, yil oxirida haqiqiy tannarxga tuzatiladi. Fermer xo’jaliklarida paxtachilik tarmog’ining xarajatlari ham «Mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizom»ga asosan quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1.Mahsulot(ish,xizmat) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar. 2.Asosiy faoliyatning boshqa xarajatlari. 3.Moliyaviy faoliyat xarajatlari. 4.Favqulodda zararlar. Xarajatlarni iqtisodiy mohiyatiga ko’ra guruhlanishi xarajat elementlari deyiladi. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar quyidagi xarajat elementlariga bo’linadi: 1.Moddiy xarajatlar. 2.Mehnat haqi xarajatlari. 3.Ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar. 4.Asosiy va nomoddiy aktivlar eskirishi(amortizasiyasi). 5.Boshqa xarajatlar. Xarajatlarni turlariga ko’ra guruhlanishi xarajat moddalari deyiladi. Xarajatlarni xarajat moddalari bo’yicha hisobga olinishi boshqaruv hisobiga kirib, xo’jalik yurituvchi subektlar ishlab chiqarish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xarajat moddalari sonini o’zlari mustaqil belgilaydilar. Fermer xo’jaliklarida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
24 Paxtachilik tarmog’idagi xarajatlar quyidagi 9 ta xarajat moddasi bo’yicha hisobga olinadi: 1.Mehnat haqi ajratmalari bilan birga. 2.O’g’itlar. 3.Asosiy vositalar amortizasiyasi. 4.Urug’lik xarajatlari. 5.Ish va xizmatlar. 6.Yoqilg’i va moylash materiallari. 7.Sug’urta to’lovlari. 8.Umumishlab chiqarish xarajatlari. 9.Boshqa xarajatlar. 1.«Mehnat haqi ajratmalari bilan birga» xarajat moddasida bevosita paxtachilikning texnologik jarayonida ishlagan turli toifadagi xodimlarga hisoblangan asosiy va qo’shimcha mehnat haqi to’lovlari hamda hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratmalar hisobga olib boriladi. A) Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 6710-«Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» schyoti – Paxtachilik tarmog’i ishlovchilariga mehnat haqi hisoblanganda. B) Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. Kredit 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar» schyoti –Hisoblangan mehnat haqiga nisbatan ijtimoiy maqsadlar uchun ajratma hisoblanganda. 2. «O’g’itlar» xarajat moddasida paxta ekini uchun sarflangan mineral va organik o’g’itlar sarfi hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. Kredit 1090-«Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan mineral va organik o’g’itlar qiymatiga. 3. «Asosiy vositalar amortizasiyasi» xarajat moddasida paxtachilik tarmog’ida foydalanilgan asosiy vositalarga hisoblangan amartizasiya xarajatlari hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
25 Kredit 0200 «Asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti – Paxtachilik tarmog’ida foydalanilgan asosiy vositalarga eskirish (amortizasiya) hisoblanganda. 4. «Urug’lik va ko’chat materiallari» xarajat moddasida ekish uchun sarflangan urug’lik xarajati hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 1090- «Boshqa materiallar» schyoti – Sarflangan urug’lik qiymatiga. 5.«Ish va xizmatlar» xarajat moddasida paxtachilik tarmog’iga yordamchi ishlab chiqarishlar ko’rsatgan xizmati va chet tashkilotlar tomonidan bajarilgan ish va xizmatlar xarajati hisobga olib boriladi. A) Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 2310- «Yordamchi ishlab chiqarishlar» schyoti – Paxtachilik tarmog’ida xo’jalikni o’z yordamchi ishlab chiqarishlari ko’rsatgan xizmat summasiga. B) Debet 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. Kredit 6010- «Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar» - Paxtachilik tarmog’ida chet tashkilotlarning ko’rsatgan xizmati summasiga. 6. «Yoqilg’i va moylash materiallari» xarajat moddasida Paxtachilik tarmog’iga sarflangan turli xildagi yoqilg’i va moylash materiallari xarajati hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti.. Kredit 1030- «Yoqilg’ilar» schyoti – Sarflangan yoqilg’i va moylash materiallari qiymatiga. 7. «Sug’urta to’lovlari» xarajat moddasida paxta hosilini turli tabiiy ofatlardan sug’urtalash xarajatlari hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 6510- «Sug’urta bo’yicha to’lovlar» schyoti –Hisoblangan sug’urta to’lovlari summasiga. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
26 8.«Umumishlab chiqarish xarajatlari» xarajat moddasida Paxtachilik tarmog’iga tegishli umumiy ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olib boriladi. Debet 2010- «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Kredit 2510- «Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari» schyoti –taqsimlangan umumiy ishlab chiqarish xarajatlarini Paxtachilik tarmog’iga tegishli qismiga. 9.«Boshqa xarajatlar» xarajat moddasida yuqoridagi moddalarda hisobga olinmagan paxtachilik tarmog’ining boshqa to’g’ri xarajatlari hisobga olib boriladi. Bunda xarajatlarning turlari bo’yicha tegishli buxgalteriya provodkalari tuziladi. Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotlar yil davomida reja tannarxida baholanib daromadga olinadi. Yil oxirida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni haqiqiy miqdori aniqlangandan so’ng haqiqiy tannarx hisoblanib reja tannarxi haqiqiy tannarxga tuzatiladi. Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan mahsulotni daromadga olishda quyidagi buxgalteriya provodka tuziladi: 1.Debet 2810 – «Ombordagi tayyor mahsulot» schyoti. Kredit 2010–«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti – don daromadga olinganda. Sotilgan paxtaning yil oxirida kalkulyasiya farqiga (Agar haqiqiy tannarx reja tannarxidan katta bo’lsa, farq summasiga «qo’shimcha yozuv» usulida, agar haqiqiy tannarx reja tannarxidan kichik bo’lsa, farq summasiga «qizil storno» usulida) quyidagicha buxgalteriya provodkasi tuziladi. Debet 9110–«Sotilgan mahsulotlar tannarxi» schyoti. Kredit 2010–«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti Paxtachilik tarmog’iga qilingan xarajatlarni buxgalteriya schyotlarida aks ettirilishini 1-chizmada ko’rishimiz mumkin. Paxtachilik tarmog’ida yetishtirilgan paxta xom ashyosi yil davomida reja tannarxida baholab kirim qilinadi. Yil oxirida qilingan xarajatlar va olingan mahsulotlarni haqiqiy miqdori aniqlangandan so’ng haqiqiy tannarx hisoblanib, reja tannarxi haqiqiy tannarxga tuzatiladi. Jomboy tumani «Yulduz» fermer xo’jaligida olingan hosil harakatini aks ettirish bo’yicha tuzilgan buxgalteriya provodkalari va xo’jalikning moliyaviy PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com
27 hisobotlarida faqat davlatga sotilgan 484 sentner paxtadan 14780 ming so’m daromad olinganligi aks ettirilib, bunga quyidagicha buxgalteriya provodkalari tuzilgan: 1.Davlatga sotilgan paxtaning qiymatiga Debet – 4010 «Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblar»
Kredit – 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar»- 14780 ming so’m
Download 315.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling